8- sinf II chorak Sinf: Sana: Mavzu: О`zbek yozuvchilari



Yüklə 7,41 Mb.
səhifə37/40
tarix26.12.2022
ölçüsü7,41 Mb.
#97911
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   40
8-sinf 2-chorak o\'zbek tili

O’.I.B.D.O’_________________
Sinf:_______________
Sana:________________


Mavzu: Adabiy o‘qish.Xalq og‘zaki ijodi.
Keksa kulol va shogird”
Darsning ta’limiy maqsadi:
-Mavzuga oid matn, adabiy badiiy materiallarni tinglab tushunish, to`g`ri va ifodali o`qishga o`rgatish.
-Shu mavzuda yozma va og ‘zaki nutqiy kompetensiyani shakllantirish.
-Yangi o`rgangan so`zlarni to`g`ri talaffuz qilish va qo`llash malakasini shakllantirish.
-O`z nutqida tasdiq va inkor so`zlarni mustaqil ravishda qo`llashga o`rgatish.
-Mustaqil fikrlashga o`rgatish orqali o`z-o`zini rivojlantirish kompetensiyasini shakllantirish.
-Savodxonlik ustida ishlash.
Darsning tarbiyaviy maqsadi: O`quvchilarni do`stlik ruhida tarbiyalsh, do`stlikning qadriga yetishga o`rgatish,kirishimlilik,muomala madaniyatiga ega bo`lish orqali ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyani shakllantirish.
Darsning rivojlantiruvchi maqsadi:
-Yozma va og`zaki nutqda egallagan bilimlarini hayotda qo`llay olishga o`rgatish.
-Tasdiq va inkor gaplarni yozma va og`zaki nutqda to`g`ri qo`llashga o`rgatish.
Darsning turi: Interfaol, yangi bilim beruvchi.
Darsning jihozlanishi: Kitoblar, rasmlar, tarqatma materiallar, proyektor,kompyuter.
Darsning borishi:
I.Tashkiliy qism.
Salomlashish,darsni tashkil qilish,sinf o`quvchilarining darsga tayyorligini tekshirish va davomatni aniqlash.
II.O`tilgan mavzular yuzasidan takrorlash:
Uyga berilgan vazifani so`rash va tekshirish,`quvchilar bilan suhbat o`tkazish:
III.Yangi mavzuning bayoni.
Adabiy o‘qish.
Keksa kulol va shogird
(Rivoyat)
Bir kuni keksa bir kishi o‘z o‘g‘lini kulolning uyiga boshlab kelib:
- Shu o‘g‘limga hunaringizni o‘rgatsangiz, - deb iltimos qilibdi. Kulol rozi bo‘libdi. Shogird kulolnikida tuproq qazibdi, suv tashibdi, loy qilibdi, o‘choqqa o‘t qalabdi, xullas, ustozning barcha aytganlarini to‘liq bajaribdi. Ular yasagan idish-tovoqlar xaridorlarga manzur bo‘lib, tez sotila boshlabdi. Oradan bir-ikki yil o‘tgach, shogird „Kulolchilikni miridan sirigacha o‘rganib oldim, endi yugurdak bo‘lib yuramanmi“, deb o‘ylabdi-da, ustozidan ketishga ruxsat so‘rabdi. Kulol unga:
- O‘g ‘lim, sabr-toqat qilib, puxta o‘rganib olganing yaxshi edi, - debdi. Biroq shogird o‘z aytganida turib olibdi va ustozidan rozilik olib, o‘zi alohida ish boshlabdi. Katta bozorga borib do‘kon ochibdi va yasagan idishlarini sota boshlabdi. Xaridorlar u yasagan choynak, piyola, ko‘zachalarni tezda talashib sotib olishibdi. Buni eshitgan keksa kulol:
- Oxiri baxayr bo‘lsin! - deb, o‘z ishini davom ettiraveribdi. Biroq sal o‘tmay, shogirdining ishi yurishmay qolibdi, uning mollarini hech kim xarid qilmay qo‘yibdi. Chunki u yasagan lagan-tovoqlarning sirlari xiralashib, ko‘chib ketayotgan ekan. Ustozining do‘konida esa xaridorlar avvalgidan ham ko‘payib, savdo yanada yaxshilanib ketaveribdi. Oxiri shogird ming pushaymonlik bilan ustozi oldiga qaytib kelib, uni kechirishini va yana yonida ishlashga ruxsat berishini so‘rabdi. Shogird endi kulolchilikni mukammal egallashga astoydil bel bog‘labdi.

Yüklə 7,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə