4-mavzu: Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishining ixtisoslashuvi. Reja



Yüklə 387,99 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/8
tarix02.06.2023
ölçüsü387,99 Kb.
#115174
1   2   3   4   5   6   7   8
Lecture - 4

Qo’shimcha adabiyotlar
1. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 22 oktyabr 2012 yildagi «O’zbekistonda 
fermerlik faoliyatini tashkil qilishni yanada takomillashtirish va uni rivojlantirish chora- 
tadbirlari to’g’risida”gi PF-4478- sonli Farmoni. 
2.O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 29 sentyabrda Namangan viloyatiga 29-
30 sentyabr kunlari Farg’ona viloyatiga tashriflari chog’ida bergan topshiriqlari bo’yicha chora - 
tadbirlar. 
3.Abdug’aniyev A., Abdug’aniyev A.A. Qishloq xo’jaligi iqtisodiyoti. - T.: «O’zbekiston 
Yozuvchilar uyushmasi Adabiyot Jamg’armasi», 2004. - 346 bet. 
4.Komiljonov B.I. Innovasiyaviy menejment uslublarini takomillashtirish. - Toshkent: 


O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi “Fan” nashriyoti, 2007. 
5.Samatov G’.A, Yodgorov J.Yo, Rustamova I.B. Qishloqda zamonaviy bozor infratuzilmasini 
kompleks rivojlantirish va servis xizmatini tashkil etishning asoslari (fermerlar tayyorlash va 
qayta tayyorlash bo’yicha biznes maktablar tinglovchilari uchun qo’llanma).-T.:ToshDAU 
taxririyati 2004y. 
6.Umurzoqov U.P. va boshq. Fermer xo’jaligi iqtisodiyoti. O’quv qo’llanma. - T.: “Iqtisod- 
moliya”, 2007. - 276 b. 
7.Farmonov T.H. Fermer xo’jaliklarini rivojlantirish istiqbollari. - T.: «Yangi asr avlodi», 2004. 
- 144 s. 
8.Shakirov F.K., Korolev Yu.B., Pastuxov A.K. i dr. Organizasiya selskoxozyaystvennogo 
proizvodstva i menedjment: uchebnik dlya vuzov. - M.: Kolos OOO, 2008. - 607 s. 
 
4.1.Ixtisoslashuv tushunchasi, baholash mezoni va ko’rsatkichlari tizimi.
Iqtisodiy isloxatlar jarayonida, mulk munosabatlari tubdan o’zgartirilib, xamma qayta 
tuzilmalar xususiy xarakterga ega bo’lgan bir sharoitga, mos ravishda ijtimoiy mexnat taqsimoti 
amalga oshirilmasa, ishlab chiqarishning iqtisodiy samaradorligi ko’tarilmaydi va qishloq 
xo’jaligi oldiga qo’yilgan ulkan vazifalar to’liq bajarila olmaydi. 
Keng ma’noda ishlab chiqarishni ixtisoslashtirish - bu ijtimoiy mexnat taqsimotidir. 
Ixtisoslashtirish deb, bozor talabini xisobga olgan xolda, mamlakat xududlaridagi 
korxonalarning tabiiy - iqtisodiy sharoitlaridan kelib chiqib ilmiy asoslarda, ma’lum turdagi 
tovar maxsulotlarini ishlab chiqaradigan qilib joylashtirilgan ijtimoiy mehnat taqsimotiga 
aytiladi. 
Ixtisoslashtirish ijtimoiy mexnat taqsimotini sifat tomonini ko’rsatadi, u yoki bu xo’jalikda, 
tumanda, viloyatda qaysi turdagi maxsulot, xizmat yoki tarmoq yetakchi ekanligini ko’rsatadi. 
Ixtisoslashtirish mamlakat xududida qaysi maxsulotni yetishtirish tabiiy - iqtisodiy va 
ekologik jixatdan qulay ekanligini ko’rsatib beradi. Shuning uchun xam ishlab chiqarishni 
joylashtirish bilan uni ixtisoslashtirish bir birlari bilan uzviy bog’langandir. 
Ishlab chiqarishni joylashtirish - bu qishloq xo’jalik maxsulotlarini ishlab chiqarish va xizmat 
ko’rsatish maqsadida mamlakat tumanlarining tabiiy - iqtisodiy va ekologik omillarini xisobga 
olgan xolda, ularda u yoki bu turdagi qishloq xo’jalik ekini yoki chorva mollari turini xamda 
ularga ko’rsatiladigan xizmatni mos xolda joylashtirishdir. Qishloq xo’jalik ishlab chiqarishini 
joylashtirish ijtimoiy mexnat taqsimotini miqdor tomondan ko’rsatib, mamlakat xududlarida 
joylashgan xar bir xo’jalik, tuman, viloyat, qaysi turdagi qishloq xo’jalik ekinlarini ekishini, 
chorva mollar turini saqlashni va ularga mos bo’lgan xizmatni ko’rsatishini aniqlab beradi. 
Ixtisoslashtirishni to’g’ri yo’lga qo’yish ishlab chiqarish samaradorligini oshirishning muxim 
shartidir. U bozor iqtisodi
J
tining mexnat taqsimoti qonuni, mehnat unumdorligini o’sib borishi, 
mexnat turlarining o’rin almashinuvi kabi umum iqtisodiy qonunlaridan kelib chiqadi. 
Ixtisoslashtirish mehnat unumdorligini, xo’jalikning rentabelligi va daromadini keskin oshirishga 
xizmat qiladi. 
Ixtisoslashtirish bozor uchun eng zarur iqtisodiy axamiyatga ega bo’lgan tovar maxsulotlarini 
yetishtirish va xizmat turlarini ko’rsatish uchun mehnat va moddiy resurslarning bir joyga 
to’plashni, yangi texnikadan keng va samarali foydalanishga: yangi, ilg’or texnologiya va 
mehnatni tashkil etishni ijara munosabatlari va oila pudrati usullarini joriy etishga qulay sharoit 
yaratib, yetishtiriladigan maxsulot miqdorini va xizmat turini anchagina ko’paytirish imkonini 
beradi, mexnat unumdorligini oshiradi, xo’jaliklarning ishlab chiqarish samaradorligini 
ko’taradi. 


Qishloq xo’jalik ishlab chiqarishini ixtisoslashtirish korxonalar oldida turgan asosiy 
vazifalarni to’liq bajarilishi ya’ni, ishlab chiqarishga ilg’or, ekologik toza agrotexnika, 
zooveterinariya, texnikaviy xizmat, organik va mineral o’g’itlar xamda o’simliklarni va chorvani 
ximoya qilish vositalarini, fan yutuqlari, ilg’orlar ish tajribasini joriy etib, ulardan unumli 
foydalanib, mehnat va mablag’larni kam sarflagan xolda qishloq xo’jaligiga yaroqli xar bir 
gektar yer va shartli bosh mol xisobiga dexqonchilik va chorvachilik mahsulotlarini mumkin 
qadar tez va barqaror ko’paytirishni ta’minlaydi. 
Ishlab chiqarishni ixtisoslashtirish va joylashtirish bo’yicha ish olib borganda qo’yidagi 
tamoyillarga qat’iy amal qilish lozim: 

ixtisoslashtirish va joylashtirishda muntazamlik va barqarorlik

xo’jalik iqtisodini va ishlab chiqarish tuzilmalarini xisobga olgan xolda, tashkiliy mulk 
shaklini va ishlab chiqarish yo’nalishini tanlashga ilmiy yondoshish; 

korxonalarning bir-biri bilan ixtiyoriy xamkorlik va iqtisodiy mustaqilligini saqlash; 

korxonalar ishlab chiqarish faoliyatini boshqarishni tashkil qilishda, ijtimoiy mehnat 
taqsimotini amalga oshirishda va mehnat resurslaridan foydalanishda demokratik tamoyillarga 
amal qilish; 

ish 
bajaruvchilarning 
mehnat 
unumdorligini 
o’stirganligi 
uchun 
moddiy 
manfaatdorligini ta’minlash. 
Qishloq xo’jalik korxonalarida ishlab chiqarishni ixtisoslashtirish va joylashtirishga 
qo’yidagi omillar o’z ta’sirini o’tkazadi: 

bozor talabini xisobga olish; 

ishlab chiqarish resurslaridan unumli va to’la foydalanish: 

ishlab chiqarishni iste’molchilarga yaqinlashtirish; 

xar bir iqtisodiy tumanni o’zida ishlab chiqarilgan maxsulotlari xisobiga, o’z talabini 
qondirish; 

jumxuriyat, viloyat va tumanlarda mexnat taqsimotini xisobga olish va mexnat bozorini 
tashkil etish. 
Qishloq xo’jalik ishlab chiqarishini joylashtirishda qo’yidagi omillarga e’tibor berish lozim: 

yirik sanoat markazlari va shaxarlar talabini xisobga olish; 

qishloq xo’jalik maxsulotlari xarakteriga, tez buzilish, tashish qiyinchiligi, transport 
xarakati va xokazolarga; 

maxsulot yetishtirish uchun sarflanadigan xom ashyo xarakteriga - sut qatiq, yog’ va 
boshqa maxsulotlar yetishtirish uchun ozuqani chorva mollariga yaqinlashtirishga; 

transport vositalari xamda yo’llar xolatiga; 

maxsulotlarni qayta ishlash, saqlash va sotuvchi korxonalarni joylashishiga va 
rivojlanish darajasiga; 

mintaqa axolisi, uning mexnatga yaroqli qismi, mexnat malakasi, kasbi va bo’sh ish 
o’rinlarining mavjudligiga. 
Ixtisoslashtirishni aniqlovchi ko’rsatkichlar qo’yidagilardan iborat: 

tovar maxsulotlarining tarkibi; 

tovar maxsuloti tarkibida ayrim ekin turlari yoki tarmoqlarning tutgan o’rni; 

maxsulotlarning tovarlilik darajasi. 
Qo’shimcha ko’rsatkichlar qo’yidagilardir: 100 gektar qishloq xo’jalik ekin maydoni 


xisobiga yetishtiriladigan tovar maxsuloti (qiymat va natura ko’rsatkichlari), maxsulot tarkibi, 
100 so’mlik asosiy ishlab chiqarish fondi xisobiga va o’rtacha bir xodim xisobiga to’g’ri 
keladigan tovar maxsuloti va xokazolar. 

Yüklə 387,99 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə