8-mavzu. Xalqaro qimmatli qog'ozlar bozori



Yüklə 1,54 Mb.
səhifə5/5
tarix22.06.2023
ölçüsü1,54 Mb.
#118502
1   2   3   4   5
8-mavzu. Xalqaro qimmatli qog\'ozlar bozori

Lid-menejer – yevroobligatsiyalar emissiyasini tashkil qiladigan va zayom shartlarini belgilab beradigan yirik investitsion bank. U zayomning bosh tashkilotchisi hisoblanadi.
Yevroobligatsiyalar bozorida eng yirik lid-menejerlar quyidagilar hisoblanadi: JP Morgan, Citi, Bank of America Merrill Lynch, Deutsche Bank AG, Barclays, Goldman Sachs & Co, HSBC Bank PLC, Morgan Stanley, UBS, Credit Suisse.
Yevroobligatsiyalarni joylashtirish yoki qator mamlakatlar investorlari o‘rtasida anderrayterlar sindikati orqali ochiq obuna yo‘li bilan (odatda, bunday emissiyalar birjada listingga ega bo‘ladi) yoki bir nechta bank tomonidan xususiy joylashtirish vositasida (birjada listingsiz) amalga oshiriladi, bunda qoidaga ko‘ra, bunday yevroobligatsiyalar cheklangan sonli institutsional investorlar tomonidan xarid qilinadi. Emissiya shartlari (hajmi, muddati, joylashtirish narxi, kupon) oldindan kelishib olinadi hamda moliyaviy, to‘lov va listing agentlari tayinlanadi. Listing jarayonidan, garchi soddalashtirilgan tizimda bo‘lsa ham, yetakchi jahon fond birjalarida, xususan, London fond birjasida o‘tiladi. Bu juda muhim fursat, chunki YeI ayrim mamlakatlarida agar qimmatli qog‘ozlar listingga ega bo‘lmasa, institutsional investorlarga (xususan, pensiya fondlari va sug‘urta kompaniyalariga) obligatsiyalar xarid qilish taqiqlanadi.
Emissiya muvaffaqiyatlari ko‘p jihatdan reklama kampaniyasi muvaffaqiyatli o‘tkazilishiga bog‘liq bo‘ladi, shundan keyin yetakchi menejer emissiya hajmini belgilash, uni tashkil qilish va o‘tkazish uchun banklar guruhini shakllantiradi. Anderrayting sindikat shakllanadi (uning a’zolaridan biri o‘z majburiyatini bajarmagan hollarda qolgan qatnashchilar o‘z ulushlariga mutanosib ravishda uning majburiyatlarini o‘z zimmasiga oladi).
Menejerlar, anderrayterlar va yevroobligatsiyalar bozorining boshqa qatnashchilari sindikatini tashkil qilish masalalari hal etilgach, bunday chiqarilish haqida ommaviy ravishda e’lon qilinadi. Obuna davri yakunlangach, sindikat a’zolari o‘rtasida ko‘rsatilgan moliyaviy vositalarni dastlabki taqsimlash amalga oshiriladi. Bu davrda yevroobligatsiyalarning sotilmagan qismi sotuv guruhi qatnashchilariga qaytarib berilishi mumkin. Anderrayterlarga keladigan bo‘lsak, ular sotilmay qolib ketgan yevroobligatsiyalarni oldindan belgilangan narx bo‘yicha qayta xarid qilishga majbur bo‘ladi. Obuna davri oxirida yakuniy narx belgilanadi va yevroobligatsiyalar sotuvi haqida e’lon qilinadi. Belgilangan muddatdan so‘ng emissiya kvotasi amalga oshirilgani haqida ma’lum qilinadi. Emissiya yakunlangan kun uning qatnashchilari ular xarid qilgan yevroobligatsiyalar uchun mos keluvchi pul mablag‘larini bankdagi maxsus hisobraqamiga o‘tkazadi, yakuniy investorlarga yevroobligatsiyalarga egalik qilish huquqini beradigan hujjatlar taqdim etiladi, emitent esa emission daromad oladi. Bundan tashqari, menejerlar sindikati o‘z faoliyatini yakunlashi haqida e’lon 135
qilinadi. Xulosa tariqasida matbuotda qimmatli qog‘ozlarni joylashtirish yakunlangani haqida ma’lum qilinadi.
Investorlar uchun yevroobligatsiyalar emitentlari xalqaro reyting olishi, jahon birjasida listingdan o‘tishi juda muhim hisoblanadi. Bundan tashqari, mos keluvchi darajada emitentning belgilangan ko‘rsatkichlarini (masalan, kapital hajmi va uning yetarlilik koeffitsienti, garovdagi aktivlar) qo‘llab-quvvatlash ko‘zda tutilgan kovenantalar tizimi amal qiladi (qarzdor belgilangan harakatlarni bajarish yoki bajarishdan o‘zini tiyish majburiyatini oladi va mos keluvchi shartnoma shartlari buzilgan hollarda qarzdorga muddatidan oldin pulini qaytarish talabi qo‘yiladi). Odatda, kovenantalarga bitta qarz majburiyati bajarilmasligi umumiy defoltga olib keladigan kross-defoltlar shartlari ham kiritiladi.
Hozirgi sharoitda «xarid qilingan bitim» joylashtirishda standartga aylangan. Bunday joylashtirishda lid-menejer barcha qimmatli qog‘ozlarni emitentdan qimmatli qog‘ozlar chiqarilishi e’lon qilinishidan oldin belgilangan shartlarda (hajmi, kupon stavkasi, joylashtirish narxi) xarid qiladi.
Hisob-kitob-kliring tizimlari va yevroobligatsiyalar bozorini tartibga solish Yevroobligatsiyalar bozorining rivojlanishi tufayli markaziy depozitariylar sifatida ikkita tashkiliy struktura: bitimlar bo‘yicha yevroobligatsiyalar bilan hisob-kitoblar va qimmatli qog‘ozlarni saqlash ular orqali amalga oshiriladigan Euroclear va Clearstream (ilgari Cede deb atalgan) alohida o‘ringa ega. Qoidaga ko‘ra, global sertifikatlar sifatida emissiya qilinadigan yevroobligatsiyalar emitent tomonidan o‘z mamlakati bank-kastodida (kastodial bank/saqlovchi bank) joylashtiriladi. Euroclear a’zolari sifatida dunyoning 90 dan ortiq mamlakatidan ikki mingdan ortiq moliya-kredit institutlari ishtirok etadi. Taxminan shunga yaqin raqamlarni Clearstream bilan bog‘liq holda ham keltirish mumkin. Euroclear da saqlanadigan qimmatli qog‘ozlar hajmi 21 trln dollardan ortiq, Clearstream da saqlanadigan qimmatli qog‘ozlar esa 11 trln dollarni tashkil qiladi.
Birlamchi joylashtirish qatnashchilar xalqaro uyushmasi (IPMA) va Fond bozori qatnashchilari xalqaro uyushmasi (ISMA) birlashuvi natijasida 2005 yil tashkil etilgan Kapital bozori xalqaro uyushmasi (ICMA) yevroqog‘ozlar bozori ustidan ma’lum bir nazoratni amalga oshiradi. IPMA qimmatli qog‘ozlarni xalqaro bozorda joylashtirish qoidalari va hujjatlar shakllari standartlarini ishlab chiqqan yevrobozor professional qatnashchilari uyushmasini ifodalaydi. ISMA esa yevroobligatsiyalar ikkilamchi bozorining tashkiliy-texnik masalalari bilan shug‘ullangan, shuningdek, ko‘rsatilgan bozor bo‘yicha barcha manfaatdor shaxslarga axborot yordami ko‘rsatgan. Uning ulkan miqyosga egaligini hisobga olgan holda, ISMA kapitallar bozorida muhim rol o‘ynaydi.



1 Рубцов Б.В. Современные фондовые рынки. – М.: Альпина Бизнес Букс, 2007. С. 740.

Yüklə 1,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə