8. Pul mablagʻlari xarakati bilan bogʻliq muomalalar auditining uslubi


Boshqa uzoq muddatli majburiyatlar



Yüklə 162,52 Kb.
səhifə12/22
tarix20.07.2023
ölçüsü162,52 Kb.
#119730
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   22
hisobot Tayyor (2)

Boshqa uzoq muddatli majburiyatlar. MChJ maʼlumotlariga koʻra, 01.01.2022 yil holatiga “Oʻzavtosanoatlizing” oldidagi 135 571,2 ming soʻmlik lizing boʻyicha majburiyatni tashkil qiladi.
Joriy majburiyatlar. MChJ balansiga ko'ra 01.01.2022 yil holatiga majburiyatlari 28908970,7 ming so'mni tashkil etib, quyidagilardan iborat:
• Yetkazib beruvchilar oldidagi qarzi – 19802636,8 ming so‘m,
shu jumladan xorijiy valyutada etkazib beruvchilarga - 19631576,9 ming so'm,
• Olingan avanslar – 2075689,9 ming so‘m,
• byudjetga to'lovlar bo'yicha qarz - 15483,3 ming so'm;
• Ish haqi bo'yicha qarz - 38596,2 ming so'm,
• Qisqa muddatli kreditlar – 4876947,0 ming so‘m,
• Boshqa kreditorlik qarzlari – 2024918,8 ming so‘m, shu jumladan:
- boshqa tashkilotlar oldidagi qarzdorlik - 1596526,2 ming so'm,
- kreditlar bo'yicha hisoblangan foizlar - 366292,6 ming so'm,
- ijara bo'yicha qarz - 62100,0 ming so'm.
ASIA CARPET TEXTILE MChJda debitorlik va kreditorlik qarzlariga oid buxgalteriya yozuvlari va ularning summalari amaldagi qonun-qoidalarga mos keladi. Ushbu operatsiyalarning hujjatlashtirilishida ayrim xato va kamchiliklar mavjud. Biroq yo‘l qo‘yilgan ushbu kamchiliklar korxonaning debitorlik va kreditorlik qarzlarini bekitish yoki ularni kamaytirib ko‘rsatishga asos bo‘lmaydi. Ular korxonaning asosiy ko‘rsatkichlariga salbiy ta’sir ko‘rsatmaydi. Umuman olganda, turli olinadigan va to`lanadigan qarzlarning holati va harakati bo‘yicha yuritilayotgan hisob tizimiga ijobiy baho berish mumkin.


  1. Xodimlar bilan mehnatga xaq toʻlash boʻyicha muomalalari auditining uslubi

Korxona faoliyatini olib borish uchun asosiy omillardan biri bu ishchi kuchi bo’lib hisoblanadi. Korxonada xodimlar bilan mehnatga haq to‘lash va boshqa operatsiyalar bo‘yicha hisob-kitoblar buxgalteriya hisobi va auditning muhim ob’ekti sanaladi. Korxona uchun xodimlarga to‘lanadigan mehnat haqi xarajat hisoblanadi va u xodimlarning ish faoliyatining xususiyatiga ko‘ra tegishli xarajat moddalariga olib boriladi.
Ish haqi – bu xodimga bajargan ishi yoki ishlagan vaqti uchun hisoblangan rag‘batlantirishning miqdori.
Amaliyotda ish haqining asosan ikki turi keng tarqalgan. Bular: ishbay ish haqi va vaqtbay ish haqi.
Ishbay ish haqi deganda xodimlarga haqiqatda bajargan ishlari uchun hisoblangan ish haqi tushuniladi. Ushbu ish haqi shaklida xodimga hisoblanadigan ish haqining miqdori bevosita u bajargan ishning hajmiga va bir birlik ish uchun belgilangan ish haqi summasiga bog‘liq bo‘ladi. Ish haqining ushbu shakli ishchilar, quruvchilar, sotuvchilar va boshqa bevosita ish bajaruvchilar uchun qo‘llaniladi.

Yüklə 162,52 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə