A. I. Oparin fikriga ko‘ra, oqsil molekulalari kolloid birikmalarni hosil qilgan. Bu birikmalar suvdan ajralib turadigan koatservat tomchilari (koatservatlar)ni hosil qiladi



Yüklə 9,27 Mb.
səhifə12/30
tarix29.04.2022
ölçüsü9,27 Mb.
#86128
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   30
imtixon javoblari 10 sinf

15-BILET

  1. Genetik kod xususiyatlari nimalardan iborat.

Oqsillar tarkibiga kiruvchi har bir aminokislotaning nuklein kislotalarda ketma-ket joylashgan uchta nukleotid (triplet, kodon) yordamida ifodalanishi genetik kod deyiladi. DNK tarkibida 4 ta har xil nukleotid bo‘lishi nazarda tutilsa, 43=64 ta kod hosil bo‘ladi. Bitta aminokislota 2, 3, 4, 6 ta kod yordamida kodlanar ekan. Genetik kod 1962-yili Amerika bioximiklari M. Nirenberg va S. Ochaolar tomonidan aniqlangan.

Genetik kodning xususiyatlari:

1. Har bir aminokislotani nukleotidlar tripleti kodlaydi.

2. Har bir triplet (kodon) bitta aminokislotani ifodalaydi.

3. Bitta aminokislotani bir necha triplet kodlashi mumkin.

4. Genetik kod barcha tirik organizmlar uchun universal.

5. Genetik kodning 61 tasi «ma’noli», ya’ni ma’lum aminokislotalarni ifodalovchi tripletlardir. UGA, UAA, UAG aminokislotalarni ifodalamaydi.Ular polipeptid zanjirining tugallanishini bildiruvchi terminator kodon lardir.

2. Oqsil molekulasining tuzilish darajalarini izohlang

Oqsillarning tuzilishi. Oqsillar tarkibida aminokislotalar o‘zaro peptidbog‘ hosil qilib birikadi (8-rasm). Shuning uchun oqsillar polipeptidlar deb ham yuritiladi. Bunda qo‘shni aminokislotalarning birikishidan bir molekula suv ajraladi. Aminokislotalarning o‘rtacha molekular massasi 138 ga, oqsil tarkibidagi aminokislota qoldig‘ining o‘rtacha molekular massasi 120 ga teng deb olish mumkin.

aminokislotalarning o‘zaro birikishi.

Oqsil molekulasida aminokislotalarning joylashish tartibi, turning o‘zgarmas xossasi bo‘lib, oqsil sintezi vaqtida DNKdagi irsiy axborot asosida tuziladi. Har bir oqsil molekulasi o‘ziga xos tuzilishga ega. Organizmning hujayralaridagi oqsillar (fermentlar, gormonlar) bir xil funksiyani bajarishiga qaramay aminokislotalar tarkibi bo‘yicha o‘zaro farq qiladi. Turlar bir-biridan kelib chiqishi jihatidan qancha uzoq bo‘lsa, ularning oqsillari orasidagi farq ham shunchalik katta bo‘ladi.

Oqsil molekulasining tuzilish darajalari



Oqsillarning tuzilmasi

Strukturani tutib turuvchi bog‘lar

Xususiyati

Misollar

Birlamchi tuzilma

Qo‘shni aminokislotalarning amino va karboksil guruhlari orasidagi peptid bog‘lar

Oqsil molekulasida aminokislotalarning birinketin joylashish tartibi bilan belgilanadi

Insulin

Ikkilamchi tuzilma

Spiral qo‘shni o‘ramlari orasidagi vodorod bog‘lar

Polipeptid zanjirining spiral shakli bilan elgilanadi

Kollagen,keratin

Uchlamchi tuzilma

Vodorod, ion, disulfid,gidrofob bog‘lar

Spiral shakldagi polipeptid globula shaklini hosil qilishi bilan belgilanadi

Mioglobin,fermentlar

To‘rtlamchi

tuzilma


Vodorod, ion, disulfid,gidrofob bog‘lar

Bir necha globula shaklidagi polipeptid molekulalarining (subbirlik) birikishi bilan belgilanadi Gemoglobin Oqsil molekulasi tabiiy tuzilmasining yo‘qolishi denaturatsiya deyiladi.Denaturatsiyani yuqori harorat, kimyoviy moddalar, nurlanish va boshqa omillar keltirib chiqaradi.

Gemoglobin



A – oqsilning birlamchi tuzilmasi;

B – oqsilning ikkilamchi tuzilmasi;

C – oqsilning uchlamchi tuzilmasi;

D – oqsilning to‘rtlamchi tuzilmasi.





3.Tekshirishlar natijasidai-RNK tarkibida 34 % guanin, 18 % uratsil, 28 % sitozin, 20% adenin borligi aniqlandi. Mazkuri-RNK uchun matritsa bo‘lgan DNK tarkibidagi nukleotidlarning % laring aniqlang.

Ishlanishi: 1) U-18 %, S-28%, A-20 %, G-34 %

2) DNK ning 1 ta ipidagi N larni topamiz: N= U+S+A+G

N=18+28+20+34=100

3) 100*2=200

4) i-RNK dagi U=T DNK dagi A=U*2=36%, G=S*2=56%, T=A*2=40%,S=G*2=68%

Javob: DNK tarkibidagi nukleotidlarning A=36%,G=56%,T=40%,S=68%


Yüklə 9,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə