A. I. Oparin fikriga ko‘ra, oqsil molekulalari kolloid birikmalarni hosil qilgan. Bu birikmalar suvdan ajralib turadigan koatservat tomchilari (koatservatlar)ni hosil qiladi



Yüklə 9,27 Mb.
səhifə10/30
tarix29.04.2022
ölçüsü9,27 Mb.
#86128
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   30
imtixon javoblari 10 sinf

13-BILET

  1. Transpozonlar haqida ma'lumot bering.

Ko‘chib yuruvchi elementlar organizmlar evolutsiyasida muhim o‘rin tutadigan genetik birliklar bo‘lib, ular romosomalarning bir joydan ikkinchi joyga ko‘chib yuruvchi fragmentlaridir. Bunday elementlar o‘tgan asrning 40-yillarida AQSH olimasi B. Mak Klintok tomonidan kashf qilingan va bu ishi uchun olima 1984-yil Xalqaro Nobel mukofoti bilan taqdirlangan. Ko‘chib yuruvchi elementlarning uch xil tipi mavjud va ular birbiridan tuzilishi, ko‘chib yurish tipi va iruslarga o‘xshash yoki o‘xshashmasligi bilan farqlanadi. Shulardan birinchisi transpozonlar bo‘lib, ular DNK ning bir joydan ajralib chiqib, ikkinchi joyiga borib o‘rnashadi. Bunda DNK miqdor jihatdan o‘zgarmaydi. Transpozonlar xilma-xil bo‘lishiga qaramay barcha transpozon molekulalarining ikki chetida maxsus nukleotidlar izchilligi,markaziy qismida esa DNK molekulasini belgilangan joyda «yopishqoq» uchlar hosil qilib kesuvchi transpozaza fermentini sintez qiluvchi gen mavjud.Transpozonlar xromosomada o‘z o‘rnini o‘zgartirganda irsiyat ham o‘zgaradi.

  1. Hujayraning buferlik xususiyatini ta'minlovchi sistemalarni ayting.

Hujayra tarkibiga kiruvchi birikmalarni ikki guruhga: anorganik moddalar va organik moddalarga birlashtirish mumkin. Hujayraning hayot faoliyatida mineral tuzlar ham muhim ahamiyatga ega. Mineral tuzlar hujayrada kationlar (K+, Na+, Ca+2, Mg+2), anionlar (Cl, HCO3, HPO42-, H2PO4) yoki kristall holda uchraydi. Kation va anionlarning hujayra ichidagi va tashqi muhitidagi miqdori farq qiladi. Natijada hujayraning ichki va tashqi muhiti o‘rtasida potensiallar farqi yuzaga keladi. Bu farq nerv impulslarining o‘tkazilishi va muskul tolalarining qisqarishi kabi muhim jarayonlarni ta’minlaydi.Ionlar hujayrada muhim funksiyalarni bajaradi.

– K+, Na+, Ca2+ kationlari organizmlarning qo‘zg‘aluvchanlik xu susiyatlarini ta’minlaydi;

– Mg2+, Mn2+, Zn2+, Ca2+ kationlari fermentlar faoliyati uchun zarur;

– fotosintez jarayonida uglevodlarning hosil bo‘lishi xlorofi ll tarkibiga kiruvchi Mg2+ ga bog‘liq;

– kuchsiz kislota anionlari hujayra ichki muhitining doimiyligini –buferlikni ta’minlaydi.

Hujayra ichki muhitining kuchsiz ishqoriy holatda doimiy saqlash xususiyati buferlik deyiladi. Hujayra

ichida H2PO4- va HPO42- anionlari, hujayralararo suyuqlik va qon plazmasida HCO3- anioni buferlikni ta’minlovchi sistemalar hisoblanadi.

3. Jadvalni to‘ldiring.




Yüklə 9,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə