№4 323 noverbal kommunikatsiya – paralingvistikaning o’rganilish tarmog’i sifatida temirova Feruzabonu Temir qizi


TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI



Yüklə 0,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/8
tarix28.04.2023
ölçüsü0,69 Mb.
#107415
1   2   3   4   5   6   7   8
noverbal kommunikatsiya paralingvistikaning o rganilish tarmog i

TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI 
Hozirgi kunda noverbal vositalarning muloqotdagi ahamiyati haqida T.M.Nikolayeva va 
G.E.Kreydlinning turlicha qarashlari bor, lekin G.V.Kolshanskiyning fikricha noverbal vositalar 
til tizimi uchun yordamchi omil hisoblanadi. Muloqotning manbai sifatida noverbal vositalarning 
3 ko’rinishi: vizual, akustik va taktil bor. Vizual vositalarga ko’z orqali ko’rib idrok etish 
mumkin bo’lgan omillar kiradi. Jumladan, mimika, imo-ishora. Akustikada bevosita intonatsiya, 
tovushning baland, pastligi o’rganiladi. Ovoz tembri ham suhbat jarayonida muhim omil 
hisoblanadi. Ushlab ko’rish orqali taktil vositalarni xis qilish mumkin (ishoralar: ritm, 
emotsional, ko’rsatish, tasvirlash, simbollar).
O’z navbatida Ye.E.Shevtsova muloqotning paralingvistik vositalarining 3 ko’rinishini 
keltirib o’tadi: 

Fonatsion – muloqotning tempi, ovoz tembri, balandligi, tildagi dialekt, tovushlar 
artikulyatsiyasi

Kinetik – so’zlovchining jesti, holati, mimikasi 

Grafik – yozma nutqning o’ziga xosliklari, harflarning grafik ko’rinishi va qisqartmalar
Paralingvistik vositalar jestlardan farqli ravishda nutq bilan birgalikda kelib, muloqotning 
emotsionalligini oshirish uchun xizmat qiladi.
Muloqot faqat insonlarga xos bo’lgan jarayondir. Kishilarda faoliyat jarayonida bir birlari 
bilan muloqotda bo’lishga ehtiyoj tug’iladi. O’zaro muloqot esa, tabiiyki, kishilik jamiyati 
vujudga kelishining asosiy unsuri hisoblanadi. Psixologiya lug’atida muloqot tushunchasiga ikki 
xil ta’rif beriladi: 
1. Muloqot – hamkorlikdagi faoliyat ehtiyoji bilan taqozolangan aloqa o’rnatish va uni 
rivojlantirish jarayoni
2. Muloqot – belgilar tizimi orqali subyektlarning o’zaro ta’sirlashuvi.
Muloqot – odamlar o’rtasida birlikdagi faoliyat ehtiyojlaridan kelib chiqadigan 
bog’lanishlar rivojlanishining ko’p qirrali jarayonidir.

Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə