6-Mavzu: Ma’lumotlar bazasida ob’yekt yaratish (2 soat) Reja



Yüklə 166,18 Kb.
səhifə2/3
tarix28.11.2023
ölçüsü166,18 Kb.
#135405
1   2   3
4-Ma\'ruza

Ustun
Ustun - bu jadvaldagi ma`lum bir maydon bilan bog'liq barcha ma`lumotlarni o`z ichiga olgan jadvaldagi vertikal qism. Masalan, CUSTOMERS jadvalidagi manzil tavsifini ifodalovchi ADDRESS ustun hisoblanib, u quyidagi ko’rinishga ega.
+-----------+
| ADDRESS |
+-----------+
| Ahmedabad |
| Delhi |
| Kota |
| Mumbai |
| Bhopal |
| MP |
| Indore |
+----+------+
Ma’lumotlar bazasida Views (Ko`rinish), Prosedura, Funksiya kabi ob’yektlar ham mavjud bo’lib, ular alohida qaraladi.
NULL qiymat
Obyektlar haqidagi ma’lumotlarni jadvalga kiritishda ularning ba’zi xossalarining qiymatlari aniq bo’lmasligi yoki umuman qiymatga ega bo’lmasligi mumkin. Bunday hollarda xossa qiymati sifatida NULL qiymat yoziladi. Jadvaldagi NULL qiymati bu bo'sh bo’lgan maydonning qiymatidir, ya'ni NULL maydoni bu qiymatga ega bo'lmagan maydon. Odatda obyektning xossasiga qiymat bo’lishi shart bo’lmagan hollarda ushbu xossaga mos maydon NULL qiymat qabul qiladi.
Masalan, “NazoratNatijalari” jadvalida “Baho” maydoni bo’lib, ushbu jadvalda dastlab barcha talabalarda baho qo’yilgan bo’lishi shart emas, nazorat topshirilgandan keyin “Baho” maydoniga qiymat yoziladi.
SQL ma`lumot tiplari
Ma’lumolar bazasida jadvalni yaratish uchun obyekt va uning xossalari va har bir xossaning qanday turdagi ma’lumotlarni qabul qilishi aniqlangan bo’lishi kerak. Xossa qiymatlaridagi ma’lumotlarning turini aniqlash bu jadval maydonlarining tiplarini aniqlashni anglatadi.
SQL ma`lumotlar turi har qanday ob`yektning xossasi qabul qiladigan qiymatlarining turini ifodalaydi. Har bir ustunda, o`zgaruvchida va ifodada SQL tilida tegishli ma`lumotlar turi mavjud. Ushbu ma`lumotlar turlaridan jadvallar yaratishda foydalaniladi.

T-SQL tili ma`lumotlar turlarining oltita toifasini taqdim etadi (-jadval).


Butun sonli ma`lumot turlari


Yüklə 166,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə