A b d u m a jid m a d r a im o V g a V h a r fu z a IL o V a manbashunoslik



Yüklə 6,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/187
tarix27.04.2023
ölçüsü6,96 Mb.
#107226
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   187
Madraimov A. Manbashunoslik

4.3. Rasmiy yozishmalar
Rasmiy yozishm alar, y a ’ni xonlar, pod sh o h lar, am irlar, tariqat 
yetakchilari va shoirlar o'rtasidagi yozishmalar ham tarixiy m anba bo'lib 
xizmat qiladi va uning ham ijtimoiy-siyosiy tarixni o ‘rganishdagi ahamiyati 
kattadir. Ular, ayniqsa mamlakatdagi ichki vaziyat va mamlakatlararo 
m u n osabatlarni o ‘rganishda tadqiqotchilarga katta m aterial beradi. 
Shunday maktublardan k o ‘plari o ‘z vaqtida ko‘chirilib kitobat qilingan 
va u lard a n b i r m u n c h a la r i b izn in g z a m o n im i z g a c h a yetib kelgan. 
“ Maktuboti T e m u riy a ” ( “T em uriylarning m aktublari”), “ Majm uayi 
murosilot” ( “ M aktublar t o ‘plam i”) va boshqalar shular jumlasidandir.
4 .3 .1 . «Maktuboti Temuriya»
“ Maktuboti T e m u riy a ” hozirda 0 ‘zbekiston Respublikasi F an lar 
akademiyasi Sharqshunoslik instituti q o ‘!yozmalar fondida 2278-raqam 
ostida saqlanayotgan, 191 varaqli XVI asrda kitobat qilingan maktublar 
majmuasining nomidir.
Eronlik olim Abulhusayn Navoiy m azkur majmuaga Eron, Turkiya, 
Ozarbayjon va Fors hukmdorlarining xatlarini ham qo'shib, 1991-yili 
“ Isnod va maktuboti tarixi Eron (az T em ur to shoh Ismoil” nomi bilan 
nashr etgan. M azkur t o ‘plamga Amir T em u r va Temuriylar (Shohruh, 
Sulton Husayn va boshqalar)ning Fors, Ozarbayjon, Iroq va Turkiya 
hukmdorlari bilan yozishmalari jamiangan.
Bu yozishmalar Amir Tem ur va Temuriylarning mazkur mamlakatlar 
bilan bo ‘lgan siyosiy munosabatlari tarixini o ‘rganishga, xususan Amir 
Temurning 1381 — 1404-yillari Eron, Iroq, Ozarbayjon, Suriya va Turkiya 
ustiga qilgan harbiy yurishlarining saboqlarini to ‘g‘ri anglashga yordam beradi.
Mazkur t o ‘plam H aydar va Er o ‘g‘lining “ Majmuayi m u n sh a o t” , 
xoja Shahobiddin Abdulla Marvoridning “ M unshaot” , Frudunbekning 
“ Munshaoti F ridunbek” asarlariga ham asoslangan.
“ Maktuboti T em uriya” xurosonlik m ashhur shayx, Amir Tem urning 
pirlaridan biri Zayniddin Abubakr Taybodiy (1395-yili vafot etgan)ning 
o ‘z muridi Amir Tem urga yo ‘llagan bir tarixiy maktubi bilan boshlanadi.
32


Amir Tem ur bu maktubni “T em ur tuzuklari”ning “Tadbirlar va kengashlar” 
deb atalgan birinchi maqolasida keltirgan. “Tuzuklar”da keltirilgan mazkur 
maktub haqida, xususan, mana bulami o'qiymiz: “ Pirim Zayniddin Abubakr 
T a y b o d i y m e n g a y o z m i s h l a r k i m , “ A b u l m a n s u r T e m u r s a l t a n a t
yum ushlaridato‘rt ishni qo'llasin, ya’ni 1) kengash; 2) mashvarutu maslahat;
3) hushyorligu mulohazakorlik; 4) ehtiyotkorlik. C hunki, kengash va 
mashvaratsiz saltanatning barcha qilgan ishlari va (podshohning) aytgan 
gaplari xato b o ‘lgan. U nday podshohni johil odam ga qiyoslash mumkin. 
Uning so‘zlari va qilmishlari boshga pushaym onlik va nadomat keltirgan. 
S hunday ekan, saltanatni boshqarishda, mashvarutu maslahat va tadbir 
bilan ish yuritgin, toki oqibatda nadomat chekib, pushaymon bo ‘lmagaysan. 
Yana shuni ham bilginkim, saltanat ishlarining bir qismi sabr-u toqat 
bilan b o ‘lgay, yana bir qismi esa bilib-bilmaslikka, ko ‘rib-ko‘rmaslikka 
solish bilan bitur. (Xullas) tadbirlardan ogoh qilingandan keyin shuni 
ham aytish joizdurkim , q a t’iylik, sabr-toqat, chidamlilik, hushyorlik, 
ehtiyotkorlik va shijoat bilan barcha ishlar amalga oshirilgay. Vassalom.” 
Amir T e m u r pirining bu o'gitlariga u m r b o ‘yi, butun faoliyati davomida 
amal qildi. “ Bu maktub, — deb yozadi hazrat sohibqiron, — menga y o ‘l 
boshlovchi yanglig1 rahnamolik qildi. U menga saltanat ishlarining t o ‘qqiz 
ulushini mashvarat, tadbir va kengash bilan, qolgan bir ulushini esa qilich 
bilan bajo keltirilishini anglatadi” 1.
“ T o ‘p l a m ”dagi quyidagi m a ktublar A m ir T em urning E ron(Fors). 
O zarbayjon va Turkiyaga nisbatan 1381 — 1404-yillarda olib borgan 
siyosatini va nomlari sanab o'tilgan m am lakat hukmdorlarining Amir 
T em urga qarshi harbiy ittifoq tuzish xususida olib borgan siyosatini 
tushunishda yordam beradi:
Iroq hukmdori Sulton A hm ad jaloir (1382—1410)ning Fors hukmdori 
Muzaffariy Shoh S hujo’ (1359—1384)ga yozgan maktubi;
Ozarbayjon hukmdori Qora Yusuf (1389— 1420)ning Yildirim Boyazid 
I (1389—1402) ga yo ‘llagan maktubi;
Yildirim Boyazid I ning Qora Yusufga javob maktubi;
S hoh Shujoning birodarzodasi S h o h M a n s u r (1 3 8 7 - 1 3 9 3 ) ning 
Yildirim Boyazid I ga yozgan xati;
Yildirim Boyazid I ning Shoh M ansurga javob maktubi;
Am ir T em u r ko'ragonning G ilon hokimi M ir Said Aliga maktubi;
Sultoni A’zam Amir T em u r ko'ragonning Sayyid Ali Kiyo buzurgga 
(Gilon) yuborgan xati;
1 “ T e m u r t u z u k l a r i " . - T o s h k e n t , 1996. 2 5 - b e t .
33


Sayyid Ali Kiyo buzurgning A mir Tem urga yozgan javob xati;
Amir T em ur ko'ragonning Bag'dod podshosi Sulton A hm ad Jaloirga 
yo'llagan maktubi;
Bag'dod podshosi Sulton Ahm ad Jaloirning hazrat Amir Tem urga 
javob maktubi;
Amir T em u r ko'ragonning Misr podshosiga yozgan maktubi;
Sulton Ahmad jaloirning Yildirim Boyazid I nomiga yo‘llagan maktubi;
Yildirim Boyazid 1 ning Sulton A hm ad Jaloirga yuborgan javob xati;
Qora Yusuf Q oraqo‘yunluning Yildirim Boyazid Iga yuborgan nomasi;
Amir Tem urning Yildirim Boyazid 

ga yoilag an yoilag an birinchi 
maktubi;
Sulton Yildirim Boyazid I ning Amir Tem urga gustoxona javob xati;
Am ir Tem urning Rum qaysariga yozgan ikkinchi maktubi;
Rum podshosi Yildirim Boyazid I ning Amir Tem urga yozgan javob 
xati;
Amir Temurning Rum qaysari Yildirim Boyazid 1 ga yoilagan uchinchi 
maktubi;
Yildirim Boyazid 1 ning Amir Tem urga javob maktubi;
Amir Tem urning Sulton Boyazidga yo ‘llagan t o ‘rtinchi maktubi;
Sulton Yildirim Boyazid 1 ning hazrat Am ir Tem urga y o ilag an javob 
maktubi;
Am ir Tem urning Yildirim Boyazid 1 ga sulh taklif qilib M arog‘adan 
jo'n atgan maktubi;
Sulton Boyazidning Amir Tem urga yuborgan javob xati1.

Yüklə 6,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə