6-soat reja: Darsdan va maktabdan tashqari ishlarning maqsad va vazifalari


Tayyorlangan maqola, tezis yoki ma'ruza kafedrada himoya qilinadi



Yüklə 407,28 Kb.
səhifə24/25
tarix30.03.2023
ölçüsü407,28 Kb.
#103633
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25
2-semistr

Tayyorlangan maqola, tezis yoki ma'ruza kafedrada himoya qilinadi.
6.Amaliy mazmundagi nostandart masalalar echishva ijodiy ishlash.
Bir mavzu yoki bo`lim bo`yicha nostandart, alohida yondashib qilinadigan, nazariy ahamiyatga ega bo`lgan amaliy topshiriqlarga yondashish talab qilinadigan ilmiy-ijodiy vazifalar, modellar, namunalar yaratish vazifasi topshirilishi mumkin. Amaliy topshiriqlar masalani hal qilishning optimal variantlarini izlashga va ishlashga qaratilgan bo`lishi kerak.
Talabaning qiziqish va qobiliyatiga qarab, ilmiy xarakterdagi topshiriqlar berish, o`qituvchi bilan hamkorlik ilmiy ishlar tayyorlash va chop ettirishi mumkin.
Talabalar mustaqil ishini samarali tashkil etishda:

  • tizimli yondashish;

  • barcha bosqichlarini muvofiqlashtirish va uzviylashtirish;

  • bajarilishi ustida qat'iy nazorat o`rnatish;

  • tashkil etish va nazorat qilish mexanizmlarini takomillashib borish zarur;

Mustaqil ish topshiriqlari muvaffaqiyatli yakunlashi uchun
quyidagi talablar bajarilish lozim:

  • maqsad (bilimini mustahkamlash yangi bilimlar o`zlashtirish, faollikni oshirish, amaliy ko`nikma va malakalarni shakllantirish h.k.) aniq asoslanishi;

  • vazifa va topshiriqlarning aniq ravshan belgilanishi;

  • topshiriqlarni bajarish algoritmi va metodlaridan talabalarning etarli darajada habardor bo`lishi;

  • maslahat va boshqa yordam turlarining to`g`ri belgilanishi (yo`llanma va ko`rsatma berish, mavzuning mazmuni va mohiyatini tushuntirish, muammoli topshiriqlarni bajarish usullari bo`yicha tushuncha berish, ayrim muammoli momentlarni birgalikda hal qilish va h.k.);

  • hisobot shakli va baholash mezonini aniq belgilash;

  • nazorat vaqti, shakli va turlarini aniq belgilab olish (amaliy seminar, laboratoriya mashg`ulotlari, konsultatsiya uchun yoki nazorat uchun maxsus ajratilgan vaqt, ma'ruza yo referat matni, bajarilgan topshiriqlar daftari, nazorat ishlari, uy vazifasi daftari, kurs ishlari, test, maqola, nostandart topshiriqlar, savollar, maqola, ko`rgazmali jixozlar va ijodiy ishlar, savol-javob, bajarilgan ish mazmuni va mohiyatini tushuntirib berish, yozma shaklda bayon qilish).




Yüklə 407,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə