A. I. Oparin fikriga ko‘ra, oqsil molekulalari kolloid birikmalarni hosil qilgan. Bu birikmalar suvdan ajralib turadigan koatservat tomchilari (koatservatlar)ni hosil qiladi



Yüklə 9,27 Mb.
səhifə2/30
tarix29.04.2022
ölçüsü9,27 Mb.
#86128
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30
imtixon javoblari 10 sinf

Darajalar

Komponentlar

Jarayonlar

molekula

oqsillar,

nuklein kislotalar, lipidlar va uglevodlar



irsiy axborotning saqlanishi, ko‘payishi,

o‘zgarishi hamda moddalar va energiya almashinuvi bilan bog‘liq



hujayra

hujayraning tarkibiy qismlari: membrana,

sitoplazma va uning organoidlari, yadro



organoidlarining tuzilishi, funksiyalari, bo‘linishi, hujayrada kechadigan

biokimyoviy jarayonlar, hujayra tomonidan energiyaning o‘zlashtirilishi,

to‘planishi va sarfl anishi


to‘qima

Hayvonlarda epiteliy, muskul, biriktiruvchi va nerv to‘-

qima lari mavjud.

O‘simliklarda esa hosil qiluvchi, qoplovchi, asosiy, mexa nik,

o‘tkazuvchi to‘qimalar bo‘ladi.



Hayotning to‘qima darajasida hujayra larning

ixtisoslashuvi bilan bog‘liq jarayonlar o‘rganiladi



organ

Organ bu ma’lum tuzilish, shaklga ega, muayyan

funksiyani bajaradigan hamda aniq bir joyda joylashgan organizmning bir

qismidir.O’pka,yurak,jigar,oshqozon,buyraklar…..


Organlar bir necha xil to‘qimalardan tashkil topgan bo‘lib, organning

bajaradigan vazifasi to‘qimalar faoliyati bilan bog‘liq.



organizm

Organizm mustaqil hayot kechiradi gan,

o‘z-o‘zini idora eta oladigan, o‘z-o‘zini yangilay oladigan bir yoki ko‘p hujayrali

yaxlit biologik tizimdir. Organizmlar bir va ko‘p hujayrali bo‘ladi.


Hayotning

organizm darajasi moddalar va energiya almashinuvi, ta’sirlanish, o‘sish,

rivojlanish, ko‘payish, hayotiy jarayonlarning nerv-gumoral boshqarilishi,

moslanish, xulq-atvor, umri davomiyligi kabi xususiyatlarni o‘rganadi. Har bir

tirik organizm individ hisoblanib, uning evolutsiyaga qo‘shadigan hissasi nasl

qoldirish va o‘zgaruvchan muhit sharoitiga moslanishdan iborat.



populatsiya, tur

Tur ma’lum

arealga ega o‘zaro erkin chatisha oladigan, ayrim belgi va xossalari bilan

shu turning boshqa populatsiyalaridan farq qiladigan, nisbatan alohidalashgan

populatsiyalar yig‘indisidir. Hayotning bu darajasi populatsiya zichligi,

individlar soni, ko‘payish tezligi, yashovchanlik, jinsiy va yosh bilan bog‘liq

tarkibi kabi belgilar bilan ta’rifl anadi.



Hayotning bu darajasida tur doirasida

individlar o‘rtasidagi munosabatlar, populatsiya dinamikasi, populatsiya

genofondining o‘zgarishlari, tur hosil bo‘lish jarayonlari sodir bo‘ladi.

Populatsiya evolutsiyaning boshlang‘ich birligi hisoblanadi.



biogeosenoz (ekosistema)

o‘simlik, hayvon, zamburug‘, bakteriya

turlarining yig‘indisi biogeosenoz yoki ekosistema deyiladi.



Bu xususiyatlar moddalar va

energiyaning davriy aylanishi, ekosistemalarning o‘z-o‘zini boshqarishi,

tirik organizmlarning muhit omillari bilan dinamik muvozanati, mavsumiy

o‘zgarishlar



biosfera

Biosfera yerdagi hayotning barcha ko‘-

rinishlarini qamrab olgan, tiriklikning eng yuqori tuzilish darajasidir.



Biosfera

darajasini tashkil etuvchi komponentlar biogeosenozlar hisoblanadi. Hayotning

bu darajasida moddalar va energiyaning global davriy aylanishi, insonning

xo‘jalik va madaniy faoliyati




2-BILET

1.Retrotronspozon va retropozonlarga ta'rif bering.

Retrotranspozonlar – DNK ning bir bo‘lagi bo‘lib, ular tuzilishi jihatidan RNK-tutuvchi viruslarni eslatadi. Bunday elementlar o‘zlaridan teskari transkriptaza yordamida o‘z nusxasini sintezlab, bu nusxani DNKning boshqa

joyiga ko‘chib o‘tishi (insersiyalanishi)ni ta’minlaydi. Ko‘chish davomida retrotranspozonlarning eski nusxasi o‘z joyida qoladi va faqat ularning nusxasigina ko‘chiriladi. Natijada DNK miqdor jihatdan ko‘payadi. Uchinchi turdagi ko‘chib yuruvchi elementlar – retropozonlar deb ataladi.Retropozonlar – ko‘chish mexanizmi bo‘yicha retro transpozonlarga

o‘xshaydi, ya’ni ularni nusxalari sintezlanib, boshqa joyga ko‘chadi. Biroq asosiy farq ular tuzilishi jihatidan viruslarga mutlaqo o‘xshamaydi va nusxa ko‘chirish uchun o‘zlarida teskari transkriptaza fermentiga ega emas.

Bu uch turdagi ko‘chib yuruvchi elementlar organizmlar genomining ko‘p miqdorini tashkil qiladi. O‘simliklar genomining qariyb 50 foizi transpozon,retrotranspozon va retropozonlardan tashkil topgan. Masalan, makkajo‘xori

donlarida antotsian (qizil) pigmentning paydo bo‘lib yo‘qolishi antotsian rangni beruvchi gen ichidagi transpozonning ko‘chishi bilan izohlanadi.

2.Biokimyoviy evolutsiya nazariyasini izohlang.

Hayotning anorganik moddalardan abiogen molekular evolutsiya natijasida hosil bo‘lishi to‘g‘risidagi nazariya rus olimi A. I. Oparin (1924) va ingliz olimi J. Xoldeyn (1929) tomonidan yaratilgan.

Tabiatshunoslar fi kriga ko‘ra, Yer bundan taxminan 4,5–5 milliard yillar oldin paydo bo‘lgan. Dastlab Yer changsimon holatda, harorati juda yuqori (4000–8000°C) bo‘lgan. Asta-sekin sovish jarayonida og‘ir elementlar

sayyoramizning markaziga, yengillari esa periferik qismiga joylasha boshlagan.Yerda eng qadimgi oddiy tirik organizmlar taxminan 3,5 milliard yil avval paydo bo‘lgan deb taxmin qilinadi. Hayot avval kimyoviy, keyin esa

biologik evolutsiyaning mahsulidir.Kimyoviy evolutsiya. Taxmin qilinishicha, Yerning birlamchi atmosferasi

tarkibi suv bugʻlari, erkin vodorod, karbonat angidrid, qisman metan, vodorod sulfi d, ammiak va boshqa gazlardan iborat boʻlgan. Quyoshdan keladigan ultrabinafsha va rentgen nurlar, chaqmoqning kuchli elektr zaryadi, yuqori

harorat taʼsirida gazlardan birmuncha murakkab birikmalar sintezlangan. Shu tarzda oddiy organik birikmalar: uglevodlar, aminokislotalar, azotli asoslar va organik (sirka, chumoli, sut) kislotalar hosil boʻlgan.Matritsali sintez jarayoni paydo bo‘lishi bilan kimyoviy evolutsiya o‘z o‘rnini biologik evolutsiyaga bo‘shatib bergan. Hayotning rivojlanishi endi

biologik evolutsiya yo‘li bilan davom etgan.Dastlabki tirik organizmlar – protobiontlar, geterotrof bo‘lgan, ya’ni tayyor

organik moddalar bilan oziqlangan. Atmosferada erkin kislorod bo‘lmagani uchun hayotiy jarayonlar anaerob usulda kechgan. Abiogen sintez juda sekin kechgani uchun organik moddalar zaxirasi kam bo‘lgan. Evolutsiya

jarayonida tabiiy tanlash ta’sirida avtotrof organizmlar kelib chiqqan. Fotosintez xususiyatiga ega organizmlar – birlamchi ko‘k-yashil suvo‘tlarining kelib chiqishi eng yirik aromorfozlardan biri hisoblanadi.

3.Jadvalni to‘ldiring:




Yüklə 9,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə