7-mavzu: gnoseologiya – bilish nazariyasi. Reja



Yüklə 174 Kb.
səhifə2/5
tarix26.05.2023
ölçüsü174 Kb.
#112993
1   2   3   4   5
7-MAVZU. GNOSEOLOGIYA – BILISH NAZARIYASI

G‘oyibona bilishda kishi uzoq masofadan sodir bo‘lgan yoki bo‘ladigan voqeani biladi, his qiladi, bu hodisa qanday sodir bo‘lishi unga ayon bo‘ladi. Kishilar biror ishning natijasi haqida oldindan: «shunday bo‘lishi kerak, bunga men qat’iy ishonaman», «oyog‘im tortmovdi», «negadir ko‘nglim g‘ash» kabi mulohazalarni aytishadi.
Lekin g‘oyibona bilishning mexanizmi hozircha fanga ma’lum emas. Ko‘pincha g‘oyibona bilish ilohiylashtirilib, bu faqat aziz-avliyo, alohida kishilarga xos, deb qaralmoqda.
Inson bilishining ijtimoiy hodisalar bilan bog‘liqligiga ko‘ra, uni mifologik, diniy, falsafiy, badiiy-estetik bilish kabi turlarga ajratish mumkin. Bilishning bu turlari inson bilish sohalarining turli tomonlarini tashkil qiladi. Falsafada muhim bir bo‘lim ajratilgan falsafiy bilish bilishning umumiy tabiati va mohiyati, sub’ektiv va ob’ektiv munosabati, bilishdan amaliyotning roli, bilish jarayonining dialektik xarakteri, bilishda haqiqat muammosi kabi masalalar bilan shug‘ullanadi.
Inson bilishi dialektik xarakterga ega: u bilmaslikdan bilishga, aniq bo‘lmagan, qisman bilishdan aniqroq, to‘liqroq, oddiydan murakkab ilmiy, hissiydan aqliy bilishga, jonli mushohadalardan abstrakt tafakkurga tomon va aksincha boradigan jarayondir. Hissiy va aqliy bilish yaxlit inson bilishining bir-birlari bilan chambarchas bog‘liq ikki: «quyi» va «yuqori» bosqichlaridir.
Hissiy bilish – inson bilishining dastlabki bosqichi. Miyada predmet-hodisalarning tashqi tomon, belgilari aks etib, signal va hissiy obrazlari hosil bo‘ladi. U his qilish, sezgi, idrok va tasavvur kabi shakllarda sodir bo‘ladi.
His qilish – kishi o‘zi, atrofdagi narsa, hodisa, kishi yoki kishilarga munosabatida o‘zining muayyan holatga kirishi.
Sezgi esa inson sezgi a’zolariga predmet-hodisalarning bevosita yoki bilvosita ta’siri natijasida yuzaga keladigan hissiy obrazlardir. Sezgi a’zolari: ko‘rish, ta’m, hid, teri va eshitish sezgisi.
Idrok borliqdagi predmet-hodisalarni yaxlit holda, ularning hamma asosiy tashqi belgi va xususiyatlarini umumlashtirgan holda in’ikos ettiruvchi hissiy obrazidir.

Yüklə 174 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə