8- sinf II chorak Sinf: Sana: Mavzu: О`zbek yozuvchilari



Yüklə 7,41 Mb.
səhifə33/40
tarix26.12.2022
ölçüsü7,41 Mb.
#97911
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   40
8-sinf 2-chorak o\'zbek tili

Darsning borishi:
I.Tashkiliy qism.
Salomlashish,darsni tashkil qilish,sinf o`quvchilarining darsga tayyorligini tekshirish va davomatni aniqlash.
II.O`tilgan mavzular yuzasidan takrorlash:
Uyga berilgan vazifani so`rash va tekshirish,`quvchilar bilan suhbat o`tkazish:
III.Yangi mavzuning bayoni.
Bilib oling!
Sifatdoshlar sifatlar kabi ot o`rnida qo`llanish xususiyatiga ham ega. Gapda sifatdosh bog‘langan ot tushib qolganda , si fatdosh uning so`roqlariga javob berib, gapdagi vazifasini bajarib keladi.
Masalar: Ko`p o'qigan (kim?, ega) ko`p narsani biladi
2-mashq. Gaplarni o`qing. Sifatdoshlarni aniqlang, qanday so`roqqa javob berayotganini ayting.
1. Biz yashayotgan o`lka ikki daryo oralig‘ida joylashgan 2. Bu go`zallikni ko`rmaganlar armonda qoladi.3. Musobaqada ishtirok etayotgan o`quvchilar sport zaliga to ‘planishdi. 4. Aytganing kumush, aytmaganing oltin deydilar. 5. Har kim o`zi tug‘ilgan yurtni jonidan ortiq ko`radi. 6. Otini ayagan yo`lda qolmas, elini siylagan - cho`lda. 7. Barvaqt qilingan harakat - hosilga berar barakat. 8. Qidirgan - topadi, intilgan - erishadi. 9. Erta ekkan - erta o`rar.
3-topshiriq. Suhbat matnini rollarga bo`lib o`qing va davom ettiring.
- Naqqoshlik san’ati va ustachilik haqida gapirib bersangiz.
- Naqqoshlik avloddan avlodga o`tib kelayotgan hunarlardan biridir. Naqqoshlar saroy, uylarni bezab bo`lgach, tugatgan ishining bir chetiga o`z ismlarini yozib qoldirganlar. Ana shundan bu kimning ishi ekanini bilib olishgan va ustaning ishiga baho berishgan.
- Mashhur ustalar hamisha hunarlarini o`z shogirdlariga o`rgatishgan. Aytingchi, ustoz, yoshlarning bu san’atga bo`lgan e’tibori qanday?
- Keyingi vaqtda yoshlar orasida naqqoshlik san’atiga qiziquvchilar ko`payib boryapti. Ko`p maktablarda naqqoshlik to`garaklari tashkil etilgan. ...
4-topshiriq. Matnni o`qing, mazmunini so`zlab bering.
Naqqoshlik va tasviriy san’at
Qadimiy Sharqda binolarni turli naqshlar bilan bezash juda keng tarqalgan. O`sha davrlarda ustunlar, eshiklar va boshqa yog‘och buyumlarga o`yib naqsh solish rasm bo`lgan. Bunday naqshlar devorlarga, idish-tovoqlarga ham tushira boshlangan. Naqqoshlik, o`ymakorlik va tasviriy san’at Sharqda binokorlik bilan baravar rivojlandi. Hozirgi kunda mamlakatimizda saqlanib qolgan barcha me’morchilik obidalari bundan dalolat beradi. Naqsh san’ati zardo`zlik kasbiga ham kirib bordi. Sharq me’morchiligining durdonalari bo`lgan Ulug‘bek mad- rasasi, Go`ri Amir maqbarasi, Sherdor, Tillakori madrasalari, Bibixonim masjidi, Ko`kaldosh madrasasi, Xiva shahridagi betakror obidalar naqsh va o`ymakorlik san’ati bilan hozirgi kungacha butun jahon ahlini hayratga solib kelmoqda. Buxoro zardo`zlarining do`ppilari, turli kiyim-kechaklar, palaklarida, Xiva gilamlarida qadimiy naqsh san’ati hozirgacha saqlanib qolgan.
(„ Ensiklopedik ma 'lumotnoma “dan)

Yüklə 7,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə