A. A. Toshboyev


Asosiy ishlab chiqarish fondlari



Yüklə 1,46 Mb.
səhifə26/137
tarix11.12.2023
ölçüsü1,46 Mb.
#147025
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   137
O

5.2. Asosiy ishlab chiqarish fondlari

Fermer xo‘jaligining moddiy-texnika resurslari hisoblangan yer, mashina-traktor, kombaynlar, kimyoviy vositalar, yonilg‘ilar, yem-xashaklar, urug‘liklar va boshqa vositalarning qiymat holidagi ko‘rinishi fermer xo‘jaligining fondlarini tashkil etadi.


Asosiy vositalar iqtisodiy mohiyatiga ko‘ra, ishlab chiqarish jarayonida bir necha yillar davomida qatnashib, qiymatini ishlab chiqarilayotgan mahsulotlariga, bajarilayotgan xizmatlarga yilma-yil qisman o‘tkazib boradi. Asosiy vositalar – hozirgi davrda respublikada 15 (Rossiya federetsiyasida





  1. minimal oylikdan yuqori qiymatga ega bo‘lgan va 1 yildan ko‘proq xizmat qiladigan ishlab chiqarish vositalariga aytiladi. Ularga fermer xo‘jaligi yerlari, mashinalar, traktorlar, binolar, inshootlar, transport vositalari, qurilmalar, dastgohlar, ishchi, mahsuldor hayvonlar, ko‘p yillik mevali daraxtlar va boshqalar kiradi. Ularning shakllanishi ishlab chiqarish jarayonida qatnashishiga ko‘ra, ishlab chiqarish hamda noishlab chiqarish fondlariga bo‘linadi. Ular ishlab chiqarish jaryonida bevosita va bilvosita qatna-shadiganlarga bo‘linadi.

Ular ishlab chiqarish jarayonidagi funksional faoliyatiga ko‘ra, mehnat predmetlari hamda mehnat vositalariga bo‘linadi. Fermer xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirishda inson mehnati yordamida ishlab chiqish jarayonida bir marta qatnashib, o‘z shaklini to‘liq o‘zgartiradigan predmetlar fermerning mehnat predmetlari deyiladi.


Fermer xo‘jaligida ishlab chiqarish jarayoni mehnat predmeti, ish kuchi va ishlab chiqarish vositalarining birgalikda harakatidan paydo bo‘ladi. Ishchi kuchi deganda mehnatga yaroqli ishchilar tushinilsa, ishlab chiqarish vositalari pul va natura shaklida bo‘ladi. Xo‘jalikda barcha ishlab chiqarish vositalari natura ko‘rinishida va xo‘jalik balansi hisobidagi pul ko‘rinishida bo‘ladi. Fermer xo‘jaligida ishlab chiqarish vositalari xizmat qilish muddatiga qarab asosiy va aylanma fondlarga bo‘linadi.



Yüklə 1,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   137




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə