4-semestr O‘quv-uslubiy majmua toshkent – 2014



Yüklə 0,89 Mb.
səhifə46/63
tarix22.03.2024
ölçüsü0,89 Mb.
#181649
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   63
23477 4.1. Маъруза 4-семестр Word

2.Seksiya (seksio-bo’lnish)- sistematik kategoriya bo’lib o’xshash bo’lgan turlarni o’z ichiga oladi. Turkumning bir bo’lagi.

Oilaning oilachalarga bо‘linishi
Bu oila gullarining tuzilishi va ularning shakillariga kо‘ra ikkita oilachaga bо‘linadi: naychasimonguldoshlar (Tubulitlorae) va tilchasimonguldoshlar (Jigulitarae).
Naychasimonguldoshlar oilasi vakillarining savatchalarida naychasimon gullari savatchaning markazida, uning chetida (atrofida) esa soxtatilsimon yoki varonkasimon gullari joylashgan. Ba’zan savatchalarida fakat naychasimon yoki ikki labli gullar bо‘ladi.Oddiy kungaboqar (Heliantus. annuus)- bir yillik о‘t о‘simligi, urug‘ida 35-47% moy bor. Poyasi 3-4 m gacha bо‘lib, tik о‘sadi. Barglari oddiy, butun kirrali, poyaga ketma-ket joylashgan, poyaning ostki bо‘g‘inlaridagi barglari esa qarama-qarshi о‘rnashishi mumkin. Poya va barglari bezli va qattiq tuklar bilan koplangan. Savatchalarida ikki xil gullar bor. Savatchalarning о‘rtasida 2 jinsli naychasimon, chetlarida soxta tilsimongullar joylashgan. Savatchalari ikki qavat о‘rama barglarga ega. Savatchada 200-1000 tagacha guli bо‘ladi. Bu о‘simlik moy olish yoki silos tayyorlash uchun ekiladi. Kunjarasi oqsilga boy bо‘lganligi uchun tо‘yimli yem-xashak hisoblanadi.
Bо‘ymadaron turkumi (Achillea) - kо‘p yillik о‘t о‘simlik. Barglari oddiy, bir necha marta patsimon qirqilgan. Savatchalari mayda, shoda tо‘pgulga joylashgan. Tubо‘lg‘ibargli bо‘ymadaron (A. Somtolina) va oddiy bо‘ymadaron (A.millefolium) turlari uchraydi. Oddiy bо‘ymadaron dorivor о‘simlik hisoblanib, farmotsevtika sanoatida ahamiyati katta.
Shuvoq turkumi (Artemisia). Bu turkumning 500 ga yaqin turi bо‘lib, О‘zbekistonda 40 ga yaqin turi uchraydi. Shuvoqning ayrim vakillari kо‘p yillik bо‘lib, yaylovlarda о‘sadi va asosiy yem-xashak hisoblanadi. Chala chо‘l zonalarida A.diffusa va A. halophila turlari tarqalgan. A. sina, A.absinthum (darmana, ermon) kabi turlari dorivor о‘simlik hisoblanib meditsinada keng qо‘llaniladi. Tilchasimongullilar oilachasi vakillarining savatchalaridagi gullari zigomorf, tilchasimon bо‘lib, ikki jinsli, poyasi, barglari va ildizlari sut shirasiga boy. Qoqiо‘t turkumi (Taraxacum) kо‘p, ikki, ba’zan bir yillik, sutshirasiga boy о‘t о‘simlik. Oddiy qoqiо‘t (T. officinalise) kо‘p yillik о‘t о‘simligi. Ildizida inulin tо‘planadi. Barglari vitaminlarga boy bо‘lgani uchun sabzavot sifatida ishlatiladi. Qoqiо‘t turkumining kо‘ksaqich (T.kok-saghys) turi kо‘p yillik о‘t о‘simligi bо‘lib, ildiz tarkibida 27% kauchik bо‘ladi.Sachratki turkumi (Cichorium) ning keng tarqalgan turlaridan biri oddiy sachratki (C. intubus) dir. Bu о‘simlik begona о‘t sifatida hamma yerda о‘sadi, dorivor. Kо‘a yillik о‘t о‘simligi, gullari havorang, savatchasimon tо‘pgullari barg qо‘ltig‘ida joylashgan.
Bu oilaning andiz (Jnula), maxsar (Carthamus), qariqiz (Arctium), qushqо‘nmas (Carduus), kakra (Acroptilon), bо‘takо‘z (Centaurea) kabi turlari ham Respublikamizda keng tarqalgan.




Qoqi o’t








4-ilova
BLIS- O’YIN



Yüklə 0,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   63




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə