9-Mavzu: Integral microsxemalar haqida umumiyma’lumotlar


Elementlarni bir-biriga qo‘shib (integrallash) turkumlarga ajralish darajasi. MDH davlatlarida integrallash darajasi elementlarining soni



Yüklə 168,13 Kb.
səhifə4/6
tarix09.03.2022
ölçüsü168,13 Kb.
#84401
1   2   3   4   5   6
12-dars-nazariy-Mikrosxemalar

Elementlarni bir-biriga qo‘shib (integrallash) turkumlarga ajralish darajasi. MDH davlatlarida integrallash darajasi elementlarining soni. Kristallda 100 tagacha element joylashtirilsa, mitti integral sxema (МИС – малая интекгральная схема), 1000 tagacha element joylashtirilsa, o‘rta me’yordagi integral sxema (СИС – средняя интегральная схема), 10000 tagacha element joylashtirilsa, katta integral sxema (БИС – большая интегральная схема), 1 million element joylashtirilsa, o‘ta katta integral sxema (СБИС – сверхбольшая интегральная схема), 1 milliardgacha element joylashtirilsa, ultrakatta integral sxema (УБИС – ультрабольшая интегральная схема), 1 millarddan ko‘p element joylashtirilsa, gigakatta integral sxema (ГБИС – гигабольшая интегральная схема) deyiladi (lekin amaliyotda hozirgi kunda GBISlar qo‘llanilmaydi). Texnik tayyorlanishi.

Yarimo‘tkazgichli mikrosxema hamma elementlar va uning oralig‘idagi elementlar ulanishi bitta yarimo‘tkazgichli kristallda tayyorlanadi (masalan, kremniy, germaniy, galliy). Plyonkali mikrosxema hamma elementlar va elementlar oralig‘i plyonka sifatida ulab bajarilgan; Qalin plyonkali integral mikrosxema

Yupqa plyonkali integral mikrosxema

Gibridli mikrosxema yarimo‘tkazgichli kristalldan tashqari bir-necha korpussiz diodni saqlaydi, boshqa elektron komponentlar bitta korpusga joylashtirilgan. Signallarni qayta tiklaydigan turlari 3 xil bo‘ladi: analogli, raqamli va analogliraqamli.



Analogli mikrosxemalar – kirish va chiqish signallari o‘zgarishi cheksiz funksiya qonuni bo‘yicha musbatdan manfiygacha oziqlanish kuchlanishi.

Raqamli mikrosxemalar – kirish va chiqish signallari ikki ahamiyatga ega mantiqiy nol yoki mantiqiy bir, ularning muayyan tegishli diapazon kuchlanishi har biri uchun bir xil.

Analogli-raqamli mikrosxema ikki vazifani birga o‘taydi, ular raqamli va analogli signallarni qayta ishlaydi. Texnologiyaning rivojlanishi kengayib bormoqda, shuning uchun bunday mikrosxemalar ko‘plab ishlab chiqarilmoqda.


Yüklə 168,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə