№4 323 noverbal kommunikatsiya – paralingvistikaning o’rganilish tarmog’i sifatida temirova Feruzabonu Temir qizi



Yüklə 0,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/8
tarix28.04.2023
ölçüsü0,69 Mb.
#107415
1   2   3   4   5   6   7   8
noverbal kommunikatsiya paralingvistikaning o rganilish tarmog i

TADQIQOT NATIJALARI 
Muloqot (munosabat) birgalikda faoliyat ko’rsatuvchilar o’rtasida axborot ayiriboshlashni 
o’z ichiga oladi. Bunda munosabatning kommunikativ (o’zaro aloqaga doir) jihati hisobga 
olinadi. Muloqot tushunchasini kommunikatsiyadan farqlash kerak. Kommunikatsiya – tirik va 
o’lik tabiatdagi tizimlar o’rtasida axborot almashinuvini anglatadi. Hayvonlar o’rtasidagi 
signallar almashinuvi, insonning texnik vositalar bilan aloqa qilishi – bularning barchasi 
kommunikatsiya. Muloqot esa faqat insonlar o’rtasidagina amalga oshirilishi mumkin. [1.12-15] 


UIF-2022: 8.2
SCIENCE AND INNOVATION
ISSN: 2181-3337
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

2022 
№4
325 
Muloqotning yana bir jihati munosabatga kirishuvchilarning o’zaro birgalikdagi harakati 
– nutq jarayonida faqat so’zlar bilan emas, balki harakatlar bilan ham muloqot yuritishdan iborat. 
Munosabatning keyingi jihati muloqotga kirishuvchilarning bir-birlarini idrok eta olishidadir. 
Demak, muloqot jarayonida kommunikativ (axborot uzatish), interaktiv (o’zaro 
birgalikda harakat qilish) va perseptiv (o’zaro birgalikda) idrok etish amalga oshiriladi. 
Shuningdek, muloqotning vazifalari (funksiyalari) ham mavjud. Muloqotning funksiyalari xilma-
xil bo’lib, eng keng tarqalgan B.F. Lomov taklif etgan tasnifga ko’ra ular quyidagilardan iborat: 
[3.280] 
1. Informatsion-kommunikativ funksiya – axborot almashinuvini ta’minlash vazifasi. Axborot 
almashinuvi turli belgilar, tizimlar orqali amalga oshiriladi. Odatda verbal (unda belgilar tizimi 
sifatida nutq ishlatiladi) va noverbal (unda nolisoniy belgilar tizimi ishlatiladi) kommunikatsiya 
farqlanadi. 
Noverbal kommunikatsiya bir necha shakldan iborat: 
-
Kinetika (imo-ishora, mimika, pantomima) 
-
Paralingvistika (ovoz lokalizatsiyalari, pauzalar) 
-
Proksemika (masofa va vaqt me’yorlari) 
-
Vizual aloqa (ko’zlar orqali)
-
Takesika (jismoniy aloqa) 
2.Kishilar muloqot jarayonida verbal, jismoniy, noverbal yo’llar bilan bir-birining motivlariga, 
maqsadlariga, qaror qabul qilishiga ta’sir o’tkazishi, biror harakatga undashi va harakatini 
nazorat qilishi, bir-birining xulq-atvoriga stimullashtiruvchi va korreksiyalovchi tarzda ta’sir 
ko’rsatishi mumkin.
3.Affektiv-kommunikativ funksiya – inson emotsional sohasining regulyatsiya (boshqarish) 
qilinishini ta’minlash vazifasi. Muloqot inson emotsional holatlarining eng muhim 
determinantidir. Chunki turli-tuman emottsional holatlar muloqot jarayonida paydo bo’ladi va 
o’zgaradi. [1.9-10] 
L.A. Karpenko taklif etgan tasnifga ko’ra muloqotning quyidagi vazifalari ajratiladi: 
- aloqa o’rnatish vazifasi – suhbatdoshni aloqaga kirishish uchun tayyorlash
- informatsion vazifa – suhbatdosh bilan muayyan ma’lumotlar, fikr va rejalarni almashish
- faoliyatga undash – suhbatdoshni biror harakatni bajarishga stimullash (rag’batlantirish) 
- koordinatsion vazifa – suhbatdosh bilan hamkorlikdagi faoliyatni tashkil etish va uni amalga 
oshirishdagi xarakatlarni muvofiqlashtirish; 
- tushunishni ta’minlash vazifasi – suhbatdoshning fikrlari va xissiyotlarini tushunish
- amotiv vazifa –suhbatdoshda muayyan hissiyotlarni uyg’otish hamda ularni o’zgartirish; 
- munosabat o’rnatish vazifasi – munosabatlar tizimidagi shaxsiy o’rinni, mavqeyini aniqlash; 
- ta’sir ko’rsatish vazifasi – suhbatdoshning xulq-atvori, shaxsiy xususiyatlari, maqsadlarini 
o’zgartirish. [2.198-200] 
Demak, muloqot murakkab polifunksional, ya’ni ko’p vazifali hodisadir. 
Muloqot – shaxslararo munosabatlarning asosiy ko’rinishi bo’lib, uning yordamida odamlar bir-
birlari bilan o’zaro ruhiy jihatdan aloqaga kirishadilar, o’zaro axborot almashadilar, bir-birlariga 
ta’sir o’tkazadilar, tushunadilar.
Shuning uchun muloqot ijtimoiy-psixologik hodisa sifatida ijtimoiy turmushning barcha 
sohalarida ishtirok etib, hamkorlik faoliyatining moddiy, ma’naviy, madaniy, emotsional, 
motivatsion qirralarining ehtiyoji sifatida vujudga keladi. Insonda yuzaga keladigan har xil 


UIF-2022: 8.2
SCIENCE AND INNOVATION
ISSN: 2181-3337
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL


Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə