4-mavzu: Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishining ixtisoslashuvi. Reja



Yüklə 387,99 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/8
tarix02.06.2023
ölçüsü387,99 Kb.
#115174
1   2   3   4   5   6   7   8
Lecture - 4

Nazorat uchun savollar.
1. 
Qishloq xo’jaligida ijtimoiy mexnat taqsimoti nimadan iborat. 
2. 
Ixtisoslashtirish deb nimaga aytiladi. 
3. 
Ixtisoslashtirishning tamoillarini ayting. 
4. 
Ixtisoslashtirishni turkumlang 
5. 
Ixtisoslashtirishning asosiy va qo’shimcha ko’rsatgichlarini ayting 
6. 
Ixtisoslashtirishga ta’sir etuvchi omillarni ayting 
7. 
Ishlab chiqarishni joylashtirish deb nimaga aytiladi. 
8. 
Ishlab chiqarishni joylashtirishga ta’sir etuvchi omillar. 
9. 
Tarmoq deb nimaga aytiladi. 
10. 
Qishloq xo’jalik tarmoqlarini ta’riflang 
11. 
Bosh tarmoq deb nimaga aytiladi. 
12. 
Yordamchi tarmoq deb nimaga aytiladi. 
13. 
Qo’shimcha tarmoqlarga misol keltiring. 
14. 
Tarmoqlarni muvofiqlashtirish tamoyillarini ayting. 
15. 
Qishloq xo’jalik korxonalarining tiplari deb nimaga aytiladi. 
16. 
Korxonalar tiplarini turkumlang. 
17. 
Qishloq xo’jalik korxonalarini xajm ko’rsatgichlarini ayting. 
18. 
Yirik korxonalarning afzalliklari va samaradorligini tushuntiring. 
 
GLOSSARIY
HUDUDIY IXTISOSLASHUV- ma’lum bir hududlar yoki ma’muriy tumanlar, viloyatlarda 
qishloq xo’jaligi mahsulotlari turlarini ishlab chiqarishga ushbu hududlarda qulay shart-sharoitlar 
mavjudligida ifodalanadi. 
ISTIQBOLLI REJALAR - uzoq muddatli davrlar uchun korxonani iqtisodiy-ijtimoiy 


rivojlantirish nisbatlari va yo'nalishlarini belgilab beruvchi rejalar. 
IXTISOSLASHTIRISH - mavjud tabiiy-iqlimiy shart-sharoitlar va boshqa omillar ta’sirida u 
yoki bu mahsulot turlarini ishlab chiqarishga moslashuv. 
ISHLAB CHIQARISHNI JOYLASHTIRISH - bu qishloq xo’jalik maxsulotlarini ishlab 
chiqarish va xizmat ko’rsatish maqsadida mamlakat tumanlarining tabiiy - iqtisodiy va ekologik 
omillarini xisobga olgan xolda, ularda u yoki bu turdagi qishloq xo’jalik ekini yoki chorva 
mollari turini xamda ularga ko’rsatiladigan xizmatni mos xolda joylashtirishdir. 
IXTISOSLASHUV KOEFFISIYENTI -ixtisoslashuv darajasini xarakterlovchi va loyiha 
qarorlarini baholashga imkon beruvchi umumiy ko’rsatkich. 
JORIY YOKI YILLIK REJALAR - korxona va uning dastlabki ishlab chiqarish bo’linmalari 
(brigada, ferma, oila pudrati) yillik ishlab chiqarish reja va topshiriqlari kiradi. 
OPERATIV ISH REJALARI - mavsumiy xarakterga ega bo'lgan sohalarda ayrim ish davrlari 
(ekish, hosilni yig'ib-terib olish, qo'zilatish, chorva mollarini semirtirish va h.k.) uchun tuzilgan, 
ishlab chiqarish bir me’yorda kechadigan sohalarda esa chorak, oylar (sut, go'sht 
yetishtirish) bo'yicha tuzilgan rejalardan va ayrim ishlarni bajarish uchun berilgan muddatli reja 
naryadlar. 
REJALASHTIRISH - korxonani iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirish yo’llari va sur’ati, 
tarmoqlar va bo’linmalar, takror ishlab chiqarishning asosiy bo’g’inlari o’rtasida to’g’ri 
mutanosiblikni (proporsionallikka) tashkil etish jarayoni, boshqarishning tarkibiy qismlaridan 
biri bo’lib, u iqtisodiy tizimning kelgusi holatini, unga erishish yo’llari, usullari va vositalarini 
belgilab beruvchi rejalarini ishlab chiqish va amalda qo’llashdan iborat. 
TARMOQ - qo’llanilayotgan vositalar, ishlab chiqarish texnologiyasi, tashkil qilish 
xususiyati hamda mahsulotlardan foydalanish tartibiga ko’ra bir-biridan farq qiladigan ishlab 
chiqarishning bir qismi. 
YORDAMCHI TARMOQ - korxonaning tovar mahsuloti bo’yicha asosiy tarmog’idan 
keyingi o’rinda turadigan, asosiy tarmoq bilan texnologik hamda tashkiliy jihatdan bog’langan, 
asosiy tarmoqning muttasil rivojlanib borishi uchun bevosita yordam ko’rsatadigan tarmoq. 
XALQARO MEHNAT TAQSIMOTI - alohida mamlakatlarning tovar va xizmatlar ma'lum 
turlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashuvidir. 

Yüklə 387,99 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə