4-mavzu: Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishining ixtisoslashuvi. Reja


 Ixtisoslashuv omillari va tarmoqlar hamkorligining tamoyillari



Yüklə 387,99 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/8
tarix02.06.2023
ölçüsü387,99 Kb.
#115174
1   2   3   4   5   6   7   8
Lecture - 4

4.3. Ixtisoslashuv omillari va tarmoqlar hamkorligining tamoyillari.
Qishloq xo’jaligi korxonasini ixtisoslashtirishdan maqsad - daromadni ko’paytirish uchun 
sharoit yaratish, mahsulot ishlab chiqarishni kengaytirish, chiqimlarni kamaytirish, mehnat 
samaradorligini oshirish, mahsulot sifatini yaxshilashdan iboratdir. 
Ko’p tarmoqli xo’jalikdan ishlab chiqarish resurslarining yuksak darajada markazlashgan 
ixtisoslashgan xo’jalikka o’tishi qishloq xo’jaligi sohasida samaradorlik va sifat ko’rsatkichlarini 
yaxshilash vazifalari turganda alohida ahamiyat kasb etadi. Ixtisoslashuv qishloq xo’jaligining 
barqarorligini ta’minlovchi, ishlab chiqarishning yuksak samaradorligida mahsulot ishlab 
chiqarishni ko’paytiruvchi, qishloqda ijtimoiy muammolarni hal qilishni ta’minlovchi tashkiliy 
omil sifatida yuzaga chiqadi. 
Mehnat taqsimoti va uning o’ziga xos shakli bo’lgan - ixtisoslashuv ishlab chiqarishning 
tovar formasi bilan birga paydo bo’lgan. U tovar ishlab chiqarish rivoji, tashkilotlar hamda tovar 
ishlab chiqaruvchilararo mahsulot va xizmat ayirboshlashga jiddiy ta’sir ko’rsatadi. 


Qishloq xo’jaligi korxonalari ixtisoslashuvi murakkab iqtisodiy jarayon sifatida ko’pincha 
qarama-qarshi yo’nalishlarda, ya’ni goh tezlashtiruvchi, goh sekinlashtiruvchi ko’pgina 
omillarning ta’sirida rivojlanadi. Har qanday sharoitda ham u ishlab chiqarishni 
tashkillashtirishga katta ta’sir ko’rsatadi. Xo’jaliklarda ixtisoslashuvning tezlashuvi, xususan 
qishloq xo’jaligi mashinasozligida ilmiy-texnik taraqqiyotga imkon yaratadi. Qishloq xo’jaligini 
yirik mashinali ishlab chiqarish tarmog’iga aylantirish, asosiy texnologik jarayonlarni 
mexanizasiyalashtirish va avtomatlashtirish, tizimga mashinalarni kiritishga imkon beradi. 
U yoki bu tarmoqda, masalan g’alla yig’imi, paxta yig’imi va h.z.larda nisbatan mahsuldor 
va tor ixtisosdagi ishlab chiqarish texnikasini yaratish tarmoq ixtisoslashuvini talab qiladi. 
Sermashaqqat mehnat talab qiladigan sohalarni mexanizasiyalash bir operasiyali mashinalar, 
shunindek aniq bir mahsulot uchun bir necha texnologik operasiyalarni uyg’unlashtirgan 
mashinalar majmuasini, namunali binolarni talab qiladi. 
Ixtisoslashuv jarayoni tezlashuviga tabiiy sharoitlar (tuproq, iqlim, joy relyefi) ham ta’sir 
ko’rsatadi. Bu va shu kabi boshqa omillarni, alohida nazarda tutish lozim. Yaxshi yo’llar va 
yetarlicha transport vositalarining mavjudligida yuksak tabiiy unumdor joylarda qishloq xo’jaligi 
ishlab chiqarishi konsentrasiyasi keskin kuchayadi. 
Yirik industrial markazlarni yaratish, sotuv bozorining mavjudligi, qishloq xo’jaligi 
mahsulotlarining amaldagi baholari ham qishloq xo’jaligi korxonalarining ixtisoslashuvini 
tezlashtiradi. Ixtisoslashuvga imkon yaratadigan omillarning harakati birgalikda, har bir 
korxonaning ijtimoiy mehnat taqsimoti tizimida o’z vazifasi bo’lishiga olib keladi. 
Qarama-qarshi yo’nalishda o’z-o’zini ta’minlash, yil davomida ishning bir tekis 
taqsimlanishi, qo’shimcha mahsulotdan foydalanish kabi ixtisoslashuvga to’siq bo’ladigan 
omillar amal qiladi. Universalligi bilan farqlanadigan ko’p tarmoqli xo’jaligi bo’lgan tumanlarda 
shunday holatlar mavjud bo’ladi. Ular bir xil nisbatlarda bir xil mahsulotlarga ishlov beradilar, 
almashlab ekishda bir xillikga egalar, bir xil turdagi jonivorlarni boqadilar. Ixtisoslashuvning 
chuqurlashuvi turli tarmoqlar va ishlab chiqarishda universal ishlab chiqarish kuchlarining 
yaratilishidan foydalanishga to’sqinlik qiladi. Zamonaviy shudgorlash traktori, traktorchiga 
paxta, kartoshka, ozuqa mahsulotlariga ishlov berish imkonini beradi. Xo’jalikda bir necha 
tarmoqlarning mavjudligida tuproq unumdorligini oshirishning vositasi sifatida almashlab ekish 
juda muhim ahamiyatga ega. Ixtisoslashuvning chuqurlashuvi bilan bir xo’jalik doirasidagi turli 
tarmoqlarning o’zaro aloqasi barcha qo’shimcha mahsulotdan foydalanish hisobiga kuchsizlanib 
boradi. Mehnat taqsimoti darajasiga qarab sohalararo muvozanat bir-birini to’ldiruvchi 
ixtisoslashgan xo’jalik tizimiga yaqinlashadi. 
Qishloq xo’jaligi korxonalarida tarmoqlarni muvo-fiqlashtirishning quyidagi tamoyillari 
mavjud: 

o’z-o’zini mablag’ bilan qoplash asosida ishlab chiqarishni yuritishning eng samarador 
va iqtisodiy barqaror darajasiga erishish; 
- xo’jalikning tuproq-iqlim va iqtisodiy o’ziga xosliklarini eng yuqori darajada hisobga 
olish; 
- xalq xo’jaligi ehtiyojlarini yuqori sifatli qishloq xo’jaligi mahsulotlari bilan ta’minlash; 

qishloq xo’jaligida mulklarning mavjud samaradorligini oshirish va ulardan oqilona 
foydalanish; 

mehnat resurslaridan oqilona foydalanish va qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishi 
mavsumiyligini kamaytirish; 
- ishlab chiqarish vositalari, eng avvalo traktorlar, kombaynlar va boshqa qimmatbaho 
mashina hamda jihozlardan samarali foydalanish; 


- mahsulotlarni realizasiya qilish punktlarini tashkil qilish, transport chiqimlarini 
kamaytirish; 

korxonaning oziq-ovqat mahsulotlari, ishlab chiqarish vositalari, turli xizmatlarga ichki 
ehtiyojlarini qondirish; 
- mahalliy aholining kasbiy ko’nikmalaridan foydalanish. 
Qishloq xo’jaligi xilma-xil tovar maxsuloti ishlab chiqaruvchi, bir-biri bilan o’zviy bogliq va 
bir-birini to’ldiruvchi tarmoqlar majmuasidan tashkil topgan. 
Tarmoq deb, bir-biridan ishlab chiqarish texnikasi, texnologiyasi, foydalaniladigan asosiy va 
aylanma vositalarning tarkibi, ishchi kuchlarining xarakteri, malakasi, kasbi va pirovard 
maxsuloti bilan farqlanadigan soxalarga aytiladi. 
Qishloq xo’jalik korxonalarida dexqonchilik va chorvachilik tarmoqlari bir-biri bilan uzviy 
bogliqdir. Bu tarmoqlar o’z navbatida qator yana xam chuqur ixtisoslashgan tarmoqlarga 
ajraladi. Dexqonchilikda, ishlab chiqariladigan maxsulot turiga qarab: donchilik, paxtachilik, 
kartoshkachilik, sabzavotchilik, bogdorchilik va boshqalar; chorvachilikda mollar turiga asosan: 
qoramolchilik, cho’chqachilik, qorako’lchilik, parrandachilik, baliqchilik, asalarichilik va 
xokazolar. 
Tarmoqlar o’z navbatida asosiy yoki yetakchi, qo’shimcha va yordamchi tarmoqlarga 
bo’linadi. Bunday turkumlash asosida tarmoqlarda ishlab chiqariladigan tovar maxsulotlarining 
salmog’i va tutgan o’rni xisobga olinadi. 
Asosiy tarmoq korxonada ishlab chiqariladigan tovar maxsulotining 2/3 (uchdan ikki) 
qismini yoki 66 foizidan ortigini berishi lozim. U xo’jalikning ixtisoslashganligini belgilaydi, 
ishlab chiqarish tarkibi shu asosiy tarmoqka bogliq. 
Qo’shimcha tarmoq deb, yalpi va tovar maxsulotining eng kamida 1/3(uchdan bir) qismini 
tashkil etadigan tarmoqqa aytiladi. Qo’shimcha tarmoqlar asosiy tarmoqning rivojlanishiga 
bevosita ijobiy ta’sir etib, korxonada mavjud bo’lgan ishlab chiqarish resurslaridan to’la va 
samarali foydalanish uchun sharoit yaratib beradi. Qo’shimcha tarmoqlarga -paxtachilik 
xo’jaliklarida - pillachilik, sut va go’sht ishlab chiqaruvchi fermalar, sabzavotchilik, 
kartoshkachilik va xokazolar kiradi. 
Yordamchi tarmoq (yoki yordamchi sanoat korxonlari) - bu qishloq xo’jalik xom ashyosini 
qayta ishlaydigan - tegirmonlar, objuvozlar, sutni qayta ishlovchi sexlar, sabzavot, meva, uzumni 
qayta ishlaydigan korxonalar, shuningdek qurilish materiallari tayyorlaydigan: g’isht, cherepisa 
zavodlari, taxta tiladigan - piloramalar, inventarlar yasaydigan, qurilish materillari tay/laydigan 
ustaxonalar; maishiy xizmat ko’rsatadigan- oshxona, nonvoyxona, tikuvchilik, poyafzal va 
boshqa ustaxonalar kiradi. Qo’shimcha tarmoqlar yil davomida qishloq joylaridagi ortiqcha 
mexnat resurslaridan to’la va bir tekis foydalanish, ijtimoiy ishlab chiqarishning iqtisodiy 
samaradorligini oshirish imkonini beradi. 
Qishloq xo’jaligini bozor iqtisodiyotiga asta-sekin o’tkazish, korxonalarning yangi 
shakllarini paydo bo’lishiga olib keldi, ularda yangicha mexnat taqsimoti shakllanmokda, xamda 
asosiy, qo’shimcha va yordamchi tarmoqlarni muvofiqlashtirishning yangicha shakllari vujudga 
kelmoqda. Tarmoqlarni muvofiqlashtirishdan ko’zda tutilgan maqsad, qishloq xo’jaligi ishlab 
chiqarishida asosiy vosita bo’lgan yerdan yanada unumli foydalanishdir. 
Tarmoqlarni to’g’ri, ilmiy asosda muvofiqlashtirish barcha ishlab chiqarish vositalaridan 
samarali foydalanish, transport xarajatlarini qisqartirish, mablag’lar aylanishini tezlatish va sof 
daromadni oshirish imkonini beradi. 
Tarmoqlarni bir-biriga maqsadga muvofiq ravishda muvofiqlashtirishning iqtisodiy 
tamoyillari qo’yidagilardan tashkil topadi: 



bozorni yuqori sifatli, arzon, raqobatga chidaydigan qishloq xo’jalik maxsulotlariga 
bo’lgan talabini to’la qondirish; 

to’la xo’jalik xisobi va o’z-o’zini moliyalash tamoyillari asosida yuqori samaradorlikka 
va xo’jalik yurtishni mustaqilligiga erishish; 

korxonaning tabiiy-iqlim va iqtisodiy xususiyatlarini keng ko’lamda xisobga olish; 

qishloq xo’jaligiga yaroqli yerlarning xosildorligini oshirish va ulardan to’la va to’g’ri 
foydalanish; 

mexnat taqsimotini to’g’ri rejalashtirish asosida mexnat resurslaridan unumli 
foydalanish va ishlab chiqarishda mavsumiylikni pasaytirish; 

ishlab chiqarish vositalaridan va xususan energiya bilan qurollangan, yuqori qiymatli 
texnika vositalaridan unumli foydalanish; 

tovar maxsulotlarini sotish makonlarini kengaytirish va transport xarajatlarini 
kamaytirish; 

korxonaning oziq-ovqat maxsulotlariga bo’lgan ichki talablarini qondirish, axolini 
texnika xizmati yordamiga bo’lgan extiyojlarini bajarish. 
Asosiy va qo’shimcha tarmoqlarni muvofiqlashtirib borish ularning bir me’yorda 
rivojlanishini ta’minlaydi. Tarmoqlarni muvofiqlashtirib borish shakllari juda ko’p Ular ishlab 
chiqarishning maxalliy, tabiiy va iqtisodiy sharoitlariga bog’liq bo’lib, xar gektar yerdan, xar bir 
bosh chorva molidan ko’proq miqdorda, arzon mahsulot olish imkonini beradi. 

Yüklə 387,99 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə