A. I. Oparin fikriga ko‘ra, oqsil molekulalari kolloid birikmalarni hosil qilgan. Bu birikmalar suvdan ajralib turadigan koatservat tomchilari (koatservatlar)ni hosil qiladi



Yüklə 9,27 Mb.
səhifə13/30
tarix29.04.2022
ölçüsü9,27 Mb.
#86128
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   30
imtixon javoblari 10 sinf

16-BILET

  1. Glikoliz bosqichida bo‘lib o‘tadigan jarayonlarni tushuntiring.

Kislorodsiz bosqich (glikoliz)da tayyorgarlik bosqichida hosil bo‘lgan kichik molekulali organik moddalar, masalan glukoza kislorod ishtirokisiz fermentlar ta’sirida parchalanadi. Glikoliz – glukozaning ko‘p bosqichli kislorodsiz parchalanishidir. Glikoliz natijasida bir molekula glukozadan 2 molekula sut kislotasi (C3H6O3), 2 molekula ATF hosil bo‘ladi,hamda 2 molekula suv ajralib chiqadi. Bir molekula glukozaning kislorodsiz parchalanishi natijasida jami 200 kJ energiya ajraladi. Bu energiyaning 40% i ATFning fosfat bog‘lariga to‘planadi. Qolgan 60% energiya esa issiqlik sifatida tarqalib ketadi.

C6H12O6+ 2H3PO4 + 2ADF = 2C3H6O3 +2ATF + 2H2O

Anaerob parchalanish jarayoni o‘simlik, hayvon, zamburug‘, bakteriya hujayralarida sodir bo‘ladi. Odam kuchli jismoniy mehnat qilishi natijasida muskul to‘qimalarida kislorod yetishmay qoladi va glukozadan ko‘p miqdorda sut kislotasi hosil bo‘ladi. Natijada muskullarda charchash holatlari yuz beradi.


  1. Kislorodli parchalanish bosqichidagi reaksiyalarni tushuntiring.

Aerob organizmlarda glikolizdan so‘ng energetik almashinuvning oxirgi bosqichi – kislorodli parchalanish sodir bo‘ladi. Bunda glikoliz jarayonida hosil bo‘lgan moddalar metabolizmning oxirgi mahsulotlari (CO2 va H2O)gacha parchalanadi. Bunda 2 molekula sut kislotadan 36 molekula ATF, 42 molekula H2O va 6 molekula CO2 hosil bo‘ladi.

2C3H6O3+6O2+36ADF+36H3PO4=6CO2+42H2O+36ATF

Kislorodli bosqichda 2 molekula sut kislotasining to‘liq parchalanishi natijasida 2600 kJ energiya ajralib chiqadi. Shundan 1440 kJ energiya ATFning fosfat bog‘lariga bog‘lanadi. Qolgan 1160 kJ energiya issiqlik sifatida tarqalib ketadi. Hujayradagi energetik almashinuv reaksiyalarining yig‘indisi quyidagicha:

C6H12O6+6O2+38ADF+38H3PO4= 6CO2+44H2O+38ATF

Demak, 180 g glukozaning to‘liq oksidlanishi natijasida ajraladigan 2800 kJ energiyaning 1520 kJ hujayrada ATF shaklida to‘planadi.


  1. DNK molekulasi 6000 nukleotiddan iborat. Shu DNK molekulasining uzunligini aniqlang.

Ishlanishi: 1) Bir nukleotid orasidagi masofa 0,34nm yoki 3,4A(angestrum)

DNK 2ta zanjirdan iborat shuning uchun

6000:2=3000

L=N*0.34 L= 3000*0,34=1020nm gat eng



JAVOB: DNK uzunligi 1020 nm ga teng, 2 ta zanjirda-6000 N


Yüklə 9,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə