7-mavzu: tafakkur shakllari: tushuncha, hukm va hulosa tushunchaning mazmuni, hajmi, turlari va ular o‘rtasidagi teskari nisbat. Tushunchani ta’riflash (definitsiya)



Yüklə 197,5 Kb.
səhifə3/5
tarix19.12.2023
ölçüsü197,5 Kb.
#152967
1   2   3   4   5
7-MAVZU TAFAKKUR SHAKLLARI TUSHUNCHA, HUKM VA HULOSA (2)

Oddiy hukmlar
Hukmlar tuzilishiga ko‘ra oddiy va murakkab bo‘ladi. Oddiy hukm deb tarkibidan yana bir hukmni ajratib bo‘lmaydigan mulohazaga aytiladi. Tarkibidan ikki yoki undan ortiq hukmni ajratish mumkin bo‘lgan mulohazalarga murakkab hukm deyiladi. Masalan, «Mantiq ilmini o‘rganish to‘g‘ri fikrlash madaniyatini shakllantiradi» degan mulohaza oddiy hukmni ifodalaydi. «Mantiq ilmi tafakkur shakllari va qonunlarini o‘rganadi», degan mulohaza murakkab humkmdir. Bu mulohazaning tarkibi ikki qismdan: «Mantiq ilmi tafakkur shakllarini o‘rganadi» va «Mantiq ilmi tafakkur qonunlarini o‘rganadi», degan ikki oddiy hukmdan iborat.
Mulohaza (hukm) tarkibida mantiqiy ega va mantiqiy kesimni ajratib ko‘rsatish mumkin. Mantiqiy ega-sub’ekt (S) fikr qilinayotgan predmet va hodisani bildiradi. Mantiqiy kesim-predikat (P) predmetga xos xususiyatni, munosabatni bildiradi. Predikatda ifodalangan bilimlar hisobiga sub’ekt haqidagi tasavvur boyitiladi. Hukmning sub’ekt va predikati uning terminlari deb ataladi.
Hukmning uchinchi zaruriy elementi mantiqiy bog‘lamadir. U sub’ekt va predikatni bir-biri bilan bog‘laydi, natijada hukm hosil bo‘ladi. Oddiy qat’iy hukmning formulasi quyidagicha yoziladi: S-P.
Oddiy hukmlar sifati va miqdoriga ko‘ra turlarga bo‘linadi. Sifatiga ko‘ra tasdiq va inkor hukmlar farqlanadi. Hukmning sifatini mantiqiy bog‘lama belgilaydi. Tasdiq hukmlarda belgining predmetga xosligi, inkor hukmlarda, aksincha, xos emasligi ko‘rsatiladi. Masalan, «Abdulla Oripov O‘zbekiston Respublikasi Madxiyasining muallifidir»-tasdiq hukm, «Matematika ijtimoiy fan emas»-inkor hukm. Miqdoriga ko‘ra oddiy hukmlar yakka, umumiy va juz’iy hukmlarga bo‘linadi. Bunda sub’ektda ifodalangan predmetlarning soni, ya’ni uning hajmidan kelib chiqiladi.
YAkka hukmlarda birorta belgining predmetga xosligi yoki xos emasligi haqida fikr bildiriladi. Masalan: «O‘zbekiston Respublikasi mustaqil davlatdir», «Axmedov tarixchi emas».
Umumiy hukmlarda birorta belgining yakka predmetlar sinfining hammasiga yoki undagi har bir predmetga taalluqli yoki taalluqli emasligi haqida fikr bayon qilinadi. Masalan: «Har bir inson baxtli bo‘lishni hohlaydi», va «Hech bir aqlli odam vaqtini behuda sarflamaydi».
Juz’iy hukmlarda birorta belgining predmetlar to‘plamining bir qismiga xos yoki xos emasligi haqida fikr bildiriladi. Masalan: «Ba’zi faylasuflar notiqdir». «Ko‘pchilik talabalar dangasa emas». Juz’iy hukmlarda «ba’zi» so‘zi «hech bo‘lmasa bittasi, balki hammasi» degan ma’noda qo‘llaniladi. SHunga ko‘ra «Ba’zi toshlar tirik mavjudot emas», degan hukm chin bo‘ladi, chunki hech bir tosh tirik mavjudot emas.


Voqelikni bilish jarayonida inson yangi bilimlarga ega bo‘ladi. Bu bilimlar abstrakt tafakkur yordamida, mavjud bilimlarga asoslangan holda vujudga keladi. Bunday bilimlarni hosil qilish mantiq ilmida xulosa chiqarish, deb ataladi.

Yüklə 197,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə