A. I. Oparin fikriga ko‘ra, oqsil molekulalari kolloid birikmalarni hosil qilgan. Bu birikmalar suvdan ajralib turadigan koatservat tomchilari (koatservatlar)ni hosil qiladi



Yüklə 9,27 Mb.
səhifə8/30
tarix29.04.2022
ölçüsü9,27 Mb.
#86128
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   30
imtixon javoblari 10 sinf

11-BILET

  1. Kislorodli parchalanish bosqichidagi reaksiyalarni tushuntiring.

Aerob organizmlarda glikolizdan so‘ng energetik almashinuvning oxirgi bosqichi – kislorodli parchalanish sodir bo‘ladi. Bunda glikoliz jarayonida hosil bo‘lgan moddalar metabolizmning oxirgi mahsulotlari (CO2 va H2O)gacha parchalanadi. Bunda 2 molekula sut kislotadan 36 molekula ATF, 42 molekula H2O va 6 molekula CO2 hosil bo‘ladi.

2C3H6O3+6O2+36ADF+36H3PO4=6CO2+42H2O+36ATF

Kislorodli bosqichda 2 molekula sut kislotasining to‘liq parchalanishi natijasida 2600 kJ energiya ajralib chiqadi. Shundan 1440 kJ energiya ATFning fosfat bog‘lariga bog‘lanadi. Qolgan 1160 kJ energiya issiqlik sifatida tarqalib ketadi. Hujayradagi energetik almashinuv reaksiyalarining yig‘indisi quyidagicha:

C6H12O6+6O2+38ADF+38H3PO4= 6CO2+44H2O+38ATF

Demak, 180 g glukozaning to‘liq oksidlanishi natijasida ajraladigan 2800 kJ energiyaning 1520 kJ hujayrada ATF shaklida to‘planadi.


  1. Moddalar almashinuvi jarayonini mohiyati nimada?

Moddalar almashinuvi organizm va tashqi muhit o‘rtasida to‘xtovsiz sodir bo‘ladigan, tirik organizmlarning o‘sishi, hayot faoliyati, ko‘payishini ta’minlaydigan kimyoviy o‘zgarishlar majmuyidir. Tirik organizmlar o‘z hujayralari uchun zarur organik birikmalarni sintezlash, kimyoviy tarkibining doimiyligini saqlash uchun tashqi muhitdan zarur moddalarni oziq sifatida o‘zlashtiradilar. Bu moddalar hujayraga xos bo‘lgan biologik moddalarni sintezlash va hujayrani energiya bilan ta’minlash uchun sarfl anadi.Moddalar almashinuvining hujayradagi muhim funksiyalaridan biri hujayrani qurilish materiali bilan ta’minlashdir. Moddalar almashinuvi jarayonida tirik organizm hujayralari hayot faoliyatining doimiyligi, ya’ni gomeostazni saqlash uchun hujayra strukturalari bo‘lgan membranalar va organoidlar tarkibiga kiradigan oqsillar, lipidlar, uglevodlarni sintezlaydi.Hujayraning tuzilishi hamda tarkibining yangilanib turishini ta’minlaydigan biosintetik reaksiyalar yig‘indisi plastik almashinuv (assimilatsiya, anabolizm) deb ataladi.Moddalar almashinuvining hujayradagi yana bir muhim funksiyasi hujayrani energiya bilan ta’minlashdir. Organizm hayot faoliyatining har qanday ko‘rinishi, ya’ni harakatlanish, ta’sirlanish, oziqlanish, to‘qima va organlar faoliyati, tana haroratining doimiyligini saqlash energiya sarfl ashni talab etadi. Hujayrani energiya bilan ta’minlash uchun organik moddalarning parchalanishi va kimyoviy reaksiyalar natijasida ajralib chiqadigan energiyadan foydalaniladi. Hujayrani energiya bilan ta’minlab beradigan reaksiyalar yig‘indisi energetik almashinuv (dissimilatsiya, katabolizm) deb ataladi.Hujayra hayot faoliyatining doimiyligini saqlashni ta’minlovchi plastic va energetik almashinuv reaksiyalari yig‘indisi metabolizm, metabolism mahsulotlari esa metabolitlar deyiladi.Plastik almashinuv bilan energiya almashinuvi bir-biri bilan chambarchas bog‘langan. Plastik almashinuv reaksiyalari uchun zarur energiya manbayi ATF energetik almashinuv reaksiyalarida hosil bo‘ladi. Energetik almashinuv reaksiyalarining yuzaga chiqishi uchun zarur fermentlar plastik almashinuv reaksiyalarida sintezlanadi. Plastik va energiya almashinuvlar orqali hujayra tashqi muhit bilan bog‘lanadi. Bu jarayonlar hujayra hayoti davom etishining asosiy sharti, uning o‘sishi, rivojlanishi va funksiyalarini yuzaga chiqarish manbayidir. Tirik hujayra ochiq sistema sanaladi, chunki hujayra bilan atrof-muhit o‘rtasida moddalar bilan energiya tinmay almashinib turadi

.3. DNK molekulasi 4000 nukleotiddan iborat. Shu DNK molekulasining uzunligini aniqlang.

Echilishi: N soni 4000 ta N*0,34 nm ga teng

DNK L=4000:2 * 0,34 nm = 680 nm

Javob: DNK molekulasining uzunligini 680 nm


Yüklə 9,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə