8-mavzu. Xalqaro qimmatli qog'ozlar bozori



Yüklə 1,54 Mb.
səhifə2/5
tarix22.06.2023
ölçüsü1,54 Mb.
#118502
1   2   3   4   5
8-mavzu. Xalqaro qimmatli qog\'ozlar bozori

Yevroobligatsiyalar1 – emitent uchun (qoidaga ko‘ra) xorijiy hisoblangan valyutada chiqarilgan, ular uchun ushbu valyuta ham, qoidaga ko‘ra, xorijiy sanalgan chet el investorlari o‘rtasida anderrayterlar xalqaro sindikati yordamida joylashtiriladigan qimmatli qog‘ozlar.
Yevroobligatsiyalarning asosiy xususiyatlari quyidagilardan iborat:
1. Yevroobligatsiyalar bir vaqtning o‘zida bir nechta bozorda joylashtiriladi, bunda yevroobligatsiya zayomi valyutasi, qoidaga ko‘ra, kreditor uchun ham, qarzdor uchun ham huquqiy hisoblanadi.
2. Yevroobligatsiyalar bozori asosan birjadan tashqari bozor hisoblanadi.
3. Yevroobligatsiyalar, qoidaga ko‘ra, ko‘rsatuvchiga beriladigan qimmatli qog‘ozlar (bearer bonds) sanaladi.
4. Yevroqog‘ozlar chiqarish biron-bir mamlakat qonunchiligi tomonidan tartibga solinmaydi. Ya’ni yevroobligatsiyalar biron-bir mamlakat qonuniga bog‘lab qo‘yilmaydi. Yevroobligatsiyalar chiqarish va muomalada bo‘lishi bozorda yuzaga kelgan qoidalar va standartlarga muvofiq amalga oshiriladi.
5. Ularni joylashtirish, qoidaga ko‘ra, turli mamlakatlarda ro‘yxatdan o‘tkazilgan banklar bilan ifodalanadigan emission sindikat tomonidan amalga oshiriladi.
6. Yevroobligatsiyalar bo‘yicha daromadlar emitent mamlakatida soliqlar ushlab qolinmasdan, to‘liq hajmda to‘lanadi. Agar mahalliy qonunchilikda qarzdor to‘laydigan foizlarga soliq ushlab qolish ko‘zda tutiladigan bo‘lsa, qarzdor foiz to‘lovlari hajmini investorga nominal kuponga teng bo‘lgan foiz daromadini ta’minlaydigan darajagacha yetkazishi shart.
Yevroobligatsiyalarni joylashtirish emitentlar tomonidan (anderrayterlar sindikati orqali) chet el investorlari orasida emitent uchun ham, investorlar uchun ham shunday sanalgan xorijiy valyutada amalga oshiriladi. Yevroobligatsiyalar global sertifikat shaklida emissiya qilinadi (istalgan mamlakat yurisdiksiyasidan tashqari va ro‘yxatga olinmasdan), hujjatlar aylanmasi standartlashtirilgan (T + 3 asosida yetkazib berish), umumiy kliring tizimi amal qiladi. Yevroobligatsiyalar emissiyalari umumiy hajmining 4/5 qismi yevro va dollarda chiqariladi. Yevroobligatsiyalar bozorida o‘rtacha bitim hajmi 1–2 mln dollarni tashkil qiladi.
Yevroobligatsiyalar emissiyalarining asosiy qismi ta’minotsiz chiqariladi, garchi ayrim holatlarda emitentning mulki yoki uchinchi shaxslar kafolatlari shaklida ta’minot bo‘lishi mumkin bo‘lsa-da. Yevroobligatsiyalar emissiyasi qimmatli qog‘ozlar egalari riskini pasaytirishi ko‘zda tutilgan bir qator qo‘shimcha shartlar bilan birgalikda kuzatiladi. Ularning orasida eng tarqalgani «manfiy garov» hisoblanadi (chiqarish shartlari emitentning pulini qaytarish huquqi ustun bo‘lgan qimmatli qog‘ozlarni boshqa chiqarmaslik majburiyatini ko‘zda tutadi). Obligatsiyalar chiqarish, qoidaga ko‘ra, emitentning o‘z kapitali va qarz kapitali ma’lum bir nisbatini qo‘llab-quvvatlash, kelishilgan vaqt davri mobaynida boshqa qarz majburiyatlari chiqarmaslik bilan asoslanadi.


Yüklə 1,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə