7-mavzu: gnoseologiya – bilish nazariyasi. Reja



Yüklə 174 Kb.
səhifə4/5
tarix26.05.2023
ölçüsü174 Kb.
#112993
1   2   3   4   5
7-MAVZU. GNOSEOLOGIYA – BILISH NAZARIYASI

Nisbiy haqiqat – borliqdagi predmet-hodisalar to‘g‘risidagi taxminan to‘g‘ri, lekin to‘liq bo‘lmagan, bilish jarayonida tuzatilib, to‘ldirilib borilishi lozim bo‘lgan bilimlar.
Mutlaq haqiqat – borliqdagi predmet-hodisalar haqidagi har tomonlama to‘liq, aniq, mukammal, kelgusida tuzatilmaydigan, to‘ldirilmaydigan bilimlar. U cheksiz nisbiy haqiqatlar jami sifatida qaror topadi. Inson bilishi hech qachon mutlaq haqiqatga to‘liq ega bo‘lmaydi, balki unga cheksiz yaqinlashib boradi.
Ilm-fan taraqqiyotida har bir yangi bosqich nisbiy haqiqatlar sifatida mutlaq haqiqatning mazmuniga yangi-yangi zarralar qo‘shib boradi.
Haqiqat mavhum emas, balki u makon va zamon bilan bog‘liq aniq bilimlardir.
Bilish nazariyasining nisbiy va mutlaq haqiqatlar dialektikasini to‘g‘ri hisobga olmaslik dogmatizm va relyativizmga olib keladi.
Dogmatizm bilishda bilimlarning mutlaq tomonlarini bo‘rttirib, ularning nisbiy tomonlarini inkor etish, u yoki bu qoidani aniq sharoit, joy va vaqt bilan bog‘lanmagan holda har qanday sharoitda qo‘llash natijasi.
Relyativizm bilimlarning nisbiy tomonlarini mutlaqlashtirib, mutlaq haqiqatni butunlay inkor qilish tufayli kelib chiqadi. U agnostitsizm, skeptitsizm yoki sub’ektivizmga olib boradi. Inson bilishi nisbiy haqiqatdan mutlaq haqiqatga tomon rivojlanib boradi. U nisbiy va mutlaq haqiqatlar birligidan iborat.
Inson qadimdan o‘z bilimlarining haqiqatligi, xatodan farqini ajratuvchi mezonni topishga harakat qilib kelgan. Formal mantiq mezoniga ko‘ra, bilim haqiqat bo‘lishi uchun uni ifodalovchi fikr ikkinchi fikrga muvofiq yoki u boshqa bilimdan zaruran kelib chiqishi lozim. Ob’ektiv idealistlar haqiqatning mezoni, deb mutlaq g‘oyaning o‘z-o‘ziga mos kelishini tushunadilar. Sub’ektiv idealistlar esa, sub’ektning o‘zi yoki uning tafakkuri,, deyishadi. Materialistlar, amaliy faoliyatni oladilar. Ular nazariyasida amaliyot inson bilimlarining to‘g‘ri yoki xatoligini aniqlovchi mezondir.
XX asr nepozitivizm oqimi vakillari kogerensiya prinsipi bo‘yicha: haqiqatning mezoni – bilimning o‘z-o‘ziga mos kelishini tushunadilar. Nepozitivizmning boshqa guruhi vakillari verifikatsiya prinsipini ilgari suradilar: bilimlarni hissiy tajriba, kuzatish, eksperiment yo‘llari bilan tekshirish mumkin. Biroq fanlarda ba’zi g‘oyalar va qarashlarning haqiqatligini hissiy tajribalar asosida tekshirib bo‘lmaydi.
Pragmatizm oqimi vakillari fikricha, har qanday ish va bilimning haqiqatlik mezoni uning insonga keltiradigan foydasi bo‘lishi kerak.
Ekzistensializm falsafasi vakillari qarashlariga ko‘ra, haqiqatlik mezoni – har bir kishining o‘z ehtiyoji, maqsad va manfaatlaridir. Hech qachon ikki kishining ehtiyoji, intilishlari bir-biriga to‘la mos kelmaydi. Shuning uchun haqiqatning barchaga baravar mezoni bo‘lishi mumkin emas.
Inson bilimlarining haqiqat yoki xatoligi amaliy faoliyatda ma’lum bo‘ladi. Amaliyot bilimning haqiqatligini tasdiqlaydi yoki uning cheklangan, bir tomonlama, xato, hatto, g‘ayri ilmiyligini aniqlab beradi. Ammo amaliyot ham inson bilimlarining haqiqatlik mezoni sifatida mutlaq emas. Buning boisi: inson bilimlarining haqiqat yoki xatoligi amaliyotda tasdiqlanishi aslo to‘liq bo‘lmaydi. Barcha davrlarda hali haqiqat yoki xatoligi to‘la aniqlanmagan ko‘p muammo va gipotezalar mavjud, ular kelgusi avlodlar tomonidan tuzatilib, to‘ldirilib, hal qilinib boriladi.

Yüklə 174 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə