8-mavzu. Xalqaro qimmatli qog'ozlar bozori


-rasm. Yevroobligatsiyalar narxi grafigi



Yüklə 1,54 Mb.
səhifə3/5
tarix22.06.2023
ölçüsü1,54 Mb.
#118502
1   2   3   4   5
8-mavzu. Xalqaro qimmatli qog\'ozlar bozori

9.2-rasm. Yevroobligatsiyalar narxi grafigi
Emitentlar uchun xorijiy moliya bozorlarida mablag‘lar jalb qilish hajmi ular o‘z obligatsiyalarini ichki qimmatli qog‘ozlar bozorida joylashtirish natijasida olishi mumkin bo‘lgan darajadan ancha katta, chunki bu holatda gap global bozor haqida ketmoqda. Yevroobligatsiyalar emissiyasi, yevroobligatsiyalar bozoriga yuqori reytingga ega bo‘lgan strukturalar chiqishini hisobga olgan holda, emitentning kapitallashuvini oshirib, uning aksiyalari kursi o‘sishiga ijobiy ta’sir etadi.


2.Yevroobligatsiyalarni joylashtirish va ikkilamchi bozor
Emitentlar, investorlar, vositachilar va hisob-kitob-depozitar institutlar yevroobligatsiyalar bozori qatnashchilari hisoblanadi.
Rivojlangan mamlakatlarda yevroobligatsiyalar emissiyalarining asosiy qismi moliyaviy institutlarga to‘g‘ri keladi, ikkinchi o‘rinda nomoliyaviy kompaniyalar, uchinchi o‘rinda esa – davlat organlari turadi. Rivojlanayotgan mamlakatlarda yevroobligatsiyalar yetakchi emitentlari sifatida hukumatlar ishtirok etadi.
Yevroobligatsiyalar bozoridan mablag‘lar jalb qilishda xalqaro moliya institutlari (Jahon banki, YeTTB) muhim rol o‘ynaydi.
Emitentlar uchun yevroobligatsiyalar rivojlangan ikkilamchi bozori faoliyat ko‘rsatishi muhim ahamiyat kasb etadi (yevroobligatsiyalar ikkilamchi bozori keyinroq batafsil ko‘rib chiqiladi). Yevroobligatsiyalar ko‘rsatuvchiga beriladigan shaklda chiqariladi, bu esa investorning nomi yashirin saqlanishiga xizmat qiladi va unga soliqqa tortishdan qochish imkonini beradi.
Yevroobligatsiyalar bozorida investorlar sifatida asosan yirik moliyaviy institutlar – banklar, investitsiya fondlari, pensiya fondlari ishtirok etadi. Jismoniy shaxs sanalgan investorlarga keladigan bo‘lsak, ushbu vositalar hozirgi paytda faqat juda badavlat shaxslar tomonidan xarid qilinadi.
Yevroobligatsiyalar bozorida vositachilar bo‘lib yirik banklar va qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha kompaniyalar birlamchi joylashtirishda anderrayterlar sifatida va ikkilamchi bozorda mos keluvchi likvidlikni qo‘llab-quvvatlash maqsadida market-meykerlar sifatida qatnashadi.

Yüklə 1,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə