A. I. Oparin fikriga ko‘ra, oqsil molekulalari kolloid birikmalarni hosil qilgan. Bu birikmalar suvdan ajralib turadigan koatservat tomchilari (koatservatlar)ni hosil qiladi



Yüklə 9,27 Mb.
səhifə3/30
tarix29.04.2022
ölçüsü9,27 Mb.
#86128
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30
imtixon javoblari 10 sinf

Biologik qonunlar

Kim kashf etgan

Qonunning mohiyati

Biogenetik qonun

Karl Ber

Binobarin, har bir hayvonning embrional rivojlanishda oldin katta, pirovardida esa kichik sistematik birliklarga xos belgilar rivojlanadi. Boshqacha aytgan da, embrional rivojlanishda tarixiy rivojlanishning qisqacha takrorlanishi hamda belgilarning umumiylikdan xususiylikka tomon ajralishi ro‘y beradi. Bu biogenetik qonun deb ataladi. Biogenetik qonun hayvonot dunyosida o‘z ifodasini topadi. Masalan, baqa itbalig‘i suvda ham quruqlikda yashovchilarning ajdodlari bo‘lmish baliqlarning rivojlanish bosqichini takrorlaydi. Biogenetik qonun o‘simliklarga ham taalluqlidir.

Embrionlarning o‘xshashlik qonuni

Karl Ber

Lekin shaxsiy rivojlanishda organizmlar tarixiy rivojlanishning barcha bosqichlari emas, balki ayrimlari takrorlanadi, boshqalari tushib qoladi. U ajdodlar tarixiy rivojlanishi million yillar davom etganligi; shaxsiy rivojlanish esa juda qisqa muddatda o‘tishi bilan izohlanadi. Ikkinchidan, ontogenezda ajdodlarning yetuk formalari emas,balki faqat embrion bosqichlari qaytariladi.

Filoembriogenez nazariyasi

rus olimi A. N. Seversov

Ma’lumki, mutatsion o‘zgaruvchanlik individ embrion rivojining har xil bosqichlarida sodir bo‘ladi.Foydali mutatsiyaga ega organizmlar yashash uchun kurash, tabiiy tanlanishda g‘olib kelib, foydali mutatsiyalarni nasldan naslga berib, oqibatda fi logenez borishini o‘zgartiradi. Masalan, sudralib yuruvchilar terisida epitelial va uning ostidagi biriktiruvchi to‘qima ujayralari rivojlanib, tangachalar hosil qiladi.Sutemizuvchilarda esa epitelial va biriktiruvchi to‘qima hosilalari rivojini o‘zgartirib, teri orasida soch xaltasini ivojlantiradi.

3-BILET

1. Gen mutatsiyalarini qanday turlarini bilasiz? Tranzitsiya va transversiyaga ta'rif bering.

Gen mutatsiyalari. Gen mutatsiyasi molekular darajada ro‘y beradi.Gen mutatsiyasi ko‘p hollarda fenotipda yangi belgini rivojlantiradi. Gen mutatsiyalari nukleotidlarning soni ortishi, o‘rin almashishi bilan kechadi.

DNKdagi nukleotidlarning o‘rin almashishi ikki xil:a) bir purin azotli asosining ikkinchi purin azotli asosi yoki bir pirimidin

azotli asosining ikkinchi pirimidin azotli asosi bilan almashishiga tranzitsiya deyiladi;b) purin asosining pirimidin asosi bilan aksincha, pirimidin asosining purin bilan almashishi transversiya deb nomlanadi.Lizin aminokislotasining kodi AAA dan UAA ga o‘zgarishi, glutamin kodi CAGdan UAGga o‘zgarishi mumkin (57-rasm). Har qanday aminokislota

kodini mutatsiya tufayli terminator UAG kodiga o‘zgarishi polipeptid zanjiri sintezini ertaroq tugallanishiga olib keladi.

Geterozigota organizmda paydo bo‘lishiga qarab ikkiga bo‘linadi:1. Dominant mutatsiyalar. 2. Retsessiv mutatsiyalar.

Dominant mutatsiyalarga polidaktiliya (ortiqcha barmoqlilik), katarakta (ko‘z shoxpardasining xiralashuvi), braxidaktiliya (kalta barmoqlilik) kabilar misol bo‘ladi. Retsessiv mutatsiyalarga gemofi liya, daltonizm, tug‘ma karlik,

albinizm kabilar misol bo‘ladi.Agar mutatsiya dominant bo‘lsa, birinchi avlodni o‘zidayoq yuzaga chiqadi.

Retsessiv bo‘lsa, ikkinchi yoki undan keyingi avlodlarda paydo bo‘lishi mumkin.Mutatsiyalarning kelib chiqish sabablariga ko‘ra: spontan va indutsirlangan mutatsiyalarga ajratiladi. Spontan mutatsiyalarni keltirib chiqaruvchi sabab

aniq emas, ular o‘z-o‘zidan paydo bo‘ladigan mutatsiyalardir. Atrof-muhitda mutagen omillar ko‘p bo‘lsa, ular spontan mutatsiyalarni bir necha martaga oshirib yuboradi.Indutsirlangan mutatsiyalar (keltirib chiqarilgan mutatsiyalar) inson tomonidan ma’lum maqsadlarda hosil qilinadi. Bunday mutatsiyalarni keltirib chiqaruvchi mutagenlar 3 guruhga ajratiladi: fi zik (radioaktiv nurlar, rentgen nurlari, harorat);kimyoviy (organik va anorganik moddalar); biologik (viruslar, toksinlar).
2.Ch. Darvin va J.B. Lamarkning evolutsion nazariyalari orasida qanday farq mavjudligini asoslang.

Ch. Darvin organik olam evolutsiyasiga oid ko‘plab dalillarni keltirdi va o‘zidan oldin yashab o‘tgan va zamondoshlarining bu sohadagi tadqiqot natijalari, fi kr-mulohazalarini bayon etdi. Olim organik olam evolutsiyasining harakatlantiruvchi kuchlari: irsiyat, o‘zgaruvchanlik, yashash uchun kurash va tabiiy tanlanish ekanligini e’tirof etdi.

Organik olam evolutsiyasi haqidagi naza riyani birinchi marta fransuz tabiatshunosi Jan Batist Lamark (1744–1829) yaratdi (86-rasm). U «umurtqa sizlar» va «biologiya» atamalarini fanga birinchi bo‘lib kiritdi. Lamarkning evolutsiyaga doir fi krlari «Zoologiyaga kirish», (1801) va «Zoologiya falsafasi», (1809) nomli asarlarida bayon etilgan.Lamark turlar o‘zgarmaydi, degan g‘oyaga tanqidiy ko‘z bilan qaragan va evolutsion ta’limotni targ‘ib qilgan. Lamark fi kricha, sinf, turkum, avlod, tur kabi sistematik kategoriyalar sun’iy, real emas. Tabiatda faqat individlar real deb hisoblagan.


  1. O‘zbekistonda gen muhandisligi va biotexnologiya yutuqlari haqida ma'lumot bering.

Gen muhandisligiga bag‘ishlangan tadqiqotlar O‘zbekistonda 1980-yillarning boshlarida akademik O. S. Sodiqov tashabbusi bilan boshlangan. O‘zbe

kis tondagi bu tadqiqotlarning bevosita rahbari akademik A. A. Abduka rimov bo‘lib, 1980-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasida tashkil

qilingan gen muhandisligi va biotexnologiyasi laboratoriyasida transgen g‘o‘za navlari yaratish ustida qator ilmiy fundamental tadqiqotlar olib borildi.

1992-yili Birinchi Prezidentimiz I. A. Karimovning bu laboratoriyaga tashrifi davomida g‘o‘za genlar muhandisligini yanada rivojlantirish va uni dunyo

fani darajasiga ko‘tarish hamda sohaga malakali yosh kadrlarni jalb qilish va tayyorlash maqsadida, sohaning maqsadli moliyalashtirishga berilgan bevosita

ko‘rsatmalari O‘zbekistonda genlar muhandisligini jadal rivojlanishiga asosiy turtki bo‘ldi.

Respublikamiz Birinchi Prezidenti I. Karimov tashabbusi bilan Fanlar akademiyasi tarkibida Genetika institutining tashkil topishi, hukumat qarori

bilan gen muhandisligining taraqqiyotini belgilovchi «Geninmar» ilmi dasturining tasdiqlanishi, Fan va texnika Davlat qo‘mitasi va O‘zbekiston

Respublikasi Fanlar Akademiyasi birgalikda Gen muhandisligi markazi – «Geninmar» markazining tashkil etilishi mamlakatimizda gen muhandisligiga

asoslangan biotexnologiyalar yaratish imkonini berdi.Ushbu ilmiy markaz xodimi I. Abdurahmonov paxta tolasining uzunligini

belgilaydigan va g‘o‘zaning gullashini boshqaradigan genlar oilasini AQSH Texas qishloq xo‘jaligi va mexanika universiteti biotexnologiya markazi

olimlari bilan hamkorlikda ilk bor ajratib oldi. Shuning bilan paxta tolasi sifatini yaxshilashga yo‘naltirilgan biotexnologiyaga asos solindi. Professor

Sh. S. Azimova rahbarlik qilayotgan laboratoriya olimlari gen va hujayra muhandisligi usullarini qo‘llab, xalqimizda «sariq kasallik» deb ataluvchi jigar

uchun xavfl i bo‘lgan gepatit B xastaligini tashxis qilish va bu xastalikning oldini olish uchun zarur vaksina yaratish bo‘yicha ilmiy loyihalarni muvaff aqiyatli

yakunladilar.Biologiya fanlari doktori R. S. Muhamedov, yetakchi ilmiy xodim B. Irisbo yevlar rahbarlik qilayotgan ilmiy guruh PCR texnologiyasini qo‘llab,

o‘nlab xavfl i yuqumli va irsiy kasalliklarning gen muhandisligi tashxisi biotexnologiyasini keng tatbiq qilishdi. Respublika kardiomarkazi bilan hamkorlikda kardiomiopatiya kasalligining irsiylanish qonuniyatlari o‘rganilmoqda (B. Irisboyev, G. Hamidullayeva).Adliya vazirligining Sud tibbiyoti ekspertizasi instituti «Geninmar» markazi bilan hamkorlikda gen daktiloskopiya (gen daktiloskopiya – genning DNK izchilligi va genlar spektriga binoan noma’lum shaxsni aniqlash) usulini tatbiq

etdilar va yanada takomillashtirdilar (R. S. Muhamedov va A. Ikromov).Professor O. T. Odilova tuproq va yerosti suvlarida to‘planib qolgan pestitsid

qoldiqlarini parchalab zararsizlantiruvchi pseudomonas bakteriyasi shtammidan shu funksiyalarini bajaruvchi genlar guruhini g‘o‘za tomiri tolachalari sathida

yashovchi rizosfera bakteriyasiga ko‘chirib o‘tkazdi. Bu tajribalardan kutilgan maqsad pirovardida g‘o‘za ekiladigan maydonlarda g‘o‘zaga o‘nlab yillar

davomida sepilgan gerbitsid va pestitsidlarning qoldig‘ini zararsizlantirishdir. Mamlakatimiz olimlari tomonidan g‘o‘zada tola sifati, erta gullash, turli

stresslarga chidamlilikni beruvchi bir necha o‘nlab genlar ajratib olindi va klonlandi. Olimlarimiz tomonidan bu genlarning faolligini «genni o‘chirib»

qo‘yish (gen-nokaut) orqali boshqarish texnologiyasi ishlab chiqilib, g‘o‘zada tola uzunligi va gullashiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi bir necha genlar funksiyasi

to‘xtatilishiga erishildi, hamda yuqori agronomik ko‘rsatkichli g‘o‘za navlari olindi. Bu ilg‘or genom texnologiyalarini qishloq xo‘jaligi ekinlarining barcha

turlariga tatbiq qilish ishlari keng darajada olib borilmoqda.O‘zbekistonda gen muhandisligi asosida suv tanqisligi, sho‘rlanish,

kasalliklar va zararkunandalarga chidamli qishloq xo‘jaligi ekinlarining yuqori sifatli va serhosil navlarini yaratish davr talabidir. Bu o‘z navbatida yosh

barkamol avlod zimmasiga ushbu texnologiyalarni to‘la o‘zlashtirish va ularni amaliyotga tatbiq qilish ma’suliyatini yuklaydi.



4-BILET

  1. Yashash uchun kurashning qanday turlarini bilasiz?


Yashash uchun kurash
Yashash uchun kurash xillari. Darvin yashash uchun kurashning uch xil:a) har xil turga kiruvchi organizmlar orasidagi kurash; b) bir turga kiruvchi organizmlar orasidagi kurash; d) organizmlarning organik tabiatning noqulay sharoitlariga qarshi kurashi kabi formalarini farqlagan.




Organizmlarning anorganik

tabiatning noqulay sharoitlariga

qarshi kurashi

Bir turga mansub

Organizmlar orasidagi

kurash

Har xil turlarga mansub

organizmlar orasidagi

kurash








  1. Organizmlarning oziqlanishiga ko'ra qanday turlarini bilasiz?

Tirik organizmlar uglerod va energiyaning qanday manbayidan foydalanishiga ko‘ra avtotrof va geterotrofl arga ajratiladi.

Avtotrofl ar organik moddalarni anorganik moddalardan sintez qiluv chi organizmlardir. Organik moddalarni sintezlash uchun ener giya zarur. Avtotroflar qaysi energiya tu ridan foydalanishiga ko‘ra fototrof va xemotrof larga

bo‘linadi. Fototrofl ar – yorug‘ lik energiyasidan foydala nib or ganik moddalarni sintezlaydi gan organizmlardir. Fototrofl arga barcha yashil o‘simliklar va sianobak teriyalar kiradi.Xemotrofl ar anorganik moddalarning oksidlanishidan hosil bo‘lgan energiyani organik birikmalar energiyasiga aylantiruvchi organizmlardir.Xemotrofl arga nitrifi kator, oltingugurt, vodorod va temir bakteriyalari kiradi.Geterotrofl ar organik uglerod manbayidan foydalanuvchi, ya’ni tayyor

organik moddalar bilan oziqlanadigan organizmlardir. Geterotrof organizmlar o‘z hayot faoliyati uchun zarur energiyani organik birikmalarni parchalash hisobiga oladi. Geterotrofl arga barcha hayvonlar, parazit o‘simliklar,

zamburug‘lar va ko‘pchilik bakteriyalar kiradi. Geterotrofl ar oziq tarkibida o‘z organizmida sintezlash imkoni bo‘lmagan moddalarni, masalan, hayot uchun zarur vitaminlarni ham o‘zlashtiradilar.Oziqni qaysi usul bilan o‘zlashtirishlaridan qat’i nazar oziq moddalarning organizmlarda o‘zgarish yo‘llari, masalan, makromolekulalarning hazm organlarida fermentlar ishtirokida monomerlarga parchalanishi, parchalanish mahsulotlarining so‘rilishi, hujayralarga transport qilinishi kabi jarayonlar barcha geterotrof organizmlarda kuzatiladi.


  1. DNK va RNK ning xususiyatlarini solishtiring.

Tirik organizmlar ko‘payish, ya’ni o‘ziga o‘xshaganlarni yaratish xususiyatiga ega bo‘lib, bu xususiyat genetik axborotni nasldan naslga o‘tkazish bilan bog‘liq. Ko‘payish xususiyatiga molekular darajada qaralsa, bu hodisa

DNK molekulasining ikki hissa ortishi bilan ifodalanadi. Hujayra darajasida bu xususiyat mitoxondriyalar va xloroplastlarning bo‘linib ko‘payishi, mitoz,meyoz jarayonlarida aks etadi.Hujayra o‘z irsiy axborotini barqaror va uzviy ravishda keyingi avlodga o‘tkaza oladigan irsiy birlik bo‘lib, avlodlarning bardavomligini ta’minlaydi.

Irsiyatning moddiy asosi bo‘lgan DNK molekulasi o‘z-o‘zini ko‘paytirish xususiyatiga ega, lekin bu jarayon faqat tirik hujayradagina amalga oshadi.

Matritsali sintez reaksiyalari. Genetik axborot DNK molekulasidagi nukleotidlar ketma-ketligida ifodalangan. Genetik axborot asosida biopolimerlar sintezlanishi matritsali sintez reaksiyalari deyiladi. Bu reaksiyalarga DNK

sintezi – reduplikatsiya, RNK sintezi – transkripsiya, oqsil biosintezi –translatsiya kiradi. Matritsali sintez reaksiyalari asosida nukleotidlarning o‘zaro komplementarligi yotadi.

5-BILET


  1. Plazmidalar haqida ma'lumot bering.

Plazmidlar. Plazmidlar hujayraning asosiy xromosomasidan bir necha yuz barobar kichik DNK qo‘sh zanjirli halqasidan iborat. Plazmidlar o‘rtacha 3–10 dona genlardan tuzilgan va ikki toifaga bo‘linadi. Bularning birinchisi transmissibl plasmid bo‘lib, u transpozon yoki bakteriofag irsiy molekulasi kabi hujayra asosiy xromosomasining maxsus DNK izchilligini kesib, rekombinatsiya bo‘la oladi. Transmissibl plazmid asosiy xromosomaga birikkandan keyin o‘z mustaqilligini yo‘qotadi. Asosiy xromosomadan mustaqil ravishda o‘z-o‘zini replikatsiya qila olmaydi. Ayni paytda bunday

plazmidlarda joylashgan genlar asosiy xromosomada o‘z faoliyatini bajaradi.Hujayra bo‘linganda rekombinatsiyalanuvchi plazmidning genlari asosiy xromosoma genlari bilan birikkan holda nasldan naslga beriladi. Ikkinchi toifa

plazmidlar avtonom holda replikatsiyalanuvchi plazmidlar deb ataladi. Bunday plazmidlar asosiy xromosomaga birika olmaydi, asosiy xromosomalardan mustaqil ravishda o‘z-o‘zini replikatsiya yo‘li bilan o‘nlab va hatto yuzlab

marta ko‘paytira oladi. Avtonom plazmidlar bakteriya yoki zamburug‘ bo‘linganda qiz hujayralar orasida tasodifi y ravishda taqsimlanadi. Shu bilan birga avtonom plazmid bir hujayradan ikkinchisiga hujayra qobig‘i va membranasining teshiklaridan o‘ta oladi. Plazmidlar tarkibi, asosan, antibiotic yoki zaharli toksin parchalovchi ferment sintez qiladigan genlardan iborat. Shu tufayli plazmidlar bakteriya, achitqi va zamburug‘larning antibiotik va zaharli toksinlarga chidamliligini ta’minlaydi.Plazmidning antibiotik parchalovchi genlari bir plazmiddan ikkinchisiga transpozonlar bilan birikkan holatda ham ko‘chib o‘ta oladi. Bu molecular jarayon kasal chaqiruvchi mikroblarning antibiotiklarga chidamliligini nihoyatda oshiradi. Plazmidlarning bu xususiyatidan genetik injeneriyada vektor sifatida foydalansa bo‘ladi.



  1. Evolutsiyani isbotlashning biogeografik dalillari haqida ma'lumot bering.

Yer yuzida tarqalgan hayvonot va o‘simliklar olami murakkabligi jihatidan bir xil emas. Ba’zi qit’alarda tuzilishi va funksiyasi bo‘yicha nisbatan oddiy,boshqalarida esa o‘ta murakkab hayvonlar va o‘simliklar tarqalgan. Hayvon va o‘simliklarning quruqlikda tarqalishiga qarab olimlar sayyoramizni 6 ta biogeografi k viloyatlarga ajratadilar. Bunda ular sutemizuvchilar, qushlar, ochiq urug‘li, yopiq urug‘li o‘simliklar, sudralib yuruvchilar, suvda va quruqlikdagi yashovchilar hamda quruqlikdagi sporali o‘simliklarning tarqalishini asos qilib oladilar. Quyida olimlar tomonidan e’tirof etilgan Avstraliya, Neotropik,Hindomalay, Habashiston, Neoarktik, Paleoarktik biogeografi k viloyatlarning hayvonot va o‘simliklari bilan tanishamiz.Avstraliya biogeografi k viloyatiga Avstraliyadan tashqari Yangi Zelandiya,Yangi Gvineya, Polineziya, Tasmaniya orollari kiradi. Bu viloyatda sutemizuvchilar sinfi ning tuban vakillari tuxum qo‘yib ko‘payuvchi – o‘rdakburun,

yexidna, qopchiqli hayvonlardan kenguru, qopchiqli krot, qopchiqli tiyin, qopchiqli bo‘ri, qopchiqli ayiq tarqalgan.

Yo‘ldoshli sutemizuvchilar nihoyatda kam. Ular sichqonsimon kemiruvchilar,ko‘rshapalaklar, dingo itidan iborat bo‘lib, bu hayvon turlari o‘zga qit’alardan o‘tgan, deb taxmin qilinadi. Avstraliyadagi qushlar nihoyatda rangbarang:

jannat qushlari, xashaki tovuqlar, kapachi qushlar. Lira qushi, qanotsiz kivi, tuyaqushlardan emu tarqalgan. Sudralib yuruvchilar tuzilishi jihatidan paleozoy erasidagi sudralib yuruvchilarga nihoyatda o‘xshash bo‘lgan.

O‘rmonlarda evkaliptlar, janubiy qora qayin, daraxtsimon paporotniklarni ko‘rish mumkin.


  1. 675 g glukoza fermentlari ishtirokida aerob(O2) sharoitda bosqichma-bosqich parchalansa qancha energiya hosil bo‘ladi?

Echilishi: 1mol glukoza 180 gr teng va u aerob bosqichda 2800 kJ energiya xosil bo’ladi


Yüklə 9,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə