A. I. Oparin fikriga ko‘ra, oqsil molekulalari kolloid birikmalarni hosil qilgan. Bu birikmalar suvdan ajralib turadigan koatservat tomchilari (koatservatlar)ni hosil qiladi



Yüklə 9,27 Mb.
səhifə4/30
tarix29.04.2022
ölçüsü9,27 Mb.
#86128
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30
imtixon javoblari 10 sinf

180 gr--------2800 kJ

675 gr------- ?

X= 2800 x 675 = 10500 kJ energiya hosil bo’ladi.

180

Javob:10500 kJ energiya hosil bo’ladi.



6-BILET

  1. Organizmlarning jinssiz ko'payishini tushuntiring.

Jinssiz ko‘payish. Jinssiz ko‘payish tabiatda keng tarqalgan bo‘lib, bir hujayrali va ko‘p hujayrali organizmlarda kuzatiladi.

Jinssiz ko‘payishga xos xususiyatlar: ko‘payishda faqat bitta ona organism ishtirok etadi, somatik hujayralar yordamida amalga oshadi, mitoz jarayoniga asoslangan, hosil bo‘lgan yangi organizm ona organizmning genetik jihatdan

aynan nusxasi bo‘ladi.



  1. Genlarning birikkan holda irsiylanishini izohlang.

T. Morgan qonuni quyidagicha tavsifl anadi: bitta xromosomada joylashgan genlar birikish guruhlarini hosil qiladi va nasldan naslga birikkan holda o‘tadi.Ularning birikish ehtimoli shu genlar orasidagi masofaga teskari proporsionaldir.

Genlar orasidagi masofa morganida deb ataladigan birlik bilan ifodalanadi;1 morganida 1% krossingover kuzatiladigan genlar orasidagi masofaga teng.Biz yuqorida ko‘rib chiqqan misolimizdagi ikkita gen orasidagi masofa

17 morganidaga teng.Belgilarning birikkan holda irsiylanishi, krossingover hodisasiga asoslanib T.Morgan o‘z shogirdlari bilan irsiyatning xromosoma nazariyasini yaratdi.Uning mazmuni quyidagicha:

– genlar xromosomalarda ma’lum bir chiziqli ketma-ketlikda joylashadi;

– har bir gen xromosomada o‘z o‘rni (lokus)ga ega; allel genlar gomologik xromosomalarning aynan bir xil lokuslarida joylashadi;

– bitta xromosomada joylashgan genlar birikish guruhini hosil qilib,birgalikda irsiylanadi; birikish guruhlari soni xromosomalarning gaploid to‘plamiga teng va har bir tur uchun doimiydir.

– krossingover jarayonida genlarning birikishi buzilishi mumkin, bunda rekombinant xromosomalar hosil bo‘ladi; krossingover chastotasi genlar orasidagi masofaga bog‘liq: masofa qanchalik uzoq bo‘lsa, krossingover

shuncha ortadi;

– rekombinatsiya foizi asosida genlar orasidagi masofa aniqlanadi, bu esa xromosomalar xaritasini tuzishga imkon beradi.

Bu sohadagi tadqiqot natijalari xromosomaning genetik va sitologik xaritasini yaratish imkonini vujudga keltirdi. Ma’lum birikish guruhga kirgan genlarning joylashish tasviri genetik xarita deyiladi. Genetik xaritada organizmning har bir birikish guruhi alohida tasvirlanadi va ularda joylashgan genlarning qisqartirilgan nomi beriladi, genlar orasidagi masofa krossingover foizlari natijalariga qarab belgilanadi.



3. Jadvalni to‘ldiring.


Yüklə 9,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə