A b d u m a jid m a d r a im o V g a V h a r fu z a IL o V a manbashunoslik



Yüklə 6,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə136/187
tarix27.04.2023
ölçüsü6,96 Mb.
#107226
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   187
Madraimov A. Manbashunoslik

5.3.4. «Tarixnoma»
“T a r ix n o m a ” yoki “ Zayli Z a f a r n o m a ” ( “ Z a f a r n o m a ”ga q o 's h i m c h a ” ) 
deb ataladigan m u h im tarixiy asar muallifi Xoja T o ju d d in as-Salmoniydir. 
U yetuk xattot bo'lib, M uzaffariylar1 saroyida, d evoni inshoda xizmat
1 1 3 1 3 — 13 9 3 - y i l l a r d a F o r s , K i r m o n va K u r d i s t o n n i i d o r a q i l g a n s u l o l a . A s o s c h i s i
M u b o r i z i d d i n ibn M u z a f f a r (1 3 1 3 —1359).
197


qilgan. Amir T em u r Sherozni egallab, Muzaffariylar sulolasi barham topgandan 
keyin 1393-yili boshqa ilm ahli bilan Sam arq an d g a olib kelingan va saroy 
xizmatiga tayinlangan. 1409-yili mart oyida am irlar isyoni b artaraf etilgach, 
oliy hokim iyat S h ohruh M irzo Xoja T ojuddin as-S alm oniy uning amri 
bilan Hirotga olib ketiladi va oliy h u k m d o m in g topshirig‘i bilan o ‘zining 
m azk u r asarini yozishga kirishadi. Lekin, uni ta m o m la y olmaydi. O ra d a n
k o ‘p vaqt o 'tm a y , sarovda vazir F axruddinga qarshi uyushtirilgan fitnada 
qatnashganlikda ayblanib, qamalib qoladi va jazoga tortiladi.
Xoja Tojuddin as-Salmoniy m azkur asarida A m ir T e m u m in g so'nggi 
yillari va Shohruh M irzoning tarixini yozishni niyat qilgan edi. Lekin, taqdir 
taqozosi bilan maqsadiga erisha olmaydi. Faqat 1404— 1409-villar tarixini 
yozib bitirishga ulguradi,-xolos. Asarda 1404-yilda Xitoyga yurish oldidan 
Konigilda o'tgan katta tantanalar, shahzodalar U lug'b ek, Ibrohim Sulton, 
Ijil Mirzo, Sidi A h m ad , P irm u h a m m a d va Mirzo Boyqarolaming nikoh 
to'ylari, Xitoyga yurishning boshlanishi, hazrat sohibqironning 18-fevral
1405-yilgi vafotidan keyingi og'ir ahvol, Xalil Sultonning noqonuniy yo'l 
bilan oliy hokimiyatni egallab olish voqealari batafsi! bayon etiladi. Voqealar 
tafsiloti 1408-yil mart oyida Xalil Sultonning a m ir Xudoydod boshliq bir 
g u m h fitnachi amirlar tarafidan asir olinishi haqidagi hikoya bilan tugaydi.
Xoja Tojuddin as-Salmoniyning “Tarixnoma” asari bizning zamonimizgacha 
uch nusxada yetib kelgan. Ulardan biri suqutli va shu kunlarda Angliyaning 
muzeyida (Inv.№ 159) saqlanmoqda. Yana ikkitasi Turkiyada, Istanbuldagi 
Sulaymon Fotih (Inv.№ 4305) va Lala Ismoil afandi kutubxonalarida (lnv.№
304) saqlanadi. Birinchi nusxa suqutli, ikkinchisi to'Ia.
A sa r G . R . R y o m e r t o m o n i d a n n e m is tiliga 19 5 6 -y ili, Ismoil Aka 
to m o n i d a n 1988-yili turk tiliga va Z .M .B u n iv a to v t o m o n id a n 1991-yili 
rus tiliga erkin tarjim a qilingan.

Yüklə 6,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə