A. I. Oparin fikriga ko‘ra, oqsil molekulalari kolloid birikmalarni hosil qilgan. Bu birikmalar suvdan ajralib turadigan koatservat tomchilari (koatservatlar)ni hosil qiladi



Yüklə 9,27 Mb.
səhifə6/30
tarix29.04.2022
ölçüsü9,27 Mb.
#86128
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30
imtixon javoblari 10 sinf

10-BILET

  1. Genetik kod xususiyatlari nimalardan iborat.

Oqsillar tarkibiga kiruvchi har bir aminokislotaning nuklein kislotalarda ketma-ket joylashgan uchta nukleotid (triplet, kodon) yordamida ifodalanishi genetik kod deyiladi. DNK tarkibida 4 ta har xil nukleotid bo‘lishi nazarda tutilsa, 43=64 ta kod hosil bo‘ladi. Bitta aminokislota 2, 3, 4, 6 ta kod yordamida kodlanar ekan. Genetik kod 1962-yili Amerika bioximiklari M. Nirenberg va S. Ochaolar tomonidan aniqlangan. Genetik kodning xususiyatlari:

1. Har bir aminokislotani nukleotidlar tripleti kodlaydi.

2. Har bir triplet (kodon) bitta aminokislotani ifodalaydi.

3. Bitta aminokislotani bir necha triplet kodlashi mumkin.

4. Genetik kod barcha tirik organizmlar uchun universal.

5. Genetik kodning 61 tasi «ma’noli», ya’ni ma’lum aminokislotalarni ifodalovchi tripletlardir. UGA, UAA, UAG aminokislotalarni ifodalamaydi. Ular polipeptid zanjirining tugallanishini bildiruvchi terminator kodonlardir.

2. Hujayraning buferlik xususiyatini ta'minlovchi sistemalarni ayting.

Hujayraning buferlik xususiyati uning ichki qismidagi tuzlarning aralashmasiga bog‘liq. Hujayraning ichki muhitini mo‘tadil darajada kuchsiz ishqoriy holatda saqlab turish qobiliyati uning buferligi deb ataladi. Hujayraning ichki muhit buferligini asosan H2PO4 va HPO42– anionlari ta’minlaydi. Hujayra tashqarisidagi suyuqlik va qondagi buferlik vazifasini H2CO3 va HCO3 bajaradi.Kuchsiz kislotalar va kuchsiz ishqorlarning anionlari vodorod ionlari hamda gidroksil ionlar (OH-) bilan bog‘lanadi. Natijada hujayraning ichki muhiti buferlik darajasi, ya’ni pH qiymati deyarli o‘zgarmaydi. Ca va P ning asosiy qismi suyak to‘qimalarini hosil qilishda ishtirok etadi. Ulardan asosan murakkab kalsiy fosfat va murakkab kalsiy karbonat tuzlari ko‘rinishda foydalanadi.Hujayraning hayot faoliyatida mineral tuzlar ham muhim ahamiyatga ega. Mineral tuzlar hujayrada kationlar (K+, Na+, Ca+2, Mg+2), anionlar (Cl, HCO3, HPO4 2-, H2PO4) yoki kristall holda uchraydi. Kation va anionlarning hujayra ichidagi va tashqi muhitidagi miqdori farq qiladi. Natijada hujayraning ichki va tashqi muhiti o‘rtasida potensiallar farqi yuzaga keladi. Bu farq nerv impulslarining o‘tkazilishi va muskul tolalarining qisqarishi kabi muhim jarayonlarni ta’minlaydi.Ionlar hujayrada muhim funksiyalarni bajaradi.

– K+, Na+, Ca2+ kationlari organizmlarning qo‘zg‘aluvchanlik xu susiyatlarini ta’minlaydi;

– Mg2+ , Mn2+, ,Zn2+ , Ca2+ kationlari fermentlar faoliyati uchun zarur;

– fotosintez jarayonida uglevodlarning hosil bo‘lishi xlorofi ll tarkibiga kiruvchi Mg2+ ga bog‘liq;

– kuchsiz kislota anionlari hujayra ichki muhitining doimiyligini –buferlikni ta’minlaydi.

Hujayra ichki muhitining kuchsiz ishqoriy holatda doimiy saqlash xususiyati buferlik deyiladi. Hujayra ichida H2PO4 va HPO4 suyuqlik va qon plazmasida HCO3 anioni buferlikni ta’minlovchi sistemalar hisoblanadi.

3. Jadvalni to‘ldiring:




Yüklə 9,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə