8-mavzu. Xalqaro qimmatli qog'ozlar bozori



Yüklə 1,54 Mb.
səhifə1/5
tarix22.06.2023
ölçüsü1,54 Mb.
#118502
  1   2   3   4   5
8-mavzu. Xalqaro qimmatli qog\'ozlar bozori


8-MAVZU.XALQARO QIMMATLI QOG'OZLAR BOZORI
REJA:

  1. Xalqaro qimmatli qog‘ozlar iqtisodiy mohiyati va qo‘llanish xususiyatlari. Yevroobligatsiyalar umumiy tavsifnomasi

  2. Yevroobligatsiyalarni joylashtirish va ikkilamchi bozor

  3. Yevroobligatsiyalar bozorining rivojlanishi



1.Yevroobligatsiyalar umumiy tavsifnomasi
Yevroqog‘ozlar bozori 1960-yillarning boshlaridan faoliyat yurita boshlagan bo‘lib, yevroobligatsiyalar bozori, yevroveksellar (AQSh dollaridagi qisqa muddatli qimmatli qog‘ozlar) bozori, yevroaksiyalar bozori va yevro depozit sertifikatlarni o‘z ichiga oladi.

9.1-rasm. Yevrobozorning tarkibiy qismlari
Yevroqog‘ozlar rasmiy ta’rifi yagona hujjatda – 1989 yilning 17 martida chiqarilgan, Yevropa bozorida yangi emissiyalar taklif qilish tartibini belgilab beradigan Yevropa hamjamiyatlari Komissiyasi Direktivasida keltiriladi.
Yevroqog‘ozlar – bu valyutada chiqarilgan, emitent uchun xorijiy hisoblangan va ushbu valyuta ham ular uchun, qoidaga ko‘ra, xorijiy hisoblangan chet el investorlari orasida joylashtiriladigan qimmatli qog‘ozlar.
Yevroqog‘ozlar – bu quyidagi jihatlarga ega bo‘lgan savdo qilinadigan qimmatli qog‘ozlardir.
1. Anderraytingdan o‘tadigan va uning kamida ikkita qatnashchisi turli davlatlarda ro‘yxatdan o‘tkazilgan sindikat vositasida joylashtiriladigan qimmatli qog‘ozlar.
2. Emitent ro‘yxatdan o‘tkazilgan mamlakatdan tashqari yana bitta va undan ortiq mamlakatda sezilarli hajmda taklif etiladigan qimmatli qog‘ozlar.
3. Dastlab faqat kredit tashkiloti yoki boshqa moliyaviy institut vositachiligida xarid qilinishi mumkin bo‘lgan qimmatli qog‘ozlar.
Ushbu Direktivaga muvofiq:
Barcha yevroqog‘ozlarning 90% i yevroobligatsiyalarga (eurobonds, euronotes) to‘g‘ri keladi.
«Yevro» qo‘shimchasi an’analar hurmatini joyiga qo‘yish hisoblanadi, chunki ilk yevroobligatsiyalar Yevropada paydo bo‘lgan, ular bilan savdo ham asosan o‘sha yerda amalga oshirilgan va ushbu bozor infratuzilmasining asosiy elementlari ham aynan shu yerda joylashgan. Biroq mohiyatan bu haqiqatda xalqaro, aniqrog‘i, global bozor hisoblanadi.

Yüklə 1,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə