A. I. Oparin fikriga ko‘ra, oqsil molekulalari kolloid birikmalarni hosil qilgan. Bu birikmalar suvdan ajralib turadigan koatservat tomchilari (koatservatlar)ni hosil qiladi



Yüklə 9,27 Mb.
səhifə22/30
tarix29.04.2022
ölçüsü9,27 Mb.
#86128
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   30
imtixon javoblari 10 sinf

24-BILET

  1. Biologik polimerlarning qanday guruhlarini bilasiz?

Hayotning molekula darajasi biologik molekulalar – DNK, RNK, ATF,oqsillar, uglevodlar, lipidlar faoliyatida namoyon bo‘ladi. Bu moddalar qaysi turga mansubligidan qat’i nazar barcha tirik organizmlar hujayralari uchun umumiy tuzilishga ega. Yuqori molekular moddalar – oqsillar, nuklein kislotalar,polisaxaridlar bio-polimerlar hisoblanadi. Biopolimerlar monomerlarning o‘zaro birikishidan hosil bo‘ladi. Polimerlar ikki guruhga bo‘linadi. Bir xil tipdagi monomerlardan tuzilgan polimerlar (glikogen, kraxmal, selluloza) gomopolimerlar, har xil tipdagi monomerlardan tuzilgan polimerlar (oqsillar,nuklein kislotalar) geteropolimerlar deyiladi.

2. Fotosintez jarayonini tushuntiring.



Fotosintez. Fototrof organizmlarga xlorofi ll pigmentiga ega organizmlar,yashil o‘simliklar, lishayniklar va ayrim bakteriyalar kiradi. Yashil o‘simliklar hujayrasidagi xloroplastlarda to‘plangan xlorofi ll pigmenti yordamida yorug‘lik energiyasi kimyoviy energiyaga aylanadi. Yorug‘lik energiyasi hisobiga organik birikmalar sintezlanishi fotosintez deyiladi. Barcha tirik organizmlarning hayotiy faoliyati fotosintez jarayoni bilan bevosita yoki bilvosita bog‘liq. Fotosintez natijasida avtotrof organism hujayralarida hosil bo‘lgan organik moddalar, birinchi navbatda shu organism hujayralari hamda barcha geterotrof organizmlar uchun oziqa va energiya manbayidir.



Fotosintez jarayonini quyidagi umumiy formula orqali ifodalash mumkin:

6CO2 + 6H2O + quyosh energiyasi → C6H12O6 + 6O2

Xlorofi ll pigmenti o‘ziga xos kimyoviy tuzilishga va yorug‘lik kvantlarini ushlab qolish xususiyatiga ega. Fotosintez jarayoni hujayraning fotosintez qiluvchi tuzilmalarida ikki bosqichda o‘tadi:yorug‘lik va qorong‘ilik bosqichlari.Yorug‘lik bosqichi xloroplastlarning tilakoidlarida kechadi. Bunda boshlang‘ich mahsulotlar sifatida yorug‘lik energiyasi, suv,ADF, xlorofi ll ishtirok etadi.Yorug‘lik kvantlari – fotonlar xlorofi ll molekulasi elektronlarini qo‘zg‘atadi. Elektronlar energiyasi hisobiga ADF va fosfat kislotadan ATF sintezlanadi. Ya’ni yorug‘lik energiyasi ATFning kimyoviy energiyasiga aylanadi. Elektronlar energiyasining bir qismi vodorod (H+) ionlarini vodorod atomlariga aylantirishga sarfl anadi.Natijada suv fotolizga uchraydi.


Yorug‘lik energiyasi ta’sirida suvning parchalanishi fotoliz deyiladi. Hosil bo‘lgan vodorod atomlari NADF (nikotinamidadynindinukleotidfosfat) molekulalari – akseptorlarga birikib, energiyaga boy NADF·H hosil bo‘ladi. OH– (gidroksil) ionlari elektronlarini xlorofi ll molekulasiga uzatib, OH radikallariga aylanadi, radikallarning o‘zaro ta’sirlashuvidan suv va molekular kislorod hosil bo‘ladi. Fotosintez jarayonining yorug‘lik bosqichida oxirgi mahsulotlar sifatida O2, ATF, NADF·H hosil bo‘ladi. Molekular kislorod atmosferaga chiqariladi,energiyaga boy ATF va NADF·H qorong‘ilik bosqichi reaksiyalariga sarfl anadi.Fotosintezning qorong‘ilik bosqichi xloroplastlarning stroma qismida amalga oshadi, bunda boshlang‘ich mahsulotlar sifatida CO2, ATF, NADF·H qatnashadi. NADF molekulasi tarkibidagi H atomlari va CO2 molekulalari ATF energiyasi hisobiga birikib, birlamchi uglevod – glukoza sintezlanadi. Fotosintez jarayonida hosil bo‘lgan birlamchi uglevodlar bir qator reaksiyalar natijasida boshqa organik moddalarga, ya’ni aminokislota va yog‘ kislotalarga aylanadi, ulardan esa oqsil va lipidlar sintezlanadi. Bu organic moddalar oziq zanjiri orqali geterotrof organizmlarga o‘tadi. Fotosintezda atmosferaga ajralib chiqqan erkin kislorod esa aerob organizmlarning nafas olishi uchun sarfl anadi. Yoqilg‘i sifatida foydalaniladigan ko‘mir, neft, gaz, torf kabi qazilma boyliklar million yillar avval yashagan qadimgi o‘simliklarning qoldiqlaridan hosil bo‘lgan.

Xloroplastning tuzilishi.



3. Tekshirishlar natijasidai-RNK tarkibida 34 % guanin, 18 % uratsil, 28 % sitozin, 20% adenine borligi aniqlandi. Mazkuri-RNK uchun matritsa bo‘lgan DNK tarkibidagi nukleotidlarning % larini aniqlang.

Ishlanishi: 1) U-18 %, S-28%, A-20 %, G-34 %

2) DNK ning 1 ta ipidagi N larni topamiz: N= U+S+A+G

N=18+28+20+34=100

3) 100*2=200

4) i-RNK dagi U=T DNK dagi A=U*2=36%, G=S*2=56%, T=A*2=40%,S=G*2=68%

Javob: DNK tarkibidagi nukleotidlarning A=36%,G=56%,T=40%,S=68%


Yüklə 9,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə