8- sinf II chorak Sinf: Sana: Mavzu: О`zbek yozuvchilari


III.Yangi mavzuning bayoni



Yüklə 7,41 Mb.
səhifə35/40
tarix26.12.2022
ölçüsü7,41 Mb.
#97911
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   40
8-sinf 2-chorak o\'zbek tili

III.Yangi mavzuning bayoni.

3-mashq. Matnni o`qing, mazmunini so`zlab bering. Sifatdoshlami o`zi bog‘langan so`z bilan ko`chirib yozing.
Ustoz va shogird maktabi
Sharqda ustoz-shogirdlik an’anasi keng tarqalgan. Biror amaliy san’at turini yoki hunarni yaxshi o`zlashtirib olgan inson ,,usta“ deb ataladi. Ustozlar o`z bilimlari va hunarlarini shogirdlariga o`rgatadilar. Iqtidorli shogirdlar ushbu san’atning barcha sirlarini to`liq o`rganib, o`z ustalari bilan birga yurib, ustalariga har tomonlama to`liq o`xshashga harakat qiladilar. Bu an’ana necha asrlardan beri davom etib, avloddan avlodga o`tib kelmoqda. Ana shunday shogirdlardan biri usta Xirojiddin Muhiddinov edi. Yoshligidan cholg‘u asboblar yasashga qiziqqan Xirojiddin usta Usmon Zufarovga shogirdlikka tushib, ulardan milliy cholg‘u asboblarini yasash sirlarini o`rgandi va mashhur usta bo`lib yetishdi. Hozirgi kunda usta Xirojiddin yasagan dutor, tanbur, tor kabi cholg‘u asboblari respublikamizning barcha viloyatlariga tarqalgan. San’atkorlar usta Xirojiddinni „Benazir usta edi“, deb yodga oladilar. Bunday insonlar o`zlari yaratgan o`lmas asarlari bilan mangu barhayotdirlar.
Bilib oling!
Sifatdoshlar otlashib qo`llanganda egalik, kelishik, ko`plik qo`shimchalarini olib keladi va otga xos barcha vazifalarni bajaradi. Masalan: U do`stiga bilganlarini so`zlab berdi.
Sifatdoshlarning otlashgan shakli, ayniqsa, maqollarda ko`p qo`llanadi.
4- mashq. Maqollar va hikmatlarni o`qing. Namuna asosida otlashgan sifatdoshlami otlashmagan shaklda yozing va gapdagi vazifalarini ayting.
Namuna: 1. Qo`rqqanga (to`ldiruvchi) qo`sha ko`rinar. - Qo`rqqan (aniqlovchi) odamga qo`shaloq ko`rinar.
1. Qo`rqqanga qo`sha ko`rinar. 2. Ikki kemaning boshini ushlagan suvga g‘arq bo`lar. 3. O`qigan o`zar, o`qimagan to`zar 4. Bilmaganin so`rab o`rgangan olim, orlanib so`ramagan o`ziga zolim. 5. Gapni gapir uqqanga, jonni jonga suqqanga. 6. Aytganing - kumush, aytmaga- ning - oltin. 7. Ko`rganni eshitgan yengibdi.

Yüklə 7,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə