7-mavzu: gnoseologiya – bilish nazariyasi. Reja



Yüklə 174 Kb.
səhifə3/5
tarix26.05.2023
ölçüsü174 Kb.
#112993
1   2   3   4   5
7-MAVZU. GNOSEOLOGIYA – BILISH NAZARIYASI

Tasavvurilgari idrok etilgan, ammo ayni vaqtda bevosita idrok etilmayotgan predmet-hodisalarning inson miyasidagi qayta ishlanib, tiklangan hissiy obrazdir. Masalan, O‘zbekistonning mavjud imkoniyat, shart-sharoitlaridan uning kelajakda rivojlangan mamlakatlar safidan o‘rin olib, buyuk davlat bo‘lishini tasavvur qilish mumkin.
Aqliy bilish esa inson bilishning yuqori bosqichi, unda hissiy bilish orqali olingan fakt va ma’lumotlar tafakkurda qayta ishlash natijasida, borliqdagi predmet-hodisalarning fikriy belgi, simvol va obrazlari yaratiladi. O‘zgacha aytganda, predmet-hodisalarning mohiyati bilinadi. Aqliy bilishning tafakkur hosil qilgan shakllari: hukm, tushuncha, xulosa chiqarish.
Hukm – borliqdagi muayyan predmet-hodisalar, ular o‘rtasidagi bog‘lanish va aloqadorliklar haqidagi tasdiq yoki inkor fikr. Inson o‘z tafakkurida bir yoki bir necha hukmlarni mantiqiy o‘zaro bog‘lab, turli usullar asosida eng muhim xususiyatlarini ajratib olib, biror tushuncha hosil qiladi.
Tushuncha predmet-hodisalar muhim, zaruriy belgi va xususiyatlarining umumiy, abstrakt va konkret fikriy obrazidir. Masalan, «inson» tushunchasi hamma kishilik jamiyatiga xos, mehnat qiluvchi, mehnat qurollari va mehnat vositalarini yaratuvchi hamda moddiy va ma’naviy ne’matlarni ishlab chiquvchi: ong, tafakkur, til va nutq kabi muhim, zarur belgi va xususiyatlarga ega bioijtimoiy mavjudotning fikriy shaklidir.
Xulosa chiqarish bir yoki bir necha hukmlar asosida yangi hukm – yangi fikr hosil qilish. Odatda, xulosa chiqarishning bir necha turlari mavjud, ularni «Mantiq» fani o‘rganadi.
Haqiqat va amaliyot. Haqiqat – inson bilimlarida borliqning to‘g‘ri in’ikos etishi, predmet-hodisalar asli qanday bo‘lsa, inson miyasida xuddi shunday aks ettirgan bilimlar. Masalan, tabiat va jamiyat qonunlari haqiqatlardir. Ular mazmunan ob’ektiv bo‘lsa-da, inson fikrida ifodalanish shakliga ko‘ra, sub’ektivdir.
Haqiqatni bilish – murakkab jarayon. Borliq haqidagi bilimlar birdaniga, tayyor holda yuzaga kelmaydi. Predmet-hodisalarning avval tashqi, so‘ngra ichki tomonlari bilib boriladi. Bilimlar nisbiy haqiqatlardan mutlaq haqiqatlarga tomon boradi.

Yüklə 174 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə