4 Modul Ma’ruza №3 Suyuqlik oqimining ikki xil harakat tartibi. Reja


Turbulent harakatdagi oqim ko‘ndalang kesimining bo‘yicha tezliklarining taqsimlanishi



Yüklə 45,01 Kb.
səhifə6/10
tarix26.10.2023
ölçüsü45,01 Kb.
#131776
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
4 Modul Ma’ruza №3 Suyuqlik oqimining ikki xil harakat tartibi. -hozir.org

Turbulent harakatdagi oqim ko‘ndalang kesimining bo‘yicha tezliklarining taqsimlanishi
Mahalliy oniy tezlik (aktual tezlik). Turbulent tartibda harakatlanayotgan oqim strukturasini quyidagicha tasavvur qilishimiz mumkin. Suyuqlik oqimining yuqori tezliklarida turli shakl va kattaliklariga ega bo‘lgan suyuqlik hajmlari (10.2-rasm a, b, s) tartibsiz aylanma harakatlana boshlaydi. Suyuqlik ichida paydo bo‘luvchi va tarqalib ketuvchi aylanmalar oqim bo‘ylab o‘zgarib boradi.
Berilgan 1-1 kesimdan bu hajmlar ma’lum vaqtlarda o‘tib, agar bu o‘tayotgan hajmlar-ning biror A qo‘zg‘al-mas nuqtadan zarrachalarni olsak, bu zarrachalar 0 markazga nisbatan aylanma va ilgarilanma harakat qiladi.

10.2-rasm. Turbulent harakat sxemasi


SHu sababli, bu nuqtada tezlik har doim o‘zgarib turadi.Agar A nuqtaga tushayotgan zarrachalar to‘plamini (M1, M2, ...) turli t vaqt oralig‘idagi harakatini kuzatsak, quyidagilarni kuzatish mumkin:



  1. M1 zarracha turli traektoriya chizib harakatlanib, ixtiyoriy t1 vaqtda A nuqtada tezlikka ega bo‘ladi.


  2. M2 zarracha esa boshqacha traektoriya bo‘ylab harakatlanib, A nuqtadan t2 vaqtda tezlikka ega bo‘ladi.


1-1 kesimning boshqa V nuqtasida ham (t1, t2, ...) turli vaqtlarda turli tezlik larga ega bo‘lishi mumkin.
Demak, muxitning ixtiyoriy qo‘zg‘almas nuqtasidagi ixtiyoriy (t) vaqtdagi xaqiqiy ua tezligi oniy mahalliy tezlik yoki aktual tezlik deyiladi.
Mahalliy oniy (aktual) tezlik tebranishi. 10.3-rasmda oqimning 1-1 tekis ko‘ndalang kesimini belgilab olamiz, undagi A qo‘zg‘almas nuqta atrofida d elementar yuzani belgilaymiz. Bu yuzaga Ax tik chiziqni va Az ortogonal chiziqni chizib olamiz. Bu nuqtadagi tezlikni ua deb belgilab, uning Ax va Az o‘qlarga proeksiyalarini (ua)x va (ua)z deb olamiz.
Aktual tezlik (ua)x ning bo‘ylama tashkil etuvchisi quyidagi tomonlari bilan xarakterlanadi.
  1. doimo o‘z yo‘nalishiga ega bo‘ladi (ua tezlikdan farqli o‘laroq);




  2. ua tezlikning vaqt o‘zgarishi bilan kattaligi o‘zgarishiga mos ravishda, bu tashkil etuvchi ham o‘z kattaligini o‘zgartiradi.

Bu tashkil etuvchilarni mos ravishda bo‘ylama (ua)x va ko‘ndalang (ua)z tezliklar deb ataymiz.


(ua)x tezlikning vaqt o‘tishi bilan A nuqtadagi o‘zgarishi 10.4-rasmdagi kabi ifodalanadi. Uni bo‘ylama tezlik tebranish grafigi deyiladi.



10.3-rasm. Bo‘ylama aktual [(ua)x] tezlik va ko‘ndalang aktual [(ua)z] tezlik




10.4-rasm. Muhitda joylashgan A qo‘zg‘almas nuqtadagi (10.2-rasm) bo‘ylama aktual tezlikning tebranish grafigi sxemasi



Xuddi shu tarzda ko‘ndalang tezlik tebranishini ifodalashimiz mumkin (10.5, a-rasm).

Demak, mahalliy oniy tezlik tashkil etuvchilarining vaqt o‘tishi bilan o‘zgarishi tezlik tebranishi deyiladi. Bu hodisani Pito naychasida suyuqlikning ko‘tarilishi va tushishida kuzatish mumkin.



Yüklə 45,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə