4-mavzu: Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishining ixtisoslashuvi. Reja


Hududiy ixtisoslashuv ma’lum bir hududlar yoki ma’muriy tumanlar, viloyatlarda qishloq



Yüklə 387,99 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/8
tarix02.06.2023
ölçüsü387,99 Kb.
#115174
1   2   3   4   5   6   7   8
Lecture - 4

Hududiy ixtisoslashuv ma’lum bir hududlar yoki ma’muriy tumanlar, viloyatlarda qishloq 
xo’jaligi mahsulotlari turlarini ishlab chiqarishga ushbu hududlarda qulay shart-sharoitlar 
mavjudligida ifodalanadi. Ayni paytda ixtisoslashuvning bu shaklida o’sha hududga xos tabiiy 
va iqtisodiy omillar eng yuqori aniqlik bilan hisobga olinadi. Chunki bu hisob-kitoblar 
natijasida mehnat samaradorligining yuqori darajasi va xarajatlarning qisqartirilishiga 
erishiladi.
O’zbekiston Respublikasida mustaqillik yillari, iqtisodiy islohotlar chuqurlashuvi davrida 
tovar mahsulotlari ishlab chiqarishning turli ko’rinishlariga ixtisoslashgan yirik hududlar tashkil 
topdi. Bu eng avvalo, paxta xomashyosi, g’alla, sholi, pilla, chorva, sabzavot va meva 
mahsulotlari, jun, sut va h.z. larga moslashgan mavjud qishloq xo’jaligi korxonalarining qayta 
tuzilishi va yangilarining paydo bo’lishi bilan xarakterlanadi. 
Hududiy ixtisoslashuvni kengaytirish qishloq xo’jaligi korxonasi ishlab chiqarishining uzoq 
muddatli rejalashtirishini nazarda tutadi. Bu rejaning maqsad va vazifalari hududning
tumanning, viloyatning tabiiy va iqtisodiy shart-sharoitlari bilan belgilanadi. Shu narsani hisobga 
olish kerakki, hududiy ixtisoslashuvda zaruriy shart-sharoitlar mavjud bo’lganda ham bu 
hududlar uchun qishloq xo’jaligi mahsulotlari, chorva mahsulotlarini sanoat tarzida qayta ishlab 
chiqarishning imkoniyati borligi eng yuqori samaradorlikni ta’minlaydi. Hozirgi sharoitda 
mahsulotlarni qayta ishlov berib, ishlab chiqarishsiz kutilgan natijalarga erishib bo’lmaydi. 


Hududiy ixtisoslashuvni chuqurlashtirish uzoq muddatli reja asosida olib boriladi. Uning 
mazmuni joy yoki hududning tabiiy hamda iqtisodiy shart-sharoitlari bilan aniqlanadi. Mazkur 
joy uchun qulay bo’lgan qishloq xo’jaligi mahsulotlari, chorva turlari, sanoat qayta ishlab 
chiqarishi tabiiyki rivojlanadi. 

Yüklə 387,99 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə