A b d u m a jid m a d r a im o V g a V h a r fu z a IL o V a manbashunoslik



Yüklə 6,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/187
tarix27.04.2023
ölçüsü6,96 Mb.
#107226
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   187
Madraimov A. Manbashunoslik

4.3 .3 . «Maktuboti Allomiy»
“ Maktuboti Allomiy” - “ Maktuboti Abulfazl” , “ Inshoyi Abulfazl” 
(’’Abulfazl (Allomiy) tarafidan bitilgan (va ko'chirilgan) maktublar”)i deb 
ham ataladi. Maktublaming asosiy qismi Boburiylarsaltanati (1526— 1858)ning 
atoqli podshohlaridan Jaloliddin Akbar (1556—1605) nomidan, bir qismi vazir 
va yirik tarixchi olim Abulfazl ibn Muborak Allomiyning shaxsiy mazmundagi 
maktublaridan iborat. To'plam uch qismga bo'lingan. Undan bizga uchdan 
ikki qismi, ya’ni ikkita daftari yetib kelgan, xolos. U Allomiyning qarindoshi 
Abdusamad ibn Afzal Muhammad tomonidan tuzilgan.
“ Maktuboti Allomiy”da 1586— 1596-yillarda Buxoro va Balx xonliklari 
bilan Boburiylar davlati (H indiston) o'rtasidagi siyosiy m unosabatlar 
haqida o 'ta qimmatli m a ’lumotlarni uchratam iz. M a ’lumki, o'sha yillari 
Hindistonning nafaqat Buxoro va Balx xonliklari, balki Eron bilan ham 
munosabatlari jiddiy tus olgan edi. Agar Boburiylar bilan Shayboniylar
35


davlatlari o'rtasidagi siyosiy m unosabatlar Badaxshon tufayli, to'g'risi 
Badaxshonni o'z hukmronligiga kiritib olish xususida bir qadar buzilgan 
bo'lsa, Safaviylar Eroni bilan Hindiston o'rtasidagi munosabatlar katta 
siyosiy-strategik ahamiyatga ega bo'lgan Q andahor xususida birm uncha 
buzilib qolgan edi.
Majmuadagi maktublarda m ana shu chigal masalalarning mohiyatini 
tushuntirib bera oladigan daliliy m a ’lumotlar ko'p. Bu jihatdan Akbarning 
Abdullaxonga y o ilag an uchta maktubi va Abdullaxonning mavlono Mir 
Quraysh, Ahm ad otaliq boshchiligida Hindistonga yuborgan elchiligi, va 
Buxoro elchisi olib borgan maktub, va Akbarning Balx bilan Buxoroga 
xoja Afzal, Hakim H u m o m va Mir Sadrijahon boshchiligida y o ila g a n
elchiliklari xususida qimmatli m a ’lum otlar keltirilgan.
Y a n a b ir m u h i m m a sa la n i h a m aytib o 't i s h g a t o 'g 'r i kelad i. 
Maktublarning birida kelgusida tutiladigan siyosat xususida ikki davlat — 
Boburiylar davlati va Buxoro xonligi hukmdorlarining maxsus uchrashuvini 
uyushtirish masalasi ko'tariladi.
“ Maktuboti Abulfazl” majmuasining yaxshi bir qo'lyozm a nusxasi 
( ta r tib ra qam i 290, 154 varaq) O 'z b e k is to n R espublikasi F a n l a r
akademiyasining Sharqshunoslik instituti xazinasida mavjud.

Yüklə 6,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə