7-mavzu: tafakkur shakllari: tushuncha, hukm va hulosa tushunchaning mazmuni, hajmi, turlari va ular o‘rtasidagi teskari nisbat. Tushunchani ta’riflash (definitsiya)



Yüklə 197,5 Kb.
səhifə2/5
tarix19.12.2023
ölçüsü197,5 Kb.
#152967
1   2   3   4   5
7-MAVZU TAFAKKUR SHAKLLARI TUSHUNCHA, HUKM VA HULOSA (2)

Tushunchaning hajmi esa unda fikr qilinayotgan predmetlar yig‘indisidan iborat. Masalan, yuqorida misol qilib keltirilgan «fan» tushunchasining hajmi mavjud barcha fanlarni: matematika, fizika, mantiq va hokazolarni o‘zida qamrab oladi.
Mantiqda tushunchalar mazmuni va hajmi bo‘yicha bir qancha turlarga bo‘linadilar. Xususan, hajmiga ko‘ra yakka va umumiy tushunchalar farq qilinadi.
YAkka tushunchaning hajmida bitta predmet fikr qilinadi. Masalan, «Er planetasi», «O‘zMU asosiy kutubxonasi» va shu kabilar yakka tushunchalardir. Umumiy tushunchalar predmetlar guruhini aks ettiradi. «Planeta», «Kutubxona» tushunchalari umumiy tushunchalar hisoblanadi.
Mazmuni bo‘yicha tushunchalar, avvalam bor, abstrakt va konkret tushunchalarga bo‘linadilar. Konkret tushunchalarda predmet o‘zining belgilari bilan birgalikda fikr qilinadi. Abstrakt tushunchalarda esa predmetning belgilari undan fikran ajratib olinib, alohida aks ettiriladi. Masalan «Inson», «Tabiat» tushunchalari-konkret tushunchalar, «qahramonlik» (insonga xos xususiyatni aks ettiradi), «Go‘zallik» (borliqdagi predmetlarga xos xususiyatni ifoda qiladi) tushunchalari abstrakt tushunchalardir.
 Ob’ektiv dunyodagi barcha predmet va hodisalar o‘zaro aloqada bo‘lganligi uchun, ularni aks ettiruvchi tushunchalar ham o‘zaro ma’lum bir aloqalarda, munosabatlarda mavjud. Bu munosabatlar turli xil bo‘lib, ularni aniqlash uchun, avvalambor, taqqoslanadigan va taqqoslanmaydigan tushunchalarni farq qilish lozim.
Taqqoslanadigan tushunchalar umumiy belgilarga ega bo‘lgan, mazmuni va hajmi jixatidan bir-biriga yaqin turgan tushunchalardir. Masalan, «Metallurg» va «Ishchi» tushunchalari ana shunday taqqoslanadigan tushunchalar hisoblanadi.
Taqqoslanadigan tushunchalar esa hajm jihatidan sig‘ishadigan va sig‘ishmaydigan bo‘ladi.
Sig‘ishadigan tushunchalarning hajmi bir-biriga butunlay, to‘laligicha yoki qisman mos keladi. Ular o‘rtasida uch xil munosabat mavjud: moslik, qisman moslik va bo‘ysunish1. Moslik munosabatidagi tushunchalar bitta predmetni (predmetlar sinfini) aks ettiruvchi tushunchalar bo‘lib, ular bir-biridan faqat mazmuni bilangina farq qiladi. Masalan,
« I.A. Karimov», «O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti» tushunchalari xuddi shu munosabatda mavjuddir. Buni quyidagi sxema yordamida ko‘rsatish mumkin.
A-I.A. Karimov.
V-O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti.

Q isman moslik munosabatidagi tushunchalarning hajmi qisman umumiylikka ega. Masalan:


A-Sportchi.
V-Talaba.

Doiralarning shtrixlangan qismi bir vaqtningn o‘zida ham sportchi, ham talaba bo‘lganlarni bildiradi.


B o‘ysunish munosabatida tushunchalardan birining hajmi ikkinchisining hajmiga to‘liq kirib, uni tashkil qiluvchi qism hisoblanadi. Masalan:
A-Fan.
V-Mantiq.

Bu munosabatdagi tushunchalardan biri bo‘ysundiruvchi (A), ikkinchisi (V) bo‘ysinuvchi bo‘lib, ular jins-tur munosabatida bo‘ladi. Jins tushuncha predmetlarning birorta sinfini, tur tushuncha esa shu sinfga mansub predmetlarning bir guruhini yoki bittasini aks ettiradi.


Tushunchalar o‘rtasidagi munosabatlarni aniqlash ularning mazmuni va hajmini aniqlashtirishga, ularni bog‘lab, bir fikr shaklidan boshqa fikr shakliga o‘tishga yordam beradi. Masalan «Talaba» va «A’lochi» tushunchalari o‘rtasidagi munosabatni aniqlash asosida «Ba’zi talabalar a’lochilardir» degan mulohaza shaklidagi fikrni hosil qilish mumkin.


Hukm predmetga ma’lum bir xossaning, munosabatning xosligi yoki xos emasligini ifodalovchi tafakkur shaklidir.
Hukmning asosiy vazifasi predmet bilan uning xususiyati, predmetlar o‘rtasidagi munosabatlarni ko‘rsatishdir. Ana shuning uchun ham u doimo tasdiq yoki inkor shakldagi fikrdan iborat bo‘ladi. Hukmlar nisbatan tugal fikrdir. Unda konkret predmet bilan uning konkret belgisi haqida bilim ifoda qilingan bo‘ldi.
Hukmlar voqelikka mos kelish darajasiga ko‘ra chin, xato va noaniq (ehtimol, taxminiy) bo‘ladi. Obektiv voqelikka mos kelgan, uni to‘g‘ri ifodalagan hukmlar chin, mos kelmaganlari xato bo‘ladi. Ayni vaqtda chinligini ham, xatoligini ham aniqlab bo‘lmaydigan hukmlar – noaniq hukmlar mavjuddir.
Hukmlar tilda gaplar orqali ifodalanadi. Hukm mantiqiy kategoriya bo‘lsa, gap grammatik kategoriyadir. Hukmlar asosan darak gap orqali ifodalanadi. Faqat darak gaplardagina fikr tasdiq yoki inkor holda bo‘ladi.
Masalan, «Vaqt orqaga qaytmaydi», «Hayot-bu harakat» kabi gaplar hukmni ifoda qiladilar.

Yüklə 197,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə