№4 323 noverbal kommunikatsiya – paralingvistikaning o’rganilish tarmog’i sifatida temirova Feruzabonu Temir qizi



Yüklə 0,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/8
tarix28.04.2023
ölçüsü0,69 Mb.
#107415
1   2   3   4   5   6   7   8
noverbal kommunikatsiya paralingvistikaning o rganilish tarmog i

2022 
№4
326 
extiyojlarni qondirish muloqot maromiga bog’liq bo’lib, shaxslararo munosabat barkamol avlod, 
komil inson g’oyalari qaror topishiga xizmat qiladi. Muloqot muvafaqqiyatining negizi 
shaxsning ruhiy dunyosi, ehtiyoji motivatsiyasi, xarakter xislati, individual-tipologik xususiyati, 
qobiliyati, e’tiqodi kabi fazilatlar, sifatlar namoyon bo’lishi, rivojlanishi hisoblanadi. Muloqot 
tashqi ijobiy ta’sirlar, na’munalar asosida o’zini-o’zi tuzatish, qayta tarbiyalash, shaxsiy 
imkoniyatini ro’yobga chiqarish uchun puxta zamin hozirlaydi. Amerikalik jurnalist G.Lassuel 5 
unsurdan iborat bo’lgan kommunikativ jarayonning quyidagi modelini taklif etadi: [5.35] 
o
Yut (axborot kim tomonidan uzatilmoqda) 
o
Nima (qanday axborot uzatilmoqda) 
o
Qanday (axborot qanday yo’l bilan uzatilmoqda) 
o
Kimga (axborot kimga uzatilmoqda) 
o
Qanchalik samarali ( axborot qanchalik samarador uzatildi) 
Kommunikativ jarayon 
aktsial
(bunda axborot ayrim konkret odamlargagina 
yo’naltiriladi) yoki 
retial 
(bunda axborot bir qancha ehtimol qilinayotgan retsipientlarga 
yo’naltiriladi) xarakterda bo’lishi mumkin. Kommunikator retsipient uni qanchalik 
tushunayotganini “kommunikativ rollar” o’zgargach biladi. Chunki retsipient kommunikatorga 
aylanib avvalgi kommunikatorga qabul qilgan axborotning mazmunini qanday tushunganligini 
bildiradi. Noverbal kommunikatsiyada belgilar tizimi sifatida quyidagilardan foydalaniladi:
o
Optik – kinetik tizimga imo-ishoralar (qo’l motorikasi), mimika (yuz motorikasi), pantomimika 
(butun gavda motorikasi) kiradi. Ushbu belgilarning muloqotdagi ahamiyati shunchalik kattaki
ularni o’rganish uchun alohida soha – kinesika shakllangan.
o
Paralingvistik tizim ovoz vokalizatsiyasidan iborat bo’lib, unga ovoz sifatlari, diapozoni kiradi. 
Ekstralingvistk tizimga to’xtalishlar, yo’talib qo’yishlar, yig’i, kulgu, nutq tempi kiradi.
o
Proksemik tizimga kommunikativ jarayon ishtirokchilarining fazodagi joylashuvi va 
kommunikatsiya nutqi kiradi.
o
Vizual kontaktga ko’zlar orqali muloqot kilish kiradi. Dastlab muloqotning bunday turi faqat 
intim muloqot doirasidagina bo’lishi mumkin deb hisoblangan. Ammo so’nggi tadqiqotlar vizual 
kontakt boshqa sohalarda, ya’ni tibbiyot, pedagogika, boshqaruv kabilarda ham kuzutilishini 
isbotlamoqda.
MUHOKAMA 
Noverbal kommunikatsiya tizimlari kommunikatsiya jarayonida muhim rol o’ynaydi. 
Ular nutqni to’ldiradi, uning o’rnini bosadi, kommunikativ jarayon ishtirokchilarining 
emotsional holtini aks ettiradi.
Noverbal (nutqsiz) kommunikatsiya vositalariga yuz ifodasi, mimika, oxang, pauza, poza 
(xolat), ko’z yosh, kulgu va boshqalar kiradi. Bu vositalar verbal kommunikatsiya – so’zni 
to’ldiradi, kuchaytiradi va ba’zan uning o’rnini bosadi.
Turli yosh guruhlarda noverbal kommunikatsiya turlicha bo’ladi. Masalan, bolalar 
ko’pincha kattalarga ta’sir etish, ularga xoxish va kayfiyatlarini o’tkazishda yig’idan vosita 
sifatida foydalanadilar. [1.31-35] 
Axborotni so’z bilan bayon etishning mazmuni va maqsadiga noverbal komunikatsiya 
vositalarining mos kelishi muomala madaniyatining bir turidir. Nutqsiz kommunikatsiyani 
amalga oshirish uchun turli yosh guruxlarida turlicha vositalar tanlanadi. Nutqsiz 
kommunikatsiyada qo’llanayotgan vositalarning axborotni so’z bilan yetkazish maqsadlariga va 
mazmuniga muvofiqligi munosabat madaniyatining tarkibiy qismlaridan xisoblanadi. Bunday 


UIF-2022: 8.2
SCIENCE AND INNOVATION
ISSN: 2181-3337
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL


Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə