A. I. Oparin fikriga ko‘ra, oqsil molekulalari kolloid birikmalarni hosil qilgan. Bu birikmalar suvdan ajralib turadigan koatservat tomchilari (koatservatlar)ni hosil qiladi



Yüklə 9,27 Mb.
səhifə14/30
tarix29.04.2022
ölçüsü9,27 Mb.
#86128
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   30
imtixon javoblari 10 sinf

17-BILET

  1. Boyer va Koen tomonidan amalga oshirilgan ishlarni tushuntiring.

Genetik rekombinatsiya – bu turli manbalardan olingan genlarning yoki genlarning normal biologik almashinuvi natijasida o‘zgargan xromosomaning hosil bo‘lishi. Yangi DNK molekulasi DNK zanjirining uzilishi yoki birikishi yo‘li bilan rekombinatsiya jarayonida hosil bo‘ladi. Irsiy axborotning o‘tkazilishi, almashinishi va o‘zgarishining tabiatda turli shakllari bo‘lib, ular yangi xususiyatlarga ega bo‘lgan organizmlarning paydo bo‘lishi uchun manba sanaladi.Turli organizmlarning genlarini sun’iy yo‘l bilan birlashtirib, recombinant DNK olish mumkin. Gen muhandisligi yoki rekombinant DNK texnologiyasida tajribalar yo‘li bilan bir organizm (donor) irsiy materialini boshqa organism (retsipiyent)ga o‘tkazish orqali bu genlarning irsiylanishi ta’minlanadi.Masalan, mikrobiologiya sanoatida azot fi ksatsiyalovchi genlar kiritish yo‘li bilan o‘simliklar hosildorligini oshirishda qo‘llaniladigan bakteriya shtam mlari olinadi (bu o‘g‘itlarning ishlatilishini kamaytiradi va atrof-muhit holatini yaxshilaydi). Hozirgi kunda gen muhandisligi metodlari rekombinant bakteriya shtammlaridan biologik faol birikmalar, jumladan, gormonlar (insulin, o‘sish gormoni, somatostatin), virusga qarshi preparat – interferon olishda muvaff aqiyatli qo‘llanilmoqda. Genlarning boshqa organizm genomiga to‘gridan to‘g‘ri ko‘chirib o‘tkazilishi irsiy nuqsonlarni to‘g‘rilashga imkon beradi. Rekombinant DNK olish yo‘li bilan irsiy kasalliklarni davolash istiqbolli bo‘lib, unda bemor genomiga zararlangan gen o‘rniga normal funksional gen kiritiladi.Sun’iy ravishda rekombinant DNK olish va genlarni klonlash ilk bor 1972-yilda AQSH olimlari Boyer va Koen tomonidan amalga oshirildi. Bu olimlar E.coli bakteriyasining xromosoma DNKsi va shu bakteriya plazmidasiga alohida probirkalarda «yopishqoq» uch hosil qiluvchi EcoRI (eko-er-bir) restriktaza fermenti bilan ishlov berganlar. Halqasimon plasmid tarkibida faqat bir dona EcoRI restriktaza fermenti tanlab kesadigan maxsus nukleotidlar izchilligi bo‘lganligi sababli restriktaza DNK qo‘sh zanjirini faqat bir joydan kesib halqasimon plazmidni yopishqoq uchli ochiq holatga o‘tkazadi. Xromosoma DNK molekulasida EcoRl restriktaza fermenti taniy oladigan maxsus nukleotidlar izchilligi qancha bo‘lsa, bu molekula shuncha bo‘lakka bo‘linadi. DNK bo‘laklarini elektroforez moslamasida kuchli elektr maydonida katta-kichikligiga qarab ajratiladi va hosil bo‘lgan bo‘laklar maxsus bo‘yoq bilan bo‘yaladi. Elektroforez gelidan kerakli DNK bo‘lagini suvda eritib ajratib olish mumkin. Boyer va Koen shu usullar bilan ajratib olingan yopishqoq uchli xromosoma DNK bo‘lagini ochiq holatdagi yopishqoq uchli plasmid DNKsi bilan probirkada aralashtirib ligaza (ulovchi) fermenti vositasida bu ikki xil DNK bo‘laklari uchlarini bir-biriga kovalent bog‘lar yordamida uladilar.Natijada plazmid tarkibiga xromosoma DNK bo‘lagi kiritildi. Shu usulda ilk bor rekombinant plazmid hosil qilindi. Bu molekular qurilmada (konstruksiyada) plazmid DNK vektor (yo‘naltiruvchi) funksiyasini bajaradi, chunki yuqorida aytib o‘tganimizdek plazmidlar DNKsiga rekombinatsiyalana oladi. Bu vector konstruksiya o‘z tarkibida antibiotikka chidamlilik geni bo‘lganligi uchun maxsus yaratilgan plazmidsiz, ya’ni antibiotikka chidamsiz shtamm hujayralariga kiritildi. Rekombinant plazmid kiritilgan bakteriya hujayralari kloni antibiotikka chidamli genga ega bo‘lib qolganligi sababli, plazmidsiz bakteriyadan farq qilib, antibiotik ta’sirida nobud bo‘lmaydi. Shu sababli tajriba o‘tkazayotgan probirkaga antibiotik qo‘shib rekombinant bakteriya kloni ajratib olinadi va klonlanadi. Bu klonni tashkil etuvchi har bir bakteriyada yot (geterologik) DNK bo‘lagi bor bo‘lib, bakteriya biomassasi qanchalik ko‘paytirilsa, yot DNK bo‘lagi shunchalik ko‘payishi mumkin. Undan tashqari, rekombinant plazmid vector avtonom replikatsiyalanuvchi plazmid bo‘lsa, yot DNK bo‘lagini yana o‘nlab barobar ko‘paytirish mumkin Yot DNK bo‘lagini rekombinant vektor konstruksiyalar vositasida ko‘paytirish genlarni klonlash deb ataladi. DNK bo‘lagini klonlashda vektor sifatida virus va fag DNK molekulasidan yoki ko‘chib yuruvchi genetic elementlardan ham foydalanish mumkin.

  1. Yurtimizda onalar va bolalar salomatligin saqlash uchun qanday ishlar olib borilmoqda?

Yurtimizda onalar va bolalar salomatligiga davlat siyosati darajasida kata e’tibor qaratib kelinmoqda. Zero, mustahkam sog‘liqqa ega avlod istiqbolimizning metin poydevori, davlat va jamiyat ravnaqining tayanchi sanaladi.Respublika «Ona va bola skrining» markazi faoliyatining asosiy vazifasi «Sog‘lom ona – sog‘lom bola» tamoyilini amalga oshirishga xizmat qilishdir.Bola tug‘ilishidan avval uning sog‘lig‘i haqida bilish mumkin. Bularning barchasi skrining (inglizcha screening – tanlab olish, saralash), ya’ni sog‘liqni saqlashni tashkil etishda klinik belgilarsiz kechadigan kasalliklarni aniqlashga qaratilgan strategiyani amalga oshirish imkonini beradi. Ushbu strategiyaning maqsadi kasalliklarni imkoni boricha erta aniqlashdan iborat bo‘lib, bu nogironlikning oldini olish uchun davolashni o‘z vaqtida boshlashda muhim ahamiyatga ega.Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, dunyoda chaqaloqlarning 5 foizi tug‘ma va irsiy xastaliklar bilan tug‘ilmoqda.Homiladorlik davrida turli o‘tkir yuqumli kasalliklarni boshdan kechirish,endokrin va surunkali xastaliklar, bo‘lajak onalarning noto‘g‘ri ovqatlanishi,ayollar organizmida yod, foliy kislotasi, tuz tanqisligi, ekologik omillar,jumladan, ayrim dori preparatlarini qabul qilish buning asosiy sabablaridir.Bugungi kunda skrining tizimi barcha viloyatlardagi hududiy, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Toshkent shahridagi Respublika skrining markazidan iborat bo‘lib, ular homilador ayollar va chaqaloqlar skrining tekshiruvlaridan o‘tkazmoqda. Ushbu bo‘limlar faoliyati oilada bolalarning tug‘ma va irsiy xastaliklar bilan tug‘ilishining oldini olishga qaratilgan.Genetik, nevropatolog, endokrinolog, ginekolog shifokorlarning maslahatlari,shuningdek, bemorni maxsus usullar yordamida tekshirish irsiy kasallikka tashxis qo‘yish va kasallik alomatlariga qarab davolash, oilada irsiy kasallik bilan bola dunyoga kelishining oldini olish imkonini beradi. Bundan tashqari, Respublika «Ona va bola skrining» markazida faoliyat ko‘rsatayotgan genetika laboratoriyasida yangi tug‘ilgan chaqaloqlar tug‘ma gipotireoz va fenilketonuriya kasalligi bo‘yicha hamda boshqa xromosoma sindromlarini aniqlash uchun tekshiruvlar o‘tkazilib tashxis qo‘yiladi.

  1. Yashash uchun kurash va uning turlari.

Sizlar kundalik hayotda qoqio‘t, ituzum, uy pashshasi, baqalar va boshqa hayvonlar, o‘simliklar o‘zidan ko‘p nasl qoldirishini kuzatgansizlar. Ko‘p hollarda qoldirgan naslning barchasi voyaga yetmay nasl berishga ulgurmaydi.Ularning ko‘pchiligi shaxsiy taraqqiyotning turli bosqichlarida nobud bo‘ladi.Nobud bo‘lish sabablari har xil: oziqaning yetishmasligi, dushmanlarning hujumi, ob-havoning noqulay kelishi. Binobarin, har bir tirik mavjudot yashash uchun va nasl qoldirish uchun doimo kurashadi. Darvin yashash uchun kurash iborasini keng ma’noda, ya’ni organizmlarning o‘zaro hamda anorganik tabiatning noqulay sharoitlari orasidagi murakkab va xilma-xil munosabatlarini,shuningdek, normal nasl qoldirish layoqatini tushungan.Yashash uchun kurash xillari. Darvin yashash uchun kurashning uch xil: a) har xil turga kiruvchi organizmlar orasidagi kurash; b) bir turga kiruvchi organizmlar orasidagi kurash; d) organizmlarning organik tabiatning noqulay sharoitlariga qarshi kurashi kabi formalarini farqlagan.


YASHASH UCHUN KURASH TURLARI





Organizmlarning anorganik

tabiatning noqulay sharoitlariga qarshi kurashi



Har xil turlarga mansub

organizmlar orasidagi

kurash

Bir turga mansub

organizmlar orasidagi

kurash




Tur ichida kurash. 1 – kiyiklar; 3 – fi llar. Bir turga kiruvchi

daraxtlar o‘rtasidagi raqobat.



Yüklə 9,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə