A b d u m a jid m a d r a im o V g a V h a r fu z a IL o V a manbashunoslik


Manbalarning mazmunini tahlil etish



Yüklə 6,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/187
tarix27.04.2023
ölçüsü6,96 Mb.
#107226
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   187
Madraimov A. Manbashunoslik

2.6. Manbalarning mazmunini tahlil etish
M anbalarning mazm unini tahlil etish deganda q o ‘lyozma asarning 
tarkibi va voqealar bayonini tahlil qilish, tushuntirish, g'oyaviy-siyosiy 
saviyasi va ilmiy qiymatini aniqlash masalalari anglashiladi.
Q o‘lyozma asarning ilmiy qiymatini unda nimalar bayon etilganligi, voqea 
-hodisalarga muallifning xolis munosabati, keltirilgan dalil va m a’lumotlaming 
t o ‘g‘riligi va oldinga surilgan fikr va g‘oyalar bilan belgilanadi.
Tarixiy asarning asl nusxa, original b o ‘lishi yoki kompilyativ, ya’ni 
boshqalar m a’lumotlami terib yoki aynan keltirishi, to‘la va noqisligi, qisqaligi, 
voqealarning qay tarzda bayon etilishi ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Ilmiy tadqiqotlarda original va m o ‘tabar q o ‘lyozmalarga tayanib ish 
olib borish, har bir dalil va m a ’lumot, raqam lar eng ishonchli, nodir, 
birlamchi m anbalardan olinishi kerak. Boshqalar kitobida keltirilgan 
m a ’lumotlardan saqlanish lozim.
O'tm ish jamivat sharoitida yozilgan asarlarning mualliflari ko'pincha 
o'zlari keltirayotgan dalillardan to'g'ri xulosa chiqarmaydilar, ularning 
fikrlarida noaniqlik, chalkashlik va qarama-qarshilik ham uchraydi. Bu 
tabiiy hoi, albatta. C hunki, ular yashab ijod etgan m uh itn in g o'z i 
ziddiyatlar bilan ajralib turar edi.
Yozma manbalarda qarama-qarshi fikrlar bilan bir qatorda xolisona 
mulohazalar ham uchraydi. Bunday paytlarda muallif ko'pincha o ‘z fikr 
va mulohazalarini pardozli iboralar va istiorali so'zlar orasiga vashiradi. 
G oroskop — odam tug'ilganda uning taqdirini yoki biron ulug' shaxs 
ishtirokida sodir bo'lishi mum kin bo'lgan m uhim voqeaning natijasini 
sayyoralarning o'sha paytdagi holati va o'rniga qarab maxsus jadvallar 
vositasida oldindan belgilash, shuningdek, ko'p asravval bo'lib o 'tgan va 
aynan muallif bayon qilmoqchi bo'lgan voqeaga o'xshash faktlarni misol
16


lariqasida keltirish y o ‘li bilan bayon etganlar.
M anbaning tarkibi va m azm unini ilmiy tahlil qilishdan kuzatilgan 
maqsad, uning m uhim va qimmatli tom onlarini aniqlash, unda keltirilgan 
dalillarning ishonchliligi va to'g'risini boshqalaridan ajrata olish ham da 
eng m uhimi asarda bayon etilgan voqeani xolis tarixchi nuqtayi nazaridan 
lurib baholay olishdan iboratdir.
Manbashunoslik talablaridan biri shuki, yozma manbani faqat uning 
bir o ‘zida keltirilgan dalil va m a ’lumotlarga qarab baholab bolm aydi. 
Ba’zi hollarda keltirilgan dalil soxta, bayon etilgan voqea esa soxtalashtirilgan 
bo'lishi ham mumkin. Shuning uchun ham biron asar haqida q a t’iy bir 
fikraytishdan aw al uni o ‘ziga o'xshash boshqalari bilan solishtirib ko'rish, 
keltirilgan dalillarni bir-biri bilan qiyoslash va tekshirish zarur.
Amaliy manbashunoslik qadimgi davrlardan boshlab to shu kungacha 
m a ’lum darajada tajriba to'pladi. K o‘plab yozm a yodgorliklarning eng 
asosiylari asl nusxada — faksimilesi, tanqidiy matni, tarjima va izohli 
tarjimasi amalga oshirilib, chop etishga erishildi. Turli q o ‘lyozma fondlari, 
kutubxona va muzey, shaxsiy majmualardagi yozm a yodgorliklar tavsifi 
fihrist-kataloglarda e ’lon qilinib, ularda amalga oshiriigan manbashunoslik 
sohasidagi tadqiqotlar natijalari um umlashtirildi.
Xullas, m an b ala rn i o ‘rganish b o ‘yicha am alg a oshiriigan ishlar, 
tajribalar umumlashtirilib, kelgusida amalga oshirilajak tadqiqotlar uchun 
eng qulay va istiqbolli tadqiq m etod va usullarini aniqlab, belgilab va 
ishlab chiqib, ularning eng zamonaviylari va samaradorlarini amaliyotga 
q o ‘llashni tavsiya etish zarur.
So’nggi paytda zamonaviy kompyuterlarning yozma manbalarni tadqiq 
etish imkoniyatidan foydalanish vaqti keldi. Bu o ‘rinda zamonaviy talaba 
va pedagog internet xizmatidan bemalol foydalana olishi talab etiladi.
U m um an, nazariy va amaliy manbashunoslik biri-birini t'oMdiradi, 
biri ikkinchisi uchun asosiy tadqiqot yo ‘nalishi va uslublarini belgilasa, 
ikkinchisi birinchisi uchun daliliv m a ’lum otlar jam lab, asos b o ‘lib xizmat 
qiluvchi dalillarni yig‘adi.
A m a l i y m a n b a s h u n o s l i k n a z a r i y b i l i m va t a j r i b a a s o s i d a
manbashunoslikning konkret, muayyan sohasi, b o ‘limi, davri masalasi 
yoki biror m anba yuzasidan amaliy, praktik tadqiqot olib boradi, arxiv, 
muzey, kutubxona va shaxsiy m ajm ualarda mavjud yozma manbalarni 
o 'r g a n i b , en g q i m m a t l i l a r i n i ilm iy m u o m a l a g a olib kirib, k eng 
jamoatchilikning m a ’naviy mulkiga aylantiradi.*
* U sh b u m a v z u n i y o ritish d a B. A h m e d o v n in g « 0 ‘z b e k is to n tarix i m an b alari»
(20 0 1 ) a sa rid a n d o y d a la n ild i. 13— 19 -b e tla r.
17
KAHA^k;.,-\;v 
V l 

Yüklə 6,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə