A b d u m a jid m a d r a im o V g a V h a r fu z a IL o V a manbashunoslik


Mavzuni mustahkamlash uchun savollar



Yüklə 6,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/187
tarix27.04.2023
ölçüsü6,96 Mb.
#107226
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   187
Madraimov A. Manbashunoslik

Mavzuni mustahkamlash uchun savollar
1. Yozma manbalarning qanday tavsif usullari mavjud?
2. Kodikologik та ’lumotlar deganda nimani tushunasiz?
3. Yozma manbadagi asarning tarkibi va mazmuni qanday tahlil qilinadi?
4. Yozma manbalar tarkibi qanday qismlardan iborat bo'ladi?
5. Yozma manbaning ilmiy ahamiyati nima bilan belgilanadi?
4 -M A V Z U . H U J JA T L A R
Darsning mazmuni: 
H ujjatlarning O 'z b e k isto n tarixining m u h im
manbalari ekanligi, ularning o'ttiz to 'rt turi, eng muhimlari to'g'risida 
tasavvur beriladi.
Rcja:
4.1. Hujjatlar O'zbekiston tarixining m uhim manbalari.
4.2. O'zbekiston tarixiga oid hujjatlar.
4.3. Rasmiy yozishmalar.
4.4. Turli masalalar haqidagi hujjat, farm on va maktublar.
Asosiy tushunchalar: Suyboriy xojalari, amirlik, xonlik, yorliq, vasiqa.
25


4.1. Hujjatlar — 0 ‘zbekiston tarixining muhim manbalari
Rasmiy hujjatlarni o'rganish - diplomatika — tarix fanining yordamchi 
ilm sohalaridan biri b o ‘lib, shuning uchun juda muhimki, hujjatlardagi 
qimmatli m a’lumotlar boshqa yozma manbalardagi tarix va tarixda o ‘tgan 
voqea, hodisalarni oydinlashtirishga, ularni tushunishga va hatto qayta 
k o ‘rib, yangi fikr, m ulohaza va tasaw urga olib kelishi mumkin.
Yurtimizning ko‘p asrlik tarixiga oid yozm a m anbalar qatorida yuz 
yoki yuz ellik mingdan ziyod hujjatlarni o'rganish, ulardagi qimmatli 
m a ’lumotlardan foydalanib, o ‘z tariximizning qorong‘i sahifalarini yoritish 
katta ilmiy ahamiyatga ega. Biz hujjat degan so‘zning ikki m a ’nosi borligini 
eslatmoqchimiz. Birinchisi — hujjat, dokum ent, akt m a ’nosida b o ‘lib, 
podshohlar, amirlar, xonlar, yirik davlat amaldorlari va qozilar nom idan 
bitilib, ularning shaxsiy dastxati va m u h r bilan tasdiqlangan hujjatlar. 
Bular ju d a kam hollarda asl nusxada uchraydi, aksariyat hollarda esa, 
ularning naql qilingan, qayta ko‘chirilgan nusxalari saqlangan. Ikkinchi 
m a ’nosi — o ‘tm ishdan qolgan hokim, davlat idoralari, xususiy shaxslarga 
tegishli maktublar, insholar, arznom a va qaydlarni bildiradi.
Respublikamizda yurtimiz tarixiga oid boy hujjatlar xazinalari b o ‘lib, 
mutaxassislar fikricha, ularda jami yuz ellik mingdan ziyod hujjat mavjud.
Hujjatlarning eng boy xazinasi 0 ‘zbekiston Respublikasi Markaziy 
Davlat arxivida b o ‘lib, ularning u m um iy soni yuz mingdan ko'pdir. Ular, 
asosan Qushbegi arxivi, Buxoro amirlari, Xiva xonlari, viloyatlar hokimlari 
d e v o n va m a h k a m a l a r i g a tegishli h u jja t, X V —X IX a srla rg a oid 
vaqfnomalardan iboratdir.
Abu Rayhon Beruniy nomidagi 0 ‘zbekiston F anlar akademiyasining 
Sharqshunoslik instituti qo'lyozm a xazinasida taxm inan o ‘n mingdan 
ziyod hujjat mavjud bo'lib, ular, asosan vaqfnomaiar, yorliqlar. savdo 
bitimlari, qarz vasiqalari, ijaraga oid tilxat, d a ’vo arizalar va boshqa turli 
m azm undagi rasmiy hujjatlarni tashkil qiladi. Ular 0 ‘rta Osiyo hududida 
yaratilgan.
Sam arqand, Buxoro, Xiva va boshqa viloyat va shaharlardagi muzey 
va arxivlarda ham bir necha ming hujjatlar saqlanmoqda.
1873-yili Xorazm Rossiya tom onidan zabt etilganidan so‘ng Xiva 
xoni devonidagi hujjatlar m o ‘tabar qo ‘lyozmalar qatorida Sankt-Peterburg 
shahriga olib ketilgan edi. Ancha m u d d atd an s o ‘ng, y a ’ni 1936-yili 
sharqshunos olim P.P.Ivanov Rossiya Milliy kutubxonasi — sobiq M.E. 
Saltikov-Shchedrin nomli Xalq Davlat kutubxonasida Xivadan olib 
ketilgan hujjatlarning bir qismi saqianayotganini aniqladi. Ular 137 ta 
hujjat edi. Keyinchalik M.Yu.YoMdoshev Rossiya Fanlar akademiyasining
26


Sharqshunoslik institutida to'qqizta hujjatni aniqlab, ularni o'rganib, nashr 
ctdi. Shunday qilib, jam i 155 ta Xiva hujjatlari chop etildi. Mazmuniga 
k o 'ra ularni ikki qismga: k irim -c h iq im qaydlari daftarlari (M e h ta r, 
Qushbegi, Devonbegiga tegishli) va xon amaldorlari nomlari qayd etilgan 
daftarlarga ajratish mumkin.
1967-yili Rossiya Milliy kutubxonasida yana uch m ingdan ko‘proq 
Xiva xonlari hujjatlari borligi aniqlandi va 1962-yili avval aniqlangan 
hujjatlar bilan birga Toshkentdagi O 'zbekiston Davlat arxiviga keltirildi. 
Bu hujjatlar, asosan, Xiva xoni n o m ig a yozilgan arzn o m alar, turli 
am aldorlarga m urojaatnom a, soliq yig‘ini t o ‘g ‘risida m a ’lum otnom a, 
yurtda olib borilgan turli tadbirlar, kanal qazish, turli t a ’mir ishlari 
to'g'risida edi.
Xiva hujjatlarining m a ’lum qismi 0 ‘zR FAning Abu Rayhon Beruniy 
nomidagi Sharqshunoslik instituti xazinasida h a m mavjud. Bu yerda t o ‘rtta 
qozixona faoliyatini qayd etgan daftarlar bo'lib, ularda qozixonalarda 
amalga oshiriigan tadbirlar — savdo, qarz, d a ’vo, vasiyat va boshqalar 
to'g'risida m a ’lum otlar bitilgan. Bu hujjatlarda Xiva xonligi hududiga 
kiruvchi Hazorasp, Qipchoq, M ang‘it, Q a ta g ‘on, Q o 'n g 'iro t, Shahobod, 
Toshovuzlarda amalga oshirgan ishlar zikri mavjud. Bu daftarlarda 1893— 
1912-yillarda tuzilgan 28205 ta hujjat qayd etilgan.
O 'z b ek isto n tarixiga oid hujjatlarni O .D .C h e x o v ic h , P.P.Ivanov, 
M.Y o'ldoshev, E.Yu.Bregel, T . N e ’matov, A.Shayxova va boshqa olimlar 
o'rganganlar. A m m o, ularning tadqiqotlari c h u q u r ilmiy xarakterga ega 
bo'lib, asarlari ancha vaqt ilgari chop qilingan, hozirgi kunda ular kamyob 
nashrlarga aylangan.
O ' z b e k i s t o n ta r ix ig a o id h u j j a t l a r n i o 'r g a n i s h m u a m m o l a r i
O .D .C hexovich tom onida n 1969-yili alohida m aqolada yoritilib, olima 
ularning o'ziga m a ’lum bo'lgan o 'ttiz to 'rt turi borligini qayd qilgan 
bo'lib, ularning nomlarini keltirgan. U lar quyidagilar:
1. O m o n n o m a — harbiy vaziyatda tin c h qo'yish va xavfsizligini 
t a ’minlash haqidagi hujjat; 2. Ariza — m urojaatnom a bilan t a ’minlash;
3. A h d n o m a — keiishuv; 4. Barot — soliq olish huquqini beruvchi hujjat;
5. V a q f n o m a — m a ’lu m m o l - m u l k n i v a q f q ilish , y a ’ni xayriya 
tashkilotlariga o'tkazish xususidagi hujjat; 6. Vasiyatnoma; 7. Vasiqa; 8. 
Vasiqai batot — savdo xususidagi vasiqa; 9. Vasiqai bahshish — tuhfa 
qilinganligi to'g'risidagi hujjat; 10. Vasiqai joiz — garov to'g'risida hujjat;
I I. Vasiqai ijoza — ijara to'g'risidagi hujjat; 12. D aftar — soliqlar haqidagi 
yoki a m a ld o r la r n om alari va m aoshlari qayd qilingan ro'yxat; i3. 
Inoyatnom a — tuhfa — oliy m ansabdor shaxs to m o n id a n berilgan hujjat;
27


14. Istimolatnoma — soliqni undirish haqidagi buyruq; 15. Kabola — 
savdo haqidagi (X—XVI asrlarga oid) hujjat; 8. M ahzar — janjal qaydi; 9. 
Manshur — farmon; 10. Misol — viloyatni boshqarish huquqini beradigan 
farmon; 19. M uboraknom a — hokim devoni buyrug'i yoki u t o ‘g ‘ridagi 
m a ’lumot; 20. Nishon — m anshur bilan bir m a ’nodagi hujjat; 21. Rivoyat
— muftiy tom onidan bahsli masala b o ‘yicha chiqarilgan yuridik qaror; 
22. Sulhnoma — sulh t o ‘g‘risidagi shartnoma; 23. Tilxat — qarz olinganligi 
t o ‘g ‘risidagi hujjat; 24. F ath n o m a — harbiy g'alaba to'g'risidagi e ’lon; 
25. Fatvo — rivoyat m a ’nosida; 26. Farm on; 27. Xatti vakolat; 28. Xatti 
d a ’vo, ariza; 29. Xatti nikoh — nikoh shartnomasi; 30. Xatti taraka — 
meros taqsimlash haqidagi hujjat; 31. Xatti ibro — qarzdan ozod qilish 
yoki d a ’vodan voz kechish to'g'risidagi hujjat; 32. Hukm — qozi yoki 
hokim hujjati; 33. H u k m n o m a — h u k m hujjati; 34. Yorliq — xon 
tom onidan lavozimga tayinlash haqidagi hujjat.
Ushbu darslikda huquqiy hujjatlar (podsho va xonlarning farmonlari, 
yorliqlar, inoyatnomalar, rahnomalar, vasiqalar, vaqfnomalar) haqida 
tushuncha berilib, ayrim namunalar taijimalari ham da rasmiy yozishmalar 
xarakteri, maktublarning qisqa mazm uni bayon qilingan.

Yüklə 6,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə