6-mavzu: O’lchash natijalarining yakuniy ko’rinishini taqdim etish


O’lchash asboblarining asosiy metrologik tavsiflari



Yüklə 0,68 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/13
tarix12.06.2023
ölçüsü0,68 Mb.
#116678
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Comparison and calibration of measuring instruments - lecture 6

O’lchash asboblarining asosiy metrologik tavsiflari 
Har qanday o’lchash asbobini tanlashda eng avvalo uning metrologik 
tavsiflariga e’tibor berishimiz lozim bo’ladi. 
O’zgartirish funktsiyasi
- buni analogli o’lchash asboblarida shkala 
tenglamasidan ham bilishimiz mumkin. Tanlanayotgan asbobda o’zgartirish 
funktsiyasi chiziqli bo’lishi qaydnomalarni olishni osonlashtiradi, sub’ektiv 
xatoliklarni esa kamaytiradi. 
Sezgirligi.
Umuman sezgirlik - bu o’lchash vositasining tashqi signalga 
nisbatan ta’sirchanligi, sezuvchanligidir. Umumiy holda sezgirlik o’lchash 
vositasining chiqish signali orttirmasini, kirish signali orttirmasiga nisbatidan 
aniqlanadi: 
 
Sezgirlik ostonasi
- bu o’lchanadigan kattalikning shunday eng kichik 
(boshlang’ich) qiymatiki, u o’lchash asbobining chiqish signalini sezilarli 
o’zgarishiga olib keladi. 


bu yerda
X
min
- o’lchanadigan kaggalikning eng kichik (boshlang’ich) qiymatidir. 
Asbob ko’rsatishining variatsiyasi
- o’lchanayotgan kattalikning biror 
qiymatini, o’lchash sharoitini o’zgartirmagan holda, takror o’lchaganda hosil 
bo’ladigan eng katta farqdir va u quyidagicha aniqlanadi: 
 
bu yerda 
A
O
', A
0
"
- o’lchanayotgan kattalikning (namunaviy asbob yordamida) takror 
o’lchashdagi qiymatlari. Variatsiya asosan qo’zg’aluvchan qismi tayanchga 
o’rnatilgan asboblarda ishqalanish hisobiga kelib chiqadi. 
Asbobning o’lchash xatoligi
.
Bu xatolik sifatida mutlaq xatolik, nisbiy xatolik 
yoki keltirilgan xatolik berilgan bo’lishi mumkin. Bu xatoliklar xususida oldingi 
mavzularda yetarli ma’lumotlar berilgan. 

Yüklə 0,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə