7-mavzu: tafakkur shakllari: tushuncha, hukm va hulosa tushunchaning mazmuni, hajmi, turlari va ular o‘rtasidagi teskari nisbat. Tushunchani ta’riflash (definitsiya)


Xulosa chiqarish deb bir va undan ortiq chin mulohazalardan ma’lum qoidalar yordamida yangi bilimlarni keltirib chiqarishdan iborat bo‘lgan tafakkur shakliga aytiladi



Yüklə 197,5 Kb.
səhifə4/5
tarix19.12.2023
ölçüsü197,5 Kb.
#152967
1   2   3   4   5
7-MAVZU TAFAKKUR SHAKLLARI TUSHUNCHA, HUKM VA HULOSA (2)

Xulosa chiqarish deb bir va undan ortiq chin mulohazalardan ma’lum qoidalar yordamida yangi bilimlarni keltirib chiqarishdan iborat bo‘lgan tafakkur shakliga aytiladi.
Xulosa chiqarish jarayoni asoslar, xulosa va asoslardan xulosaga o‘tishdan tashkil topadi. To‘g‘ri xulosa chiqarish uchun, avvalam bor, asoslar chin mulohazalar bo‘lishi, o‘zaro mantiqan bog‘lanishi kerak.
Masalan, «Aristotel-mantiq fanining asoschisi» va «Platon yunon faylasufidir» degan ikki chin mulohazadan xulosa chiqarib bo‘lmaydi. CHunki bu mulohazalar o‘rtasida mantiqiy aloqadorlik yo‘q.
Xulosa asoslari va xulosa ham o‘zaro mantiqan bog‘langan bo‘lishi shart. Bunday aloqadorlikning zarurligi xulosa chiqarish qoidalarida qayd qilingan bo‘ladi. Bu qoidalar buzilsa, to‘g‘ri xulosa chiqmaydi. Masalan «Talaba A – a’lochi» degan mulohazadan «Talaba A – odobli», deb xulosa chiqarib bo‘lmaydi.
Xulosa chiqarish xulosaning chinlik darajasiga ko‘ra, aniqrog‘i, xulosa chiqarish qoidalarining qat’iyligiga ko‘ra hamda xulosa asoslarining soniga va fikrning harakat yo‘nalishiga ko‘ra bir qancha turlarga bo‘linadi.


Mazkur klassifikatsiyada xulosa chiqarishni fikrning harakat yo‘nalishi bo‘yicha turlarga ajratish nisbatan mukammalroq bo‘lib, u xulosa chiqarishning boshqa turlari haqida ham ma’lumot berish imkonini yaratadi. Xususan, deduktiv xulosa chiqarish zaruriy xulosa chiqarish, induktiv xulosa chiqarish (to‘liq induksiyani hisobga olmaganda) va analogiya ehtimoliy xulosa chiqarish, deb olib qaralishi, bevosita xulosa chiqarish esa deduktiv xulosa chiqarishning bir turi sifatida o‘rganilishi mumkin.




Takrorlash uchun savollar



  1. Mantiq so‘zining ma’nosi nima?

  2. Mantiq fanining o‘rganishning axamiyati ?

  3. Tushuncha nima?

  4. Tushuncha qanday mantiqiy usullar yordamida hosil qilinadi?

  5. Tushunchaning mazmuni va hajmi deganda nimani tushunasiz, ular o‘rtasida qanday munosabat mavjud?

  6. Tushunchaning qanday turlari mavjud?

  7. Tushunchalar o‘rtasida qanday munosabatlar bor?

  8. Xukm va uning turlari xaqida gapiring?

  9. Tafakkur qonunlari nimalarni aks ettiradi?

  10. Tafakkur qonunlarining ob’ektivligi va universalligi nimada?

  11. Xulosa chiqarish nima degani?

  12. Xulosa chiqarishning qanday usullari mavjud?




Yüklə 197,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə