8- sinf II chorak Sinf: Sana: Mavzu: О`zbek yozuvchilari



Yüklə 7,41 Mb.
səhifə36/40
tarix26.12.2022
ölçüsü7,41 Mb.
#97911
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   40
8-sinf 2-chorak o\'zbek tili

IV.Mustahkamlash.
5- topshiriq. Suhbatni rollarga bo`lib o`qing.
- Dugonajon, qayerdan kelyapsan?
- „Mashhura“ maktabidan. Tikish-bichishni o`rganmoqchiman.
- Bu qanday maktab ekan?
- Hozir ,,Mashhura“ o`quv maktablari hamma yerda bor.
Qisqa vaqt ichida ko`ylaklarni bichish, tikish, kashta tikishga o`rgatishyapti. Buvijonim: „Qizlar, albatta, tikish-bichishni bi- lishlari kerak“, - deb shu maktabga yubordilar. Darslar kechki payt bo`ladi, o`qishimga xalal bermas ekan.
- Eshitmagan ekanman. Men ham borsam olisharmikin? Liboslarga bezak berishga juda qiziqaman.
- Albatta, olishadi. Awal tikishni o`rganib olay, keyin men ham dizaynerlikni o`rganmoqchiman. 6-topshiriq. Publitsistik maqolani o`qing va berilgan savollar asosida suhbatlashing.
Xalq ustalariga e’tibor
O`zbekistonda qadimiy hunarmandchilik an’analari asrlar davomida taraqqiy etib kelmoqda. Xalq ustalari tomonidan ishlangan me’moriy obidalar, hunarmandchilik buyumlari shakli va naqshlarining mukammalligi bilan hamon dunyo ahlini lol qoldirib kelmoqda.
Istiqlol yillarida xalq ustalariga katta e’tibor berila boshlandi.
Moddiy meroslar va qadimiy an’analarni asrab-avaylash, hunarmandlarga yordam ko`rsatish yuzasidan qarorlar qabul qilindi. Qator xalq ustalari O`zbekiston Badiiy akademiyasi a’zolari etib saylandi, ,,0 ‘zbekiston xalq ustasi“ unvoni ta’sis etildi. ,,Hunarmand“ xalq ustalari uyushmasi tashkil etildi. Zargar Fasihiddin Dadamuhamedov, ganchkor usta Mahmud Usmonovlar birinchilardan bo`lib mazkur unvonga sazovor bo`lgan hunarmandlardandir.
Siz shunday ustalardan yana kimlarni bilasiz? Xalq ustalarining nomlari bilan ataladigan ko'chalarning nomlarini ayting.
V.Darsga yakun yasash.
Darsni umumlashtirish,darsda faol qatnashgan o`quvchilarni baholash va rag`batlantirish,olgan baholarini kundalik daftariga qo`yish.
VI.Uyga vazifa.
7- topshiriq. Maqollarning davomini ikkinchi ustundan topib yozing. Otlashgan sifatdoshlarni aniqlang.



Yüklə 7,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə