8. Pul mablagʻlari xarakati bilan bogʻliq muomalalar auditining uslubi



Yüklə 162,52 Kb.
səhifə13/22
tarix20.07.2023
ölçüsü162,52 Kb.
#119730
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   22
hisobot Tayyor (2)

Vaqtbay ish haqi deganda xodimlarga haqiqatda ishlagan vaqtlari uchun hisoblangan ish haqi tushuniladi. Ushbu ish haqi shaklida xodimga hisoblanadigan ish haqining miqdori bevosita u ishlagan soatlar yoki kunlarning soniga, shuningdek shtat jadvaliga muvofiq belgilangan ish haqi summasiga bog‘liq bo‘ladi. Ish haqining ushbu shakli ishchilar, quruvchilar, sotuvchilar va boshqa bevosita ish bajaruvchilar uchun qo‘llaniladi.
Xodimlar bilan mehnatga haq to‘lash va boshqa operatsiyalar bo‘yicha hisob-kitoblar auditning ham muhim ob’ekti sanaladi. Mehnat haqi bo‘yicha hisob-kitoblar auditining vazifalari quyidagilarga qaratilishi kerak deb hisoblaymiz:

  • mehnatga haq to‘lash bo‘yicha hisob-kitoblarga doir muomalalarni hisobga olish va ichki nazorat samaradorligining holatini baholash;

  • xodimlar bilan mehnat haqi bo‘yicha hisob-kitoblar to‘g‘risidagi hisob va hisobot ma’lumotlarining ishonchliligini tekshirish;

  • ish haqidan hisoblanadigan daromad soligi, ijtimoiy soliq va boshqa ushlanmalarning to‘g‘ri hisoblanganligi va to‘lovlarning o‘z vaqtida amalga oshirilganligini tekshirish;

  • hisobdor shaxslar va xodimlar bilan boshqa muomalalar bo‘yicha hisob-kitoblarning o‘z vaqtida tegishli boshlang‘ich hujjatlar bilan rasmiylashtirilganligini va buxgalteriya hisobi schyotlarida to‘g‘ri aks ettirilganlgini aniqlash;

  • xodimlar bilan ish haqi va undan ushlanmalar bo‘yicha joriy hisob ma’lumotlarining moliyaviy hisobot ma’lumotlari bilan mosligini tekshirish;

  • audit natijasida ish haqi bo‘yicha hisob-kitoblar hisobi va nazoratini yaxshilashga qaratilgan tavsiyalar ishlab chiqish.

Korxonada mehnatga haq to‘lash bo`yicha auditorlik tahlilini o`tkazganda shu narsa ma’lum bo‘ldiki, ASIA CARPET TEXTILE MChJ korxonasida mehnatga haq to`lashning vaqtbay shakli qo`llaniladi. Bunda ularga belgilangan shtat-jadvali asosida jami ishlagan kunlariga qarab ish haqi hisoblanadi. Har bir xodimning ishlagan kuni va soati korxonada “Kadrlar bo‘limi” tomonida uzluksiz va qat’iy nazorat qilinib boriladi va tabellar bilan rasmiylashtiriladi.
Korxonada 2021 yilda jami ishchilar soni 130 kishi bo`lgan. Shulardan 11 nafari boshqaruv xodimlari va mutaxassislardir. Qolgan 119 nafari ishchi xodimlar hisoblanadi.
Korxonada ishlayotgan boshqaruv xodimlari, mutaxassislar va ishchilar shtat jadvali 13–ilovada keltirilgan. Korxonada ish haqi hisoblash uchun tuzilgan tabelhamda xodimning bir oylik okladi asos qilib olinadi.
Misol uchun korxonada boshqaruv hodimlariga hisoblangan ish haqi va ushlanmalar hisob kitobi quyidagi jadvalda keltirilgan:




Yüklə 162,52 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə