A. A. Toshboyev



Yüklə 1,46 Mb.
səhifə24/137
tarix11.12.2023
ölçüsü1,46 Mb.
#147025
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   137
O

Bunda:


Mu mehnat unumdorligi;


YaM – yalpi mahsulot (ishlab chiqarilgan mahsulot miqdori);


X – yalpi mahsulotni yetishtirish uchun sarflangan ish vaqti (kishi-soat).

Bu ko‘rsatkich yalpi mahsulot ko‘lami qancha ko‘p bo‘lsa va uni yetishtirish uchun sarflangan ish vaqti qancha kam bo‘lsa, mehnat unumdorligining shuncha yuqori bo‘lishini ko‘rsatadi. Qishloq xo‘jaligida, ko‘pincha, mahsulotlar bir yilda bir marta ishlab chiqariladi. Shuning uchun mehnat unumdorligi bevosita ko‘rsatkichlar: vaqt hisobiga bajarilgan qishloq xo‘jalik ishi hajmi, bir gektar qishloq xo‘jalik ekinini ishlash uchun sarflangan mehnat, bir bosh qoramol boqish uchun sarflangan mehnat kabi ko‘rsatkichlar yordamida aniqlanadi.



-51-

Mehnat unumdorligining o‘zgarishi va uning darajasini aniqlashda natu-ral va qiymat ko‘rsatkichlaridan ham foydalaniladi. Agarda mehnat unumdorligi o‘simlikchilik yoki chorvachilik bo‘yicha aniqlanadigan bo‘lsa, natural ko‘rsatkich o‘rnida qiymat ko‘rsatkichidan foydalaniladi. Barcha yetishtirilgan mahsulotlar qiymat ko‘rinishida bo‘ladi.


4.4. Mehnat unumdorligini oshirish yo‘llari

Bozor iqtisodiyoti sharoitida mamlakat oldida turgan iqtisodiy va ijtimoiy masalalarni hal qilishning asosiy omillaridan biri mehnat unumdorligini oshirish hamda ijtimoiy ishlab chiqarish samaradorligini har tomonlama yuksaltirishga erishishdan iborat.


Ijtimoiy mehnat unumdorligini oshirishda ishlab chiqaruvchi kuchlar darajasi va ishlab chiqarish munosabatlarining xarakteriga bog‘liq bo‘lgan ishlab chiqarish faoliyatining natijalari mujassamlashgan.


Fermerning mehnat unumdorligiga ta’sir etuvchi omillar: 1) moddiy-texnika omillari (texnika jarayoni, tabiat resurslarining xarakteri, ishlab chiqarish jarayonlarini kompleks mexanizatsiyalash, elektrlashtirish, avtomatlashtirish va boshqalar); 2) shaxsiy omillar; (xodimlarning ixtisosligi, malakasi, tadbirkorligi); 3) ijtimoiy mehnatning qanday tashkil qilinganligini ko‘rsatuvchi omillar (ixtisoslashtirish, kooperatsiyalashtirish, ishlab chiqarishni kombinatsiyalashtirish, korxonalarda mehnatni bozor sharoitlarida shakllantirish); 4) tabiiy omillar (ob-havo sharoiti, suv, issiqlik temperaturasi va boshqalar) gruppasiga bo‘lish mumkin.


Fermer xo‘jaligida mehnat unumdorligini oshirishda ishlab chiqarish fan-texnika taraqqiyoti va ilg‘or tajriba yutuqlarini hisobga olgan holda intensiv rivojlanadi.


Fermer ishlab chiqarishining fond va energiya bilan qurollanish darajasining orta borishi natijasida mahsulot birligini ishlab chiqarish uchun sarflangan ish vaqti tejaladi, mehnat sarfi kamayib har bosh chorvadan olinadigan mahsulot miqdori, har gektar ekin maydonidan olinadigan hosil miqdori ortib, oqibatda mehnat unumdorligi oshadi. Fermer xo‘jaligida mehnat unumdorligini oshirish omillaridan biri ishlab chiqarishni kompleks mexanizatsiyalashga o‘tishni tezlashtirishdir.


Tuproq unumdorligini muntazam oshira borish, ko‘plab qishloq xo‘jalik mahsulotlari yetishtirish va sarflangan mehnat samaradorligini oshirishdir. Yerni muntazam ravishda mineral va organik o‘g‘it bilan o‘g‘itlash, sug‘orilib



-52-

dehqonchilik qilinadigan ekin maydonlarini kengaytirish, yerlarning meliorativ holatini yaxshilash, yuqori hosil beradigan ekin navlari hamda hayvon zotlarini yaratish va ishlab chiqarishda keng ko‘lamda foydalanish, fan-texnika va agrotexnika talablariga to‘la rioya qilgan holda yerga ishlov berish va boshqa tadbirlar tuproq unumdorligi ortishiga, hosil ko‘payishiga, mahsulot sifati yaxshilanishiga va oqibatda mehnat unumdorligi ortishiga olib keladi.

Chorvachilikda mehnat unumdorligining ortishi ko‘p jihatdan mustahkam ozuqa bazasi yaratish va hayvonlarni ilmiy ratsion asosida boqishni tashkil etishga bog‘liq. Mehnat unumdorligini oshirishda mehnat intizomini mustahkamlash ham muhim rol o‘ynaydi.


Mehnat intizomi buzilgan yerda ishlab chiqarishni yuksaltirish mumkin emas. Mehnat intizomini mustahkamlamasdan turib, kunlik ish me’yorlari o‘z muddatida bajarilmaydi. Fermer xo‘jaliklarini rivojlantirish bo‘yicha hukumat tomonidan qabul qilingan qonunlarga o‘zgartirish kiritilib, yollanma ishchilarni jalb qilish va ularga mehnat qonunchiligi bo‘yicha haq to‘lash tashkil etiladi.


Fermer xo‘jaligida mehnat intensivligini oshirish katta ahamiyatga ega bo‘lib, uning natijasida mahsulot ishlab chiqarish jarayonida faqat jonli va buyumlashgan mehnatgina tejalib qolmasdan, vaqt sarfi ham qisqaradi. Mehnat intensivligining o‘sishi natijasida mahsulot ishlab chiqarish ko‘payadi, ishlab chiqarish vositalaridan unumli foydalaniladi. Ish kunidan unumli foydalanishga erishish mehnatni ilmiy asosda me’yorlashtirishga ko‘p jihatdan bog‘liq. Mehnatni ilmiy asosda me’yorlashtirish va me’yorlarni takomillashtirish faqat mehnat resurslaridan to‘la va unumli foydalanishga emas, balki asosiy va aylanma fondlardan samarali foydalanishga imkon yaratadi.


Fermer xo‘jaligida mehnat jarayonlarini mexanizatsiyalashtirish, avtomatlashtirish, elektrlashtirish natijasida sarflanayotgan mehnatning unumdorligi oshishini ta’minlash mumkin. Bu fermerlar ixtiyoridagi barcha mashinalar, traktorlarning ishga yaroqliligini oshirish hamda ulardan yil davomida foydalanishga erishishdan iborat. Fermerlarni ishlab chiqarish resurslari, moliyaviy resurslar bilan ta’minlash orqali mehnat unumdorligini oshirish hamda kadrlarning malakasini oshirib, ularni joy-joyiga qo‘yish hamda iqtisodiy siyosatni ommaga to‘g‘ri tushuntirish ham ijobiy rol o‘ynaydi.


Fermer xo‘jaligida mehnat unumdorligini oshirish tabiiy sharoitlarga va fan-texnika taraqqiyoti yutuqlarini amaliyotga tatbiq etishga ham bog‘liq.



-53-



R Qisqacha xulosalar


espublikada mavjud mehnat resurslari va ulardan foydalanish ko‘rsatkichlari berilgan bo‘lib, fermer xo‘jaliklarida yollanma ishchilarni yollash va undan foydalanish ko‘rsatkichlari hamda mehnat bozorlari faoliyati, ishlovchilarni ish bilan ta’minlash, mehnat


unumdorligini oshirish yo‘llari ko‘rsatilgan.

Yüklə 1,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   137




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə