4-mavzu: Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishining ixtisoslashuvi. Reja


Umumxo’jalik ixtisoslashuvi. Ixtisoslashuvning bu shakli tovar mahsulotlari ishlab



Yüklə 387,99 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/8
tarix02.06.2023
ölçüsü387,99 Kb.
#115174
1   2   3   4   5   6   7   8
Lecture - 4

Umumxo’jalik ixtisoslashuvi. Ixtisoslashuvning bu shakli tovar mahsulotlari ishlab 
chiqarishda ayrim qishloq xo’jaligi korxonalari o’rtasida mehnat taqsimotini anglatadi. 
Uning asosiy tamoyili tovar ishlab chiqarish tar-moqlarining eng kam miqdorida eng ko’p 
mahsulot yetishtirishga erishishdir. Bir tarmoq bilan ishlab chiqarishni tashkil qilish mumkin 
bo’lgan yerda ikki, ikki tarmoq yetarli bo’lganda uch tarmoqni tashkil etish xo’jalik uchun 
ortiqcha qiyinchiliklarni tug’dirib, uning mahsulot ishlab chiqarish hajmini ko’paytirish 
imkoniyatlarini qisqartiradi.
Ba’zi qishloq xo’jaligi korxonalarida hududiy va umumxo’jalik ixtisoslashuvi o’zaro 
bog’liqdir. Hududiy ixtisoslashuv qancha rivojlangan bo’lsa, umumxo’jalik ixtisoslashuvi uchun 
shuncha qulay shart-sharoitlar yaratiladi. Ikkinchi tomondan, alohida xo’jaliklar qancha ko’p 
ixtisoslashsa, u yoki bu turdagi mahsulotni ishlab chiqarish hajmi shunchalik kengayadi. 
Alohida qishloq xo’jaligi korxonalarida, mehnatning hududiy taqsimoti va hududiy 
ixtisoslashuvga asoslanishi maqsadga muvofiqdir. 
Hududiy va umumxo’jalik ixtisoslashuvi istisno tarzida tovar ishlab chiqarishga mansubdir, 
ya’ni bunga tegishli korxonalar faqat o’z hududlaridan tashqarida sotishga mo’ljallangan 
mahsulotlar turlarini ishlab chiqaradilar. Ammo deyarli barcha qishloq xo’jaligi korxonalarida 
ishlab chiqarilgan mahsulotlarning sezilarli qismi ularning o’z ehtiyojlari uchun foydalaniladi. 
Shu sababli yalpi mahsulot tovar mahsulotiga nisbatan ancha ko’p ishlab chiqariladi. 
Ichki xo’jalik ixtisoslashuvi tovar ishlab chiqarishiga ham, tovar bo’lmagan mahsulotlarni 
ishlab chiqarishga ham taalluqlidir.
Bu ixtisoslashuvning hududiy va umumxo’jalik shakllaridan farqi ham ana shunda. 
Ixtisoslashuvning bu shakli ishlab chiqarishni xo’jalikning bo’linmalari va tarmoqlari bo’yicha 
oqilona joylashtirishga qaratilgan. 
Ichki xo’j alik ixtisoslashuvining asosiy maqsadi - ma’lum bir tur mahsulotlar ishlab 
chiqarilishi yoki bo’linmalarning eng kam miqdorini joylashuvidan iboratdir. 
Yuqorida sanab o’tilgan ixtisoslashuv shakllari hududiy (hudud, xo’jalik, bo’linma) belgilar 
bo’yicha farqlangan. Ichki xo’jalik ixtisoslashuvi mehnatning texnologik taqsimotiga asoslanadi. 
Bunday holatlarda bir necha mustaqil korxona yoki bo’linmalar mahsulotning qandaydir bir 
turini ishlab chiqaruvchi koopersiyalarga birlashadi. Har bir ishtirokchi texnologik jarayonning 
ma’lum bir qismini bajarib, ikkinchisiga yarim fabrikatlarni yetkazib beradi. Chorvachilikda, 
masalan bir xo’jalik g’unajinlar yoki buzoqlar yetkazib berishga, ikkinchisi sut ishlab 
chiqarishga, uchinchi biri ozuqa mahsulotlari yetishtirishga ixtisoslashuvi mumkin. Natijada 
yirik ixtisoslashgan ishlab chiqarish tashkil topadi. 
O’zbekiston qishloq xo’jaligida parrandachilik, yirik shoxli mollarni ozuqlantirish, sabzavot 
mahsulotlari yetishtirish va boshqa qishloq xo’jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishga 
ixtisoslashgan korxonalarning samarali faoliyatiga ko’plab misollar keltirish mumkin. Ichki 
xo’jalik ixtisoslashuvini chuqurlashtirish qisqa muddatlarda katta samara berishi mumkin. 
Xo’jalik faoliyatini samarali yuritish, ishlab chiqarishni tashkil etishdagi ko’pgina 
muammolarni to’g’ri hal qilishda ilmiy asoslangan rejalashtirish, moddiy-texnik ta’minot, 
ishlovchilarni moddiy rag’batlantirishda qishloq xo’jaligi korxonasi va bo’linmalarining 
ixtisoslashuvi, ya’ni ishlab chiqarish yo’nalishini to’g’ri belgilash katta ahamiyatga ega. 
Shakllangan ixtisoslashuvni to’g’ri aniqlash uchun ma’lum ko’rsatkichlar va mezonlardan 


oqilona foydalanish zarur. Ixtisoslashuv joriy va qiyosiy baholarda hisoblanadigan tovar 
mahsuloti ishlab chiqarish samarasini belgilaydigan hodisadir. 
Amaliyotda shakllangan ishlab chiqarish yo’nalishini asosiy qishloq xo’jaligi 
mahsulotlarining umumiy daromadda so’nggi uch yil davomidagi mahsulot realizasiyasidagi 
ulushi bo’yicha aniqlash tavsiya etiladi. 

Yüklə 387,99 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə