Bular Xoja kalonning otasidan qolgan meros mulki, xonlar va boy-badavlat
odam larning hayr-ehsonlari, shuningdek sotib olingan, zarxarid mulkdir.
Quyida ushbu to'plamdagi ayrim hujjatlar matni o ‘zbek tilida keltirildi,
toki talabalar ular to'g 'risida um um iy ta sa w u rg a ega bo'lsinlar.
4 .2 .2 . «Majmu’ayi vasoyiq»
“ M a j m u ’ayi v a s o y i q ” ( “ V a s i q a l a r t o ' p l a m i " ) — S a m a r q a n d
qozixonasiga tegishli va XVI asrning oxirida tuzilgan huquqiy hujjatlar,
vasiqalar to'plam idir. U nda j a m ’i 735 ta hujjat bo'lib,
xronologik jihatdan
1588— 1591 -yillarni o'z ichiga oladi. Ushbu hujjatlar turli ijtimoiy-iqtisodiy
masalalar, m eros taqsimlash, kasb-hunar, shogirdlik bilan bog'liq, savdo
d o 'k o n la r i, yer-suv va hovli-joyni ijaraga q o 'y ish
kabi masalalarni
rasmiylashtirishga bag'ishlangan. Hujjatlarning yana bir m uhim tom oni
shundaki, ularda XVI asrda S am arqandda am alda bo'lgan kasb-hunarlar:
zargarlik, kulolchilik, rangrezlik, a tto rlik ,
kim uxgarlik, chitboflik,
sangtaroshlik, shamshirgarlik, qog'oz ishlab chiqarish, zardo'zlik, sarrojlik,
duradgorlik, kulohgarlik, sahhoflik-muqovasozlik, xattotlik, kitobfurushlik
va to 'q so n d a n ortiq kasb-hunar haqida m a ’lumot mavjud.
“ M a j m u ’ayi v as o y iq ” ning yaxshi q o 'ly o z m a s i h o z ird a 0 ‘z R F A
S h a r q s h u n o s l i k i n s t it u t in in g x a z in a s id a 1386
ta r t ib ra q a m i bilan
saqlanmoqda. Hujjatlarning bir qismi rus va o'z bek tillariga tarjima qilinib,
chop etilgan. A bdura uf Fitrat va V.S.Sergeev ulardan faqat 36 nafarini
tanlab olib rus tiliga tarjima qilganlar va 1937-yili T oshkentda nashr
etganlar. H u jja tla rd a n 237 tasi, y a ’ni t a x m in a n u c h d a n b ir qismi
sharqshunos oiim B.Ibrohimov (1908— 1978-yy.) tarafidan o'rganilib,
o'z bek tiliga tarjima qilingan edi. Bu ish 1982-yili B.Ahmedov, O.Jalilov,
M .K arimova, T.Fayziyev va G .O stonova tarafidan nashrga tayyorlandi
va chop etildi. U ndan ayrim n am unala r quyida keltirildi.
Dostları ilə paylaş: