8- mavzu: ta'limning tashkiliy shakllari va metodlari asosiy savollar



Yüklə 60,79 Kb.
səhifə10/15
tarix21.10.2023
ölçüsü60,79 Kb.
#129895
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
8-mavzu

Сух,бат савол ва жавоб шаклидаги диалогик таълим методи
к /
Suhbat metodi fanga qadimdan ma'lum, xatto undan o'z faoliyatida Suqrot ham mohirona foydalangan. Suhbat ta'lim jarayonida ko'p funktsiyalar (aqliy fikrlash, hozirjavoblik, muloqot madaniyati va boshqa sifatlarni shakllantiradi) bajaradi, ammo asosiysi o'quvchida faollikni yuzaga keltiradi. Suhbat o'qituvchi fikriga mos harakat qilish, natijada yangi bilimlarni bosqichma-bosqich egallashga imkon beradi.
Suhbat - faoliyatini endigina boshlagan o'qituvchi uchun murakkab ta'lim metodi hisoblanadi, binobarin, savollarni tayyorlash, ularning ketma-ketligini ta'minlash ko'p vaqt talab etadi, uni tashkil etish da esa barcha o'quvchilarning diqqatini jalb etish talab qilinadi. O'qituvchi oddiy savollar berishi, o'quvchilarga ular yuzasidan batafsil o'ylash uchun vaqt ajratishi, o'quvchilarning javoblarini esa diqqat bilan tinglashi, zarur o'rinlarda ularni sharhlashi lozim. Shu bois suhbatda bilish deduktiv yoki induktiv yo'l bilan amalga oshadi. Deduktiv suhbat o'quvchilarga oldindan ma'lum bo'lgan qoidalar, tushunchalar, hodisalar, jarayonlar asosida tashkil etilib, o'quvchilar tahlil yordamida xususiy xulosalarga keladilar. Suhbatning induktiv shaklida alohida dalillar, tushunchalarning tahlil asosida umumiy xulosaga kelinadi.
Suhbat ko'proq o'quvchilarni yangi bilimlar bilan tanishtirish, bilimlarni tizimlashtirish va mustahkamlash, nazoratni tashkil etish hamda o'zlashtirilgan bilimlarni tashxislashda ijobiy natijalarni beradi. Suhbat turli ko'rinishlarda, ya'ni, kirish, yakuniy, individual va guruhli suhbat tarzida tashkil etiladi.
Kirish suhbati o'quv ishlarining boshida tashkil etiladi. Uni tashkil etish dan ko'zlangan maqsad hal etilishi zarur bo'lgan ishlar mohiyatining o'quvchilar tomonidan anglab etilganligini tekshirib ko'rishdan iborat.
Yakuniy suhbat o'quvchilar tomonidan egallangan bilimlarni umumlashtirish va tizimlashtirish maqsadida amalga oshiriladi.
Katexizism (qisqa bayonli) suhbat - o'quvchilarning boshlang'ich bilim darajasi va ularning yangi mavzuni o'zlashtirishga tayyorgarligini aniqlash uchun dars avvalida yoki so'nggida qo'llaniladi.

Yüklə 60,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə