5 Mavzu. Asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar hisobi reja


 Moliyaviy investitsiya fondlari hisobi



Yüklə 0,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/17
tarix23.05.2023
ölçüsü0,82 Mb.
#112434
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
03. BUXGALTERIYA HISOBI 126

 
6.3. Moliyaviy investitsiya fondlari hisobi 
Investitsiya fondlari – bu faoliyatini o‘z aksiyalarini chiqarib aholi o‘rtasida 
tarqatish yo‘li bilan mablag‘lar yig‘ib, keyin o‘z mablag‘larini maxsus davlat 
kreditlariga, davlat xazina majburiyatlariga investitsiya qiluvchi va qimmatli 
qog‘ozlar oldi sotdi bitimlarini bajaruvchi ochiq turdagi aksioner jamiyatidir. 
Investitsiya fondlarining daromadlari quyidagilardan iborat: korxonalardan 
sotib 
olingan 
aksiyalar 
bo‘yicha dividendlar va qimmatli qog‘ozlar 
muomalalaridan olingan daromadlar. YUqorida keltirilgan faoliyat investitsiya 
fondlarining maxsus faoliyatidir. Investitsiya fondlarining aksiyalar va qimmatli 
qog‘ozlar bilan bo‘ladigan barcha muomalalari depozitariyada hisobga olinadi. 
Investitsiya fondlari aktivlarining vakolatli boshqaruvi fondni boshqarish 
to‘g‘risidagi shartnomaga binoan, haq to‘lash yo‘li bilan boshqaruvchi 
kompaniyaga topshiriladi. 
Investitsiya fondlari faoliyatining o‘ziga xosligi - bu muomalalarni 
buxgalteriya hisobida ham alohida xususiyatni vujudga keltiradi. Xalqaro 
buxgalteriya andozalari talablariga javob beradigan xususiylashtirilgan investitsiya 
fondlari schyotlar Rejasi qabul qilingan. Umumiy qabul qilingan schyotlar rejasi 
asosida tuzilgan bo‘lib, faqat yangi schyotlar qo‘shilgan. Bu schyotlar 
xususiylashtirilgan investitsiya fondlarining aktivlari kapitali, daromad va 
xarajatlari hisobini analitikligini oshiradi. 
Sof foyda investitsiya fondlarining barcha xarajat va daromadlarini balansi 
bo‘lib, u 9910-«YAkuniy moliyaviy natija» schyotida hisobga olinadi. 


186 
Hisobot davri tugab, schyotlar xotimalangandan so‘ng sof foyda 8710-
«Hisobot davrining taqsimlanmagan foydasi (qoplanmagan zarari)» schyotiga 
o‘tkaziladi. 
Aksionerlarning umumiy majlisi qarori bo‘yicha rezerv kapitali schyotida 
belgilangan summa tashkil etilgandan so‘ng sof foyda qisman yoki to‘liq 
kapitallashishga yo‘naltirilishi yoki aksionerlar o‘rtasida taqsimlanishi mumkin. 
Rezerv kapitalidan aksionerlarning umumiy majlisi qarori bo‘yicha qoplanmagan 
zararlarni qoplashga yo‘naltirilishi mumkin. Dividendlar to‘lashga yo‘naltirilgan 
sof foyda 6610 «To‘lanadigan dividendlar» schyotida hisobga olinadi. 
Investitsiya fondlarining daromad va xarajatlarini buxgalteriya hisobi va 
hisobotida to‘liq va to‘g‘ri aks ettirish uchun har bir daromad va xarajat turlari 
bo‘yicha schyotlar ochish kerak. Investitsiya fondlarining daromadlari asosan 
qimmatli qog‘ozlarga egalik qilish va ularni sotishdan olingan summa hisobiga 
tashkil bo‘ladi. 
Investitsiya fondlarining daromadlari quyidagilardan iborat: kapital bo‘yicha 
foydalar; moliyaviy faoliyatdan olingan daromadlar; davlat xazina obligatsiyalari 
bo‘yicha hisoblangan va olingan foizlar; xususiylashtirilgan korxonalar aksiyalari 
bo‘yicha olingan dividendlar; da’vo qilish muddati ichida olinmagan dividendlar. 
Investitsiya
 
fondlarining xarajatlari quyidagilardan iborat: davlat krediti 
bo‘yicha hisoblangan va to‘langan foizlar; investitsiya fondlarining faoliyati bilan 
bog‘liq bo‘lgan xarajatlar; soliq va boshqa majburiy to‘lovlar; moliyaviy va boshqa 
xarajatlar. 
Qimmatli qog‘ozlar hisobi
 
0610-«Qimmatli qog‘ozlar» schyotida yuritiladi. 
Bu schyotda quyidagilar hisobga olinadi: korxonalar aksiyalari; foizli 
obligatsiyalar; diskontli obligatsiyalar; hisoblangan foizlar; aksiyalar va 
obligatsiyalarni baholaridagi farqlarni hisobga olish. Analitik hisob bir tip
elementlar va bir chiqarilgan qimmatli qog‘ozlar jami bo‘yicha yuritiladi. 
Qimmatli qog‘ozlarning hisob bahosi ularning turlari bo‘yicha o‘rtacha 
tortilgan bahoda baholanadi. Qimmatli qog‘ozlar sotib olish bahosida hisobga 
olinadi. 


187 
Maxsus davlat kreditidan foydalanib xususiylashtirilgan korxonalarning 
aksiyalari sotib olinsa, quyidagicha rasmiylashtiriladi:
Dt 0610-«Qimmatli qog‘ozlar», Kt 5110-«Hisob-kitob schyoti» - bitim 
summasining 1/6 qismiga, Kt 7830-«To‘lanadigan obligatsiyalar» schyoti - bitim 
summasining 5/6 qismiga. 
Basharti xususiylashtirilgan korxonaning aksiyalari faqat o‘z mablag‘lari 
hisobidan sotib olinsa, bitimning to‘liq summasiga 5110-«Hisob - kitob schyoti» 
kreditlanadi. 
Agar sotib olingan qimmatli qog‘ozlarni kirimga olish sanasi bilan ularning 
qiymatini to‘lash sanasi orasida vaqt oralig‘i vujudga kelsa, 5110 - schyotining 
o‘rniga 6830-«To‘lanadigan obligatsiyalar» schyoti kreditlanadi. 
Qimmatli qog‘ozlarni sotishdan olinadigan daromad ularni sotib olish narxi 
bilan sotish narxi orasidagi farqdan iborat. Bu farqi kapital bo‘yicha amalga 
oshirilgan foyda 9220-«Boshqa aktivlarning chiqib ketishi» schyotining kreditida 
aks ettiriladi. Hisoblangan foizlar esa daromad sifatida bu daromadni vujudga 
kelish paytida, ya’ni foizlar hisoblanganda 9530-«Foizlar ko‘rinishidagi 
daromadlar» schyotida aks ettiriladi. 9220- schyotining kreditidagi summa 9320- 
schyoti orqali 9910-«YAkuniy moliyaviy natija» schyotining kreditiga o‘tkaziladi. 
Xulosa 
Moliyaviy qo‘yilmalar – bu xo‘jalik yurituvchi subektlar tomonidan qimmatli 
qog‘ozlar operatsiyalariga amalga oshirish uchun srflangan xarajatlari bo‘lib, 
ushbu xarajatlar kelgusida daromad keltiruvchi aktivlarning shakllanishidir. 

Yüklə 0,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə